Chiqish 1 bob

Kirish

Bu kitobning nomi Eski Ahdning qadimgi grekcha tarjimasidagi nomidan olingan bo‘lib, “chiqib ketmoq” ma’nosini bildiradi. Bu kitobda Egamiz O‘z xalqi Isroilni qanday qilib qullikdan ozod qilgani, ularni Misrdan olib chiqqani to‘g‘risida hikoya qilinadi.

“Chiqish” kitobi: “Egamiz tanho, haqiqiy Xudodir, barcha yaratilganlarning hukmdoridir”, deb ta’lim beradi. Egamiz biror ishni amalga oshirishga qaror qilganda, hech kim Uni to‘xtata olmaydi.

“Chiqish” kitobini uch qismga bo‘lish mumkin. Birinchi qismdagi aksariyat voqealar (1-13–boblar) Misr yurtida ro‘y beradi. Isroil xalqi bu yerda fir’avnga qul bo‘lib xizmat qilardi. Egamiz O‘z xalqining yordam so‘rab qilgan nolalarini eshitadi. Ularni ozod qilish uchun Musoni tanlaydi. Muso asli Isroil xalqidan bo‘lib, Misr malikasi uni o‘g‘il qilib asrab olgan edi.

Muso fir’avndan, Isroil xalqini ozod qil, deb talab etganda, fir’avn rad javobini beradi. Shuning uchun Egamiz Misrga o‘nta ofat yuborishi to‘g‘risida Musoga aytadi. Bu ofatlar ko‘pincha “o‘nta o‘lat”, deb ham aytiladi. Oxiri, fir’avn Isroil xalqiga Misrdan chiqib ketishga ijozat beradi.

Kitobning ikkinchi qismida (14-18–boblar) Isroil xalqi Xudoning muqaddas tog‘i — Sinayga yo‘l olganlarida boshlaridan kechirgan voqealar bayon qilinadi. Misr fir’avni Isroil xalqini ozod qilish fikridan darrov qaytib, lashkarlariga ularni tutib kelish haqida farmon beradi. Lekin Egamiz Isroil xalqini himoya qilib, Misr lashkarini qirib tashlaydi. So‘ngra Isroil xalqi sahro bo‘ylab yurganda, Egamiz ularni oziq–ovqat va suv bilan ta’minlaydi.

Kitobning oxirgi qismidagi voqealar (19-40–boblar) Sinay tog‘ida yuz beradi. Egamiz bu tog‘da Musoga zohir bo‘lib, unga o‘nta amrni, shuningdek, sajda qilish, qurbonlik keltirish, kundalik turmush to‘g‘risidagi qonunlarni, muqaddas chodir va chodirning jihozlarini hamda qurbongohlarni yasash, ruhoniylik liboslari to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni beradi. Bu qismda xalq but yasab, o‘nta amrning birinchisiga itoat etmagani to‘g‘risida ham hikoya qilinadi: “Men sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudoman. Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang.” (20:2-3)

 

1–BOB - Chiqish

Misrliklar Isroil xalqiga zulm o‘tkazadi

1 Isroil o‘g‘illarining ismlari quyidagichadir, ular Yoqub bilan birga oilalarini olib, Misrga ketgan edilar:
2 Ruben, Shimo‘n, Levi, Yahudo,
3 Issaxor, Zabulun, Benyamin,
4 Dan, Naftali, Gad, Osher.
5 O‘shanda Yoqubning avlodi hammasi bo‘lib yetmish kishidan iborat edi. Uning o‘g‘li Yusuf bu paytda Misrda yashardi.
6 Vaqti–soati yetib, Yusuf, uning aka–ukalari va o‘sha avlodning hammasi olamdan o‘tib ketdi.
7 Isroil nasli esa barakali bo‘lib, borgan sari ko‘payib boraverdi. Misr yurti ular bilan to‘lib– toshdi.
8 O‘sha paytda Misr taxtiga yangi fir’avn o‘tirdi. U Yusuf to‘g‘risida hech narsa bilmasdi.
9 U o‘z xalqiga shunday dedi: — Qaranglar, Isroil xalqi bizga qaraganda ko‘payib, kuchayib ketdi.
10 Qani, bir yo‘lini topib, ularni ko‘payib ketishdan to‘xtataylik. Bo‘lmasa, urush bo‘lib qolganda, ular dushmanlarimizga qo‘shilib, bizga qarshi urush qiladilar. Keyin yurtimizdan qochib ketadilar.
11 Shunday qilib, Misrliklar nazoratchilar tayinlab, Isroil xalqini og‘ir ishlarga majbur qildilar, tinka–madorini quritdilar. Isroil xalqi fir’avn uchun Pitom va Ramzes degan ombor shaharlarni qurib berdi.
12 Lekin Misrliklar Isroil xalqiga qanchalik zulm o‘tkazsalar ham, Isroil xalqi yana ham ko‘payib yurt bo‘ylab yoyilib borardi. Misrliklar bu ahvoldan qo‘rquvga tushib qoldilar.
13 Ular Isroil xalqini zo‘rlik bilan ayovsiz qul qilib, har turli dala ishlariga, loydan g‘isht quyishga majburladilar.
14 Misrliklar ularga shafqat qilmadilar.
15 Shifro va Puvo degan ibroniy doyalari bor edi. Misr fir’avni ularga shunday farmon berdi:
16 — Ibroniy ayollari ko‘zi yoriyotgan paytda doyalik qilayotganingizda, yaxshilab e’tibor bering: chaqaloq o‘g‘il bo‘lsa, o‘ldiringlar, qiz bo‘lsa, yashayversin.
17 Ikkala doya Xudodan qo‘rqardi. Shuning uchun Misr fir’avnining farmoniga itoat etmasdan, o‘g‘il bolalarni o‘ldirmadilar.
18 Misr fir’avni doyalarni chaqirib so‘radi: — Nimaga bunaqa qilyapsizlar? Nimaga o‘g‘il bolalarni tirik qoldiryapsizlar?
19 — Ibroniy ayollari Misrlik ayollarga o‘xshamaydilar, — deb javob berishdi doyalar. — Ular juda baquvvat, shuning uchun biz bormasimizdan oldin tug‘ib qo‘yyaptilar.
20 Shuning uchun Xudo doyalarga marhamat qildi. Isroil xalqi ko‘payib, yana ham kuchayaverdi.
21 Doyalar Xudodan qo‘rqqanlari uchun, Xudo ularni oilali qildi.
22 Shundan keyin fir’avn o‘z xalqiga: “Ibroniylarda tug‘ilgan har bir o‘g‘il bola Nil daryosiga uloqtirilsin, qiz bolalar esa yashayversin”, deb farmon berdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18