Ishayo 22 bob

1 Quddus haqida bashorat. 15 Shavnaga berilgan ogohlantirish.

1 Vahiy vodiysi haqida bashorat. Ey shovqin–surondan shod bo‘lgan shahar ahli, Nima bo‘ldi sizga, tomlarga chiqib oldingiz?
2 Orangizdan o‘lganlar qilichdan emas, Ular jang qilib o‘lgan emas.
3 Yo‘lboshchilaringiz yoyini tashlab, Hammasi asirga tushdi. Ular uzoqqa qochgandi, Ammo hammasi asirga tushdi.
4 Shunda men dedim: “Yolg‘iz qoldiring meni, Achchiq–achchiq yig‘layin. Tasalli berishga urinmang menga, Axir, uchradi xalqim qirg‘inga!”
5 Zotan, Sarvari Olam — Rabbiy bir kun belgiladi, U kuni Vahiy vodiysida qiy–chuv, zulm va sarosima hukm suradi. Devorlar qulayotir, Odamlar tog‘larga qarab faryod qilayotir.
6 Elam lashkari o‘qdonlarini tayyorladi, Jang aravalari, otliqlari bilan keldi, Xir lashkari qalqonlarini ochdi.
7 Mana, go‘zal vodiylaringiz jang aravalari bilan to‘ldi, Otliqlar shahar darvozalari oldiga yig‘ildi.
8 Evoh, Yahudo himoyasiz qoldi! O‘sha kuni sizlar “Lubnon O‘rmoni” degan uydagi qurollarga ishondingiz.
9 Dovud qal’asi devorlarining yoriqlari juda ko‘p. Buni ko‘rib sizlar Quyi hovuzdan suv to‘pladingiz.
10 Quddusdagi uylarni sanab chiqdingiz. Shahar devorlarini mustahkamlash uchun uylarni buzdingiz.
11 Eski hovuz suvlarini to‘plash uchun ikki devor o‘rtasida sardoba qurdingiz. Ammo buni ilgaridan reja qilgan Xudoni yodga olmadingiz. Amalga oshiradigan Xudoni xayolingizga ham keltirmadingiz.
12 O‘sha kuni Sarvari Olam — Rabbiy: “Yig‘lang, aza tuting”, deb aytdi. “Sochlaringizni kesib, qanorga o‘raning”, dedi U.
13 Ammo buni qarang! Shodligu kayfu safo! “Erta–indin o‘lib ketamiz, Kelinglar, yeb–ichib qolaylik”, deb Sizlar buqa, qo‘ylar so‘ydingiz, Go‘sht yeb, mayxo‘rlik qildingiz.
14 Shunda Sarvari Olamning O‘zi menga shunday dedi: “Bu gunohlaringiz kechirilmas o‘lguningizgacha.” Ha, buni Sarvari Olam — Rabbiy aytmoqda.
15 Sarvari Olam — Rabbiy shunday aytmoqda: “Qani, shohning o‘ng qo‘l vaziri, saroy a’yoni Shavnaning oldiga borib, shunday deb ayt:
16 ‘Bu yerda nima ishing bor?! Bu yerda sening kiming borki, o‘zingga qabr qazibsan?! Yuksakda o‘zingga qabr qazibsan, qoyada o‘zingga maskan qilibsan?!
17 Mana, Men, Egang, seni uloqtiraman. Ey kuchli inson! Men seni chirpirak qilib shiddat bilan uloqtiraman.
18 Men seni aylantirib– aylantirib, to‘p kabi keng bir yurtga uchirib yuboraman. Sen o‘sha yerda o‘lib ketasan. Ulug‘vor jang aravalaring o‘sha yerda qolib ketadi. Xo‘jayining xonadoniga sen sharmandalik keltirasan!
19 Men seni o‘z joyingdan qo‘zg‘ataman. Sen o‘z lavozimingdan olinasan.
20 O‘sha kuni Xilqiyoning o‘g‘li qulim Eliyaqimni chaqiraman.
21 Sening liboslaringni unga kiydiraman. Kamaringni unga bog‘lab, sening butun hukmronligingni unga beraman. U Quddus aholisiga, Yahudo xalqiga ota bo‘ladi.
22 Dovud xonadonining kalitini unga beraman. U ochganda, hech kim berkitolmaydi. U berkitganda, hech kim ocholmaydi.
23 Men uni mustahkam joyga qoqilgan qoziq qilaman, u o‘z urug‘i uchun shuhrat taxti bo‘ladi.
24 Urug‘idan chiqqan har kim, kosadan piyolalargacha bo‘lgan har bir kichik idish o‘sha qoziqqa yuklanadi.’
25 O‘sha kuni mustahkam joyga qoqilgan qoziq joyidan chiqib, sinib ketadi, — demoqda Sarvari Olam. — Unga osilgan yuk ham yo‘q bo‘lib ketadi.” Egamiz shunday deb aytdi.


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18