Ibtido 1 bob

Kirish

“Ibtido” kitobida olamning yaratilishi, inson zotining paydo bo‘lishi, Isroil xalqining kelib chiqishi to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

“Ibtido” kitobining birinchi qismida (1-11–boblar) olam va insoniyatning Ibrohimgacha bo‘lgan davri hikoya qilinadi. Xudo hamma narsani juda ajoyib qilib yaratgan edi, lekin ilk yaratilgan ikki inson — Odam Ato bilan Momo Havo Xudoga itoat etmay, olamga yomonlikni olib keldi. Insonlar shu qadar gunohga botib ketdilarki, Nuh degan odam va uning oilasidan tashqari, jamiki insoniyatni qirib tashlash uchun Xudo yer yuziga to‘fon yuborishga qaror qildi. Nuh va uning oilasi Xudoga itoat etardi, shuning uchun Xudo Nuhga: “O‘zingni, oilangni, hayvonlar va qushlarning har bir turini saqlab qolish uchun katta kema yasa”, deb amr etdi. To‘fondan keyin xalq yana yer yuzi bo‘ylab yoyildi. Lekin ularning ko‘pchiligi yana Xudoga itoat etmay qo‘ydi.

“Ibtido” kitobining qolgan qismi (12-50–boblar) Ibrom va uning xonadoni tarixiga oid voqealarni qamrab oladi. Xudo Ibrom xonadonini, O‘zimning xalqim qilaman, deb tanlab oladi. Xudo Ibromga Ibrohim, uning xotini Sorayga Sora, deb ularning ismini o‘zgartiradi. Ibrohim bilan Sora befarzand edilar, lekin Xudo ularga: “Sizlar farzandli bo‘lasizlar, sizlarning naslingiz bir kun o‘zlarining yurtiga ega bo‘ladilar va yer yuzidagi jamiki xalqlar sizlardan baraka topadilar”, deb va’da beradi.

Ibrohim va Sora Kan’on yurtiga ko‘chadilar (Kan’on — hozirgi Isroil va Falastin joylashgan hudud). Xudo bu yurtni ularning nasliga berishga va’da qilgan edi. Ibrohim bilan Sora ancha keksayib qolganlarida o‘g‘il ko‘radilar va uning ismini Is’hoq qo‘yadilar. Is’hoq ham ikki o‘g‘il ko‘rib, o‘g‘illariga Yoqub va Esov, deb ism qo‘yadi.

Kitobning oxirida hikoya qilinishicha, Yoqubning o‘n ikki o‘g‘li oilalari bilan Misrga ko‘chib borib, o‘sha yerda yashaydilar. Yoqubning o‘g‘illaridan biri Yusuf Misr hokimi bo‘ladi. Yusuf bilardiki, Xudo bir kun O‘z xalqiga bergan va’dasini bajaradi: “Mening umrim oxirlab boryapti”, dedi Yusuf aka–ukalariga. “Lekin Xudo sizlarni kuzatib turadi, sizlarni bu yurtdan olib chiqib, Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga beraman, deb qasam ichgan yurtga qaytarib olib boradi.” (50:24)

 

1–BOB - Ibtido

Dunyoning yaratilish tarixi

1 Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi
2 Yer ayqash–uyqash bo‘lib, tubsiz dengizlar ustini zulmat qoplagan edi. Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi
3 Xudo: “Yorug‘lik bo‘lsin”, deb amr bergan edi, yorug‘lik paydo bo‘ldi.
4 Xudo yorug‘likning ajoyib ekanini ko‘rib, yorug‘likni qorong‘ilikdan ajratdi.
5 Xudo yorug‘likni kunduz, qorong‘ilikni tun, deb atadi. Kech kirib, tong otdi. Birinchi kun o‘tdi.
6 Shunda Xudo: “Suvlarni bir–biridan ajratib turadigan gumbaz paydo bo‘lsin”, deb amr qildi.
7 Shunday ham bo‘ldi: Xudo gumbazni yaratib, gumbazning ostidagi suvlardan gumbaz ustidagi suvlarni ajratdi.
8 Xudo gumbazga osmon, deb nom berdi. Kech kirib, tong otdi. Ikkinchi kun o‘tdi.
9 Keyin Xudo: “Osmon ostidagi suvlar bir joyga to‘planib, quruq yer paydo bo‘lsin”, deb amr qildi. Shunday ham bo‘ldi.
10 Xudo quruqlikka yer, deb nom berdi. Bir joyga yig‘ilgan suvlarni esa dengizlar, deb atadi. Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi.
11 So‘ngra Xudo shunday amr berdi: “Yerda o‘t– o‘lan ko‘karsin. Don beradigan har xil o‘simliklar, ichida danagi bor har xil mevali daraxtlar o‘ssin.” Shunday ham bo‘ldi.
12 Yerda o‘t–o‘lan ko‘kardi, don beradigan har xil o‘simliklar, ichida danagi bor har xil mevali daraxtlar o‘sdi. Xudo bularning ham ajoyib ekanini ko‘rdi.
13 Kech kirib, tong otdi. Uchinchi kun o‘tdi.
14 Keyin Xudo shunday amr qildi: “Kunduzni tundan ajratish uchun osmon gumbazida yoritqichlar paydo bo‘lsin. Bular kunlarning, yillarning, nishonlanadigan bayramlarning vaqtini ko‘rsatsin.
15 Bu yoritqichlar osmon gumbazida nur sochib, yerga yorug‘lik bersin.” Shunday ham bo‘ldi.
16 Xudo ikkita katta yoritqichni — quyosh va oyni yaratdi: kunduzi nur sochib turishi uchun kattaroq yoritqich — quyoshni, tunda nur sochib turishi uchun kichikrog‘i — oyni yaratdi. Shuningdek, Xudo yulduzlarni ham yaratdi.
17 Bu yoritqichlar yerga yorug‘lik bersin, kunduz va tun ustidan hukmronlik qilsin, yorug‘likni qorong‘ilikdan ajratib tursin, deb Xudo bularni osmon gumbaziga joylashtirdi.
18 Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi.
19 Kech kirib, tong otdi. To‘rtinchi kun o‘tdi.
20 Keyin Xudo shunday amr berdi: “Suv har xil tirik jonivorlar bilan to‘lib–toshsin, qushlar paydo bo‘lib, havoda parvoz qilsin.”
21 Shunday qilib, Xudo bahaybat dengiz maxluqlarini va suvda suzuvchi turli–tuman jonivorlarni, har turli qushlarni yaratdi. Xudo buning ham ajoyib ekanini ko‘rdi.
22 Shunda Xudo bularning hammasiga marhamat qilib dedi: “Baliqlar va qushlar serpusht bo‘lib, ko‘paysin. Dengizlar baliqlar bilan to‘lib– toshsin, yer uzra qushlar ko‘paysin.”
23 Kech kirib, tong otdi. Beshinchi kun o‘tdi.
24 So‘ngra Xudo: “Yer turli–tuman jonzotlarni — chorvani, sudralib yuruvchi jonivorlarni, har turli yovvoyi hayvonlarni paydo qilsin”, deb amr qildi. Shunday ham bo‘ldi.
25 Xudo har turli yovvoyi hayvonlarni, chorvaning har xil turlarini, yer yuzida sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har xil turlarini yaratdi. Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi.
26 Keyin Xudo shunday dedi: “Endi inson zotini yarataylik, ular O‘z suratimizday, O‘zimizga o‘xshagan bo‘lsin. Inson zoti dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlar, yer yuzidagi chorva hamda jamiki yovvoyi hayvonlar, yerda sudralib yuruvchi har qanday jonivor va hasharotlar ustidan hukmronlik qilsin.”
27 Shunday qilib, Xudo O‘z suratiday qilib yaratdi inson zotini. Erkagu ayol qilib yaratdi ularni.
28 Xudo insonlarga marhamat qilib, aytdi: “Uvali–juvali bo‘linglar, yer yuzini to‘ldirib, itoat ettiringlar, dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlaru yer yuzida yashovchi har turli jonivorlar ustidan hukmronlik qilinglar.”
29 Xudo yana aytdi: “Mana, sizlarga butun yer yuzidagi har xil donli o‘simliklarni va mevali daraxtlarni berdim. Sizlar bulardan yegulik uchun foydalanasizlar.
30 Yer yuzidagi jamiki tirik jonzotlarga — hamma hayvonlarga, hamma qushlarga yemish qilib ko‘k o‘t–o‘lanni berdim.” Shunday ham bo‘ldi.
31 Xudo O‘zi yaratgan hamma narsaga nazar soldi. Bular juda ajoyib edi. Kech kirib, tong otdi. Oltinchi kun o‘tdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак