Ishayo 13 bob

1 Xudo Bobilni jazolaydi.

1 Omiz o‘g‘li Ishayoga vahiyda Bobil to‘g‘risida ayon bo‘lgan bashorat.
2 Yalang tepalik uzra ishora yuboring, Ularga qarab hayqiring! Qo‘llaringizni ko‘tarib, ularga ishora bering. Shunda ular aslzodalar darvozasiga kelar.
3 Egam aytar: “Men O‘zim tanlaganlarga amr berib, Qahrimni ko‘rsatsin, deb jangchilarimni yig‘dim, G‘alabamdan sevinadiganlarni to‘pladim.”
4 Qirlardagi olomonning tovushi O‘xshaydi buyuk xalqning ovoziga. Ana, shohliklarning shovqin–suroni! Elatlar yig‘ilmoqda. Sarvari Olam tayyorlamoqda Jang qilmoqqa lashkarini.
5 Kelayotir ular uzoq yerlardan, Ha, osmon gumbazining bir burchidan. Egam va Uning g‘azab qurollari Qirib yuboradi butun yer yuzini.
6 Faryod qil, Egamizning kuni yaqin! Ha, Qodir Xudo kulfat yuboradi!
7 Hamma qo‘llardan darmon ketadi, Har bir inson vahimaga tushadi.
8 Ular dahshatga tusharlar, Dardu iztirob ularni chulg‘ar, To‘lg‘oq tutgan ayolday bukchayib qolar. Bir–biriga qo‘rquv ichra qarar, Ularning yuzlari lovullab yonar.
9 Mana, kelayotir Egamizning kuni! Alanga olayotir g‘azabu qahr, dahshat. Vayronaga aylantirar yer yuzini, Yer yuzidan qirib tashlar gunohkorlarni.
10 Ha, samodagi yulduzlar, burjlar Taratmaydi o‘z yorug‘ligini. Quyosh chiqsa ham, zulmat bo‘ladi, Oy nurini sochmaydi.
11 Egam aytar: “Olam bilan hisob–kitob qilaman qabihligi uchun, Fosiqlar bilan ularning gunohi uchun, Manmanlarning kiborligiga chek qo‘yaman, Takabburlarni dimog‘dorligi uchun yerga uraman.
12 Insonni kamyob qilurman sof oltindan ham, Odamni Ofir oltinidan ham.
13 G‘azabim alangalangan kun Samoni titratib yuborurman. Men, Sarvari Olamning g‘azabidan Zamin qo‘zg‘aladi o‘z o‘rnidan.
14 Shunda inson ovdagi jayronday bo‘lar, Cho‘ponsiz qolgan suruvday bo‘lar, Har biri o‘z xalqiga qaytib ketadi, Har biri o‘z yurtiga qochib boradi.
15 Topilganlarning har biri nayzaga ilinadi, Qo‘lga tushgan har kim qilichdan o‘tkaziladi.
16 O‘zlarining ko‘z o‘ngida Chaqaloqlari tilka–pora bo‘ladi. Uylari talon–taroj bo‘ladi, Xotinlariga tajovuz qilinadi.
17 Mana, Midiyaliklarni ularga qarshi qo‘yaman, Midiyaliklarga kumushning hech keragi yo‘q, Ular oltinni ham istamaslar.
18 Ularning o‘qlari yoshlarni qiradi, Shafqat ko‘rsatmaydi ular bolalarga, Rahm qilmaydi ona qornidagilarga.
19 Bobildir shohliklarning go‘zali, Bobilliklar ulug‘vorligining durdonasi. Ammo Men, Xudo, yer bilan yakson qilaman Xuddi Sado‘m, G‘amo‘ra kabi uni.
20 Endi u yerda hech kim yashamas, To abad hech kim uni maskan qilmas. U yerda hatto chodir qurilmas, Cho‘ponlar suruvlarini o‘tlatmas.
21 Ammo yovvoyi hayvonlar bu yerda yotar, Uylar yirtqichlar bilan to‘lar, U yerda boyqushlar joylashar, Echkilar u yerda shataloq otar.
22 Uvullashar sirtlonlar qal’alarda, Chiyabo‘rilar go‘zal saroylarda. O‘sha vaqt yaqin orada keladi, O‘sha kun kelmasdan qolmaydi.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18