Ishayo 1 bob

Kirish

Ishayo payg‘ambar qirq yil davomida faoliyat ko‘rsatgan. Mana shu davrda Yahudo shohlaridan to‘rttasi birin–ketin hukmronlik qildi. O‘sha qirq yil davomida Ossuriya shohligi kengayib boraverdi. Ko‘p xalqlar Ossuriyaga qarshi jang qilish niyatida birlashdilar, ammo Ossuriya baribir Isroil va uning yon atrofidagi yurtlar ustidan g‘alaba qozondi. Minglab odamlar asirga olindi. Yahudo shohligi butunlay bosib olinmagan bo‘lsa–da, Ossuriyaga juda ko‘p boj–soliqlar to‘lar edi.

Ishayo payg‘ambarning kitobi uch qismdan iborat. Kitobning birinchi qismida (1-39–boblar) Xudoning muqaddasligi hamda U butun olamning shohi bo‘lib, katta qudratga ega ekanligiga alohida urg‘u berilgan. Egamiz muqaddas Shoh bo‘lgani uchun, Yahudoda bo‘layotgan fosiqliklar Uning g‘azabini keltirardi. Davlat a’yonlari buzuq edi. Yurtda buzg‘unchiligu adolatsizlik hukm surardi. Yahudo xalqini va boshqa ellarni jazolash niyatida Ossuriya va Bobil shohliklarini Egamiz ularning ustiga yubordi. Ammo shunda ham Egamiz O‘z xalqiga kelajak uchun umid berdi. Agar ular Xudoga qaytib, yana Unga umid bog‘lasalar ular albatta Xudodan himoya topardilar.

Kitobning ikkinchi (40-55–boblar) qismida Egamiz jazolangan xalqlarga gapiradi (40:1-2). O‘sha xalqlar juda ham tushkun ahvolda edilar, Egamiz ularga umid berdi. O‘sha xalqlarning butlari kuchsiz ekanligini Xudo tushuntirmoqchi bo‘ldi. Uning O‘zi tanho Xudo ekanligini aytdi. Agar Isroil xalqi Xudoga qaytsa U o‘z xalqini va boshqa xalqlarni Bobilliklar qo‘lidan qutqarardi. Isroil xalqi o‘z yurtiga qaytib, Egamizdan barakalar olardi, farovon yashardilar. Egamiz butun olamni yaratgan, bu olam Uning qo‘li ostida bo‘lgani uchun o‘sha va’dalarni berishga qodirdir.

Kitobning uchinchi qismida (56-66–boblar) Egamiz O‘ziga sodiq bo‘lganlarga juda ham ajoyib kelajak va’da qiladi. Kitobning mana shu qismida faqat Isroil xalqi haqida emas, balki boshqa xalqlar haqida ham so‘z yuritiladi. O‘sha ajoyib kelajakka nazar tashlash uchun Egamizning va’dalari bir darcha sifatida xizmat qiladi. Bu kelajakda Egamiz shunday bir dunyo yaratadiki, bu dunyo quvonchga to‘la bo‘lib, unda birorta ham qiyinchiligu dard bo‘lmaydi:

“Mana, qarang! Yangi osmon, yangi yer yaratyapman.

Ilgari bo‘lganlar endi eslanmaydi,

Ular hech qachon yodga olinmaydi.

Yaratayotgan ishlarim tufayli

To abad shodlaning, xursand bo‘ling.

Men Quddusni shodlik qilib,

Xalqini quvonch qilib yaratyapman.

Men Quddus tufayli sevinaman,

Xalqim Menga quvonch keltiradi.

Endi Quddusda hech qachon

Yig‘i, faryod tovushi eshitilmaydi.” (65:17-19)

 

1–BOB - Ishayo

Xudo O‘z xalqiga tanbeh beradi

 

1 Omiz o‘g‘li Ishayoning Yahudo hamda Quddusga oid bashorati. Bu davrlarda Yahudoda Uzziyo, Yo‘tom, Oxoz va Hizqiyo kabi shohlar hukmronlik qilardi.
2 Eshiting, ey samolar, tingla, ey zamin, Shudir Egamizning kalomi: “Bino qildim bolalarni, ulg‘aytirdim ularni, Ammo ular isyon qildilar Menga.
3 Ho‘kiz biladi o‘z egasini, Hatto eshak bilar kim uni boqishini, Ammo xalqim Isroil bilmaydi, Ular tushunmaydi Meni, o‘z Egasini.”
4 Eh, gunohkor elat, aybi muqarrar xalq, Eh, qabih nasllar! Nomussizlarcha ish qilar bu bolalar, Eh, Egamizni tark etgan ular, Isroil xalqining muqaddas Xudosiga Shakkoklik qilgan, Egamizga orqa o‘girgan ular!
5 Egam aytar: “Nega yana muncha kaltak istaysiz?! Ne uchun isyonni davom ettirursiz?! Yaralangan butun bosh, Madordan ketgan butun yurak.
6 Boshdan oyoq sog‘ joyi yo‘q, Yiring ila qoplangan, ko‘karib ketgan, Yaralaridan qon oqib yotar, Tozalanmagan, bog‘lanmagan, yog‘ surtilmagan.
7 Vayronalar ichra yotar yurtingiz, Olovda yonib ketgan shaharlaringiz! Oldingizda yeringizni Yeb bitirar kelgindilar, Begonalar yurtingizni vayron qilar.
8 Ammo aziz Quddus Qamal qilinganday bo‘lar, U o‘xshab qolar Uzumzordagi yolg‘iz chaylaga, Polizda tikkaygan kapaga.”
9 Eh, agarda Sarvari Olam Qoldirmaganda edi besh–oltitamizni, Sado‘m shahriga o‘xshab qolgan bo‘lardik, G‘amo‘ra shahriga o‘xshagan bo‘lardik.
10 Egamizning kalomini eshiting, Sado‘m yo‘lboshchilarining izdoshlari! Xudoyimizning o‘gitiga quloq soling, G‘amo‘ra xalqining sheriklari!
11 “Nima keragi bor Menga?! Ko‘plab qurbonligingiz?! To‘yib ketdim endi Kuydirilgan qo‘chqorlar nazri, Bo‘rdoqi yog‘laridan, — deb aytmoqda Egamiz. — Menga xush kelmadi buqalarning, Qo‘zilar va echkilarning qoni.
12 Huzurimda hozir bo‘lganingizda, Muqaddas Hovlimni bulg‘asin, deb kim aytdi? Bularni sizlardan kim so‘radi?!
13 Endi soxta nazrlar qilmanglar Menga, Tutatqingiz ham Menga jirkanchdir! Toqat qilmasman endi Chorlovlaringizni, fosiq yig‘iningizni, Yangi oy bayramiyu Shabbat kuningizni.
14 Nafratlandim yangi oy bayramingizdan Hamda ‘muqaddas’ kunlaringizdan. Bular Menga og‘ir yuk bo‘ldi, Toliqqanman bularni ko‘tarishdan.
15 Hatto ko‘p ibodat qilganingizda ham, Eshitmasman Men sizlarni. Menga ochganingizda qo‘llaringizni, Sizlardan yashiraman Men ko‘zlarimni. Qo‘llaringiz qonga botgandir.
16 Poklang, tozalang o‘zingizni, Ko‘z oldimdan yo‘qoting! Qabih qilmishlaringizni, Qabihlikni endi bas qiling!
17 O‘rganing ezgulik qilishni, Adolatni izlang, Yo‘lga soling zolimni, Himoya qiling yetimni, Beva haqi uchun kurashing.”
18 Egamizning kalomi shudir: “Qani, endi birgalashib o‘ylaylik: Gunohlaringiz qizil rangga o‘xshasa ham, Sizlar qorday oppoq bo‘lasiz. Gunohlaringiz qirmizi rangga o‘xshasa ham, Sizlar momiqday oppoq bo‘lasiz.
19 Agar Menga itoat etsangiz chin ko‘ngildan, Yeysiz, albatta zaminning sara hosilidan.
20 Ammo rad etib, Menga bo‘ysunmasangiz, Qilichning damiga ro‘para bo‘lgaysiz.” Egamizning O‘zi shunday deb aytdi.
21 Qanday qilib sodiq shahar fohishaga aylandi?! Solihlik joylashib, adolatga to‘la bo‘lmaganmidi?! Endi esa bu yerda qotillar qoldi!
22 Kumushing toshqol bo‘ldi, Sharobing suv bilan aralashdi.
23 Ha, isyonkordir yo‘lboshchilaring, O‘g‘rilarga sherikdir ular. Har biri porani sevar, Hadyaning ortidan quvar. Yetimni ular himoya qilmas, Bevaning arzi ularga yetib bormas.
24 Endi Isroil xalqining qudratli Xudosi, Sarvari Olam — Rabbiy aytadi: “Ha, dushmanlarimga g‘azabimni socharman, G‘animlarimdan o‘ch olib, tasalli toparman.
25 Yana sizlarga qarshi qo‘l ko‘taraman. Ishqor bilan tozalaganday, Jamiki qorishmani yo‘q qilib, Toshqollarni ajrataman.
26 Azalda bo‘lganiday Odil hakamu maslahatchilarni beraman. Shundan so‘ng senga nom qo‘yilar: ‘Solihlik shahri, Sadoqat shahri’, deya.”
27 Shunda Quddus adolat orqali qutqariladi, Tavba qilganlar solihlik tufayli najot topadi.
28 Isyonkoru gunohkorlar birga qiriladi, Egamizdan voz kechganlar halok bo‘ladi.
29 Sizlar sharmanda bo‘larsiz O‘zingiz xush ko‘rgan emanlar sababli. Mana, uyalib qolarsiz O‘zingiz tanlagan sajdagoh bog‘lar tufayli.
30 Ha, sizlar o‘xshab qolasiz Yaprog‘i qovjiragan emanga, Hamda suvsiz qaqragan boqqa.
31 Kuchlilar ham cho‘pga o‘xshab qoladi. Ishlari lov etgan olovga o‘xshaydi. O‘zlariyu ishlari birga yonib ketadi, Hech kim bu olovni o‘chirolmaydi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак