Salonikaliklarga birinchi maktub 1 bob

Kirish

Salonikaliklarga birinchi maktub Salonika Rim hududi bo‘lgan Makedoniyaning poytaxti edi. Pavlus Filippi shahridan ketganidan keyin Salonikaga kelgandi. Bu yerda uning faoliyati natijasida imonlilar jamoati vujudga keldi. Yahudiy bo‘lmagan, ammo Yahudiy diniga qiziqqanlar orasida Masih haqidagi Xushxabarni yoyishda Pavlus muvafaqqiyatga erishdi. Ammo bu ba’zi yahudiylarda rashk qo‘zg‘atib, ularning Pavlusga qarshi chiqishiga sabab bo‘ldi. Pavlus Salonikadan ketib, Bereyaga borishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik u Korinfga borganidan so‘ng o‘zining hamkori Timo‘tiydan Salonikadagi jamoat haqida batafsil bir xabar oldi.

Pavlusning Salonikaliklarga birinchi maktubi o‘sha yerdagi masihiylarga dalda berish va ularni qo‘llab–quvvatlash niyatida yozilgan. Pavlus maktubida Salonikadagi birodarlarining imoni va sevgisi uchun o‘z tashakkurini bildiradi. Pavlus ular bilan birga bo‘lganda qanday hayot kechirganligini eslatib o‘tadi. Bundan keyin esa ularning jamoatida kelib chiqqan, Masihning kelishi haqidagi bir–ikkita savollariga javob beradi. Bu savollar quyidagilar edi: Masih kelishidan oldin hayotdan ko‘z yumgan imonlilar Masih kelgandan keyin boshlanadigan abadiy hayotdan bahramand bo‘ladilarmi? Masih qachon keladi? Pavlus fursatdan foydalanib, Masih kelishiga umid qilgan holda tinchgina ishlab, yashab yurishga maslahat beradi.

Maktubning nihoyasida Pavlus Salonikaliklarga quyidagi foydali maslahatlarni beradi: “Hamisha xursand bo‘lib yuringlar. Tinmay ibodat qilinglar. Har qanday sharoitda ham Xudoga shukr qilinglar, chunki sizlar, ya’ni Iso Masihga imon keltirganlar uchun Xudoning irodasi shudir.” (5:16-18)

 

1–BOB - Salonikaliklarga birinchi maktub

Duoyi salom

 

1 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning Salonika shahridagi imonlilar jamoatiga Pavlus, Sila va Timo‘tiydan salom! Xudoning inoyati va tinchligi sizlarga yor bo‘lsin.
2 Biz doim sizlar uchun ibodat qilib, hammangiz uchun Xudoga shukrlar aytamiz.
3 Imon va sevgi bilan qilgan ishlaringizni, Rabbimiz Iso Masihga bog‘lagan mustahkam umidingizni doimo Otamiz Xudo huzurida yodga olamiz.
4 Ey Xudo sevgan birodarlarimiz, Xudo sizlarni tanlab olganini bilamiz.
5 Axir, biz Xushxabarni sizlarga quruq so‘zlar bilan emas, balki Muqaddas Ruhning qudrati va to‘liq ishonch bilan keltirdik. Orangizda bo‘lganimizda, sizlarning manfaatingizni ko‘zlab, qanday yashaganimizni bilasiz.
6 Sizlar bizdan va Rabbimiz Isodan o‘rnak oldingiz. Axir, ko‘p azob–uqubat chekkaningizga qaramay, MuqaddasRuh beradigan quvonch bilan Xudoning so‘zini qabul qildingiz.
7 Shunday qilib, Makedoniya va Axaya o‘lkalaridagi barcha imonlilarga o‘rnak bo‘ldingiz.
8 Rabbimizning kalomi sizlardan faqatgina Makedoniya va Axayaga yoyilib qolmadi. Sizlarning Xudoga bo‘lgan imoningiz hamma joyda mashhur bo‘ldi. Shuning uchun endi bizning biror narsa gapirishimizga hojat qolmadi.
9 Bizni yaxshi qabul qilganingiz haqida, barhayot va haqiqiy Xudoga xizmat qilaylik, deya butlardan yuz o‘girib, Xudoga yuz burganingiz haqida hamma gapiryapti.
10 Xudoning O‘g‘li Isoning samodan tushishini kutayotganingiz haqida ham gapiryaptilar. Xudo O‘z O‘g‘li Isoni tiriltirgan, Iso bizni kelajak g‘azabdan qutqaradi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18