Korinfliklarga birinchi maktub 1 bob

Kirish
PAVLUSNING KORINFLIKLARGA BIRINCHI MAKTUBI Mazkur maktub muallifi havoriy Pavlusdir. Bu maktub Korinfdagi jamoatga yozilgan va odatda “Korinfliklarga birinchi maktub” deb ataladi. Korinf qadimiy Yunonistonda muhim bandargoh shahar edi. Birinchi asr davomida Korinf shahri Rim imperiyasiga qaram edi. O‘sha davrda Korinf aholisi turli millat vakillaridan tashkil topgan bo‘lib, u yerda ko‘p yahudiylar istiqomat qilar edi. Bu shahar rivojlangan savdo–sotig‘i, o‘ziga xos madaniyati, avj olgan axloqsizligi va turli diniy oqimlar bilan nom chiqargan edi. Pavlus Korinfdagi yahudiylarga ham, g‘ayriyahudiylarga ham Xushxabar aytib, u yerdagi jamoatga asos solgan edi.
Korinf jamoatida ko‘plab muammolar bor edi, masalan, masihiylar har xil guruhlarga bo‘linib, o‘zaro ko‘p bahslashar edilar, jamoatning ba’zi a’zolari zino qilar edi. Shu bois, Pavlus jamoatga mazkur maktubini yo‘llab, ularga tanbeh beradi va to‘g‘ri yo‘lga soladi. Shu bilan birga imonlilarning ba’zi savollariga javob bergan holda, nikoh, butlarga keltirilgan qurbonlik go‘shtini yeyish yoki yemaslik, ibodat paytida ayollarning ro‘mol o‘rashi, Rabbimizni xotirlab non sindirish, ruhiy in’omlar kabi mavzularni yoritib beradi. Pavlus Xushxabarning asl mohiyatini Iso Masihning o‘likdan tirilishiga bevosita bog‘laydi. Shu sababdan bu mavzuni batafsil yoritadi. Masih qaytib kelganda, Xudoga tegishli bo‘lganlar tirilishini, o‘lim barham topishini, foniy tana mangu tanaga o‘zgarishini turli misollar orqali tushuntiradi.
Bu maktubning 13–bobi Muqaddas Kitobdagi eng muhim boblardan biri hisoblanadi. Bu bobda Pavlus sevgining asl ma’nosini ochib beradi, bunday sevgini amalda qo‘llagan jamoat barcha muammolardan xoli bo‘lishini uqtiradi.

1–BOB - Korinfliklarga birinchi maktub

1.Duoyi salom  4.Xudoning ko‘rsatgan iltifoti  10.Imonlilar jamoatidagi nizolar  18.Masih — Xudoning hikmati va qudrati

 

1 Xudoning irodasi bilan Iso Masihninghavoriysi bo‘lish uchun da’vat qilingan men — Pavlusdan va birodarimiz Sostendan
2 Xudoning Korinf shahridagi jamoatiga salom! Xudo sizlarni O‘zining aziz xalqi bo‘lishga da’vat qilib, Iso Masih orqali O‘zi uchun ajratib olgan. Shunday qilib, har yerda Rabbimiz Iso Masihga sajda qilayotganlarning qatoriga qo‘shildingiz. Iso Masih ularning ham, bizning ham Rabbimizdir.
3 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyatu tinchlik ato qilsin.
4 Xudoyim sizlarga Iso Masih orqali O‘z inoyatini berdi. Shu bois doimo Xudoyimga sizlar uchun shukr aytaman.
5 Iso Masih orqali Xudo sizlarni har qanday kalomda mohir, ilmu ma’rifatda boy qildi.
6 Shu tariqa men sizlarga aytgan Masih haqidagi xabar haqiqat ekanligi isbotlandi.
7 Shuning uchun Rabbimiz Iso Masihning kelishini intizorlik bilan kutar ekansiz, Muqaddas Ruh beradigan in’omlardan benasib emassizlar.
8 Rabbimiz Iso Masih kelgan kunda sizlar aybsiz bo‘lishingiz uchun Xudo sizlarni oxirigacha qo‘llab quvvatlaydi.
9 Sizlarni O‘z O‘g‘li Rabbimiz Iso Masih bilan muloqot qilishga chaqirgan Xudo sadoqatlidir.
10 Ey birodarlarim, Rabbimiz Iso Masih nomi bilan sizlarga iltijo qilaman, hammangiz o‘zaro ahil yashanglar. Orangizda nizolarga yo‘l qo‘ymay, fikr–xayolda tamomila yakdil bo‘linglar.
11 Zero, ey birodarlarim, sizlarning orangizda janjallar borligi haqida opamiz Xloisning xonadonidagilar menga xabar berishdi.
12 Men quyidagilarni nazarda tutyapman, orangizda ba’zilar: “Men Pavlusning shogirdiman”, yana ba’zilar esa: “Men Apollosning shogirdiman”, yana boshqalar: “Men Butrusning shogirdiman”, yana bir xil odamlar: “Men Masihning shogirdiman”, deb aytayotgan emish.
13 Nima, Masih bo‘linganmi? Yoki sizlar uchun Pavlus xochga mixlanganmi? Nahotki Pavlusning nomi bilan suvga cho‘mdirilgan bo‘lsangiz?
14 Xudoga shukurki, men sizlarning orangizdan Krisp va Gaydan boshqa hech kimni suvga cho‘mdirmadim.
15 Hech kim: “Men Pavlusning nomi bilan cho‘mdirilganman”, deya olmaydi.
16 To‘g‘ri, men Stefanning uy ahlini ham suvga cho‘mdirgan edim, ammo bulardan boshqa hech bir odamni suvga cho‘mdirganim esimda yo‘q.
17 Zotan, Masih meni odamlarni suvga cho‘mdirsin, deb emas, balki Xushxabarni yoysin, deb yubordi. Menga bu Xushxabarni insonlarga oid bo‘lgan donolik bilan yoyish buyurilmadi, bo‘lmasa Masihning xochdagi o‘limi haqidagi xabarning kuchi yo‘qolgan bo‘lardi.
18 Xoch haqidagi bu xabar halok bo‘layotganlarga telbalikday tuyuladi. Ammo biz, najot topayotganlar uchun esa u Xudoning qudratidir.
19 Axir Muqaddas Bitiklarda yozilgan–ku: “Men donolarni donolikdan mahrum qilaman, Idroklilarni idrokidan ayiraman.”
20 Donolar qani? Tafsirchilar va bu dunyoning faylasuflari qayerda? Xudo bu dunyoning hikmatini aqlsizlikka aylantirdi–ku, axir!
21 Modomiki Xudoning hikmati bo‘yicha bu dunyo o‘z aql-zakovati bilan Xudoni tanib–bilmagan ekan, tentaklikday tuyulgan xabarga ishonganlarni Xudo qutqarishni lozim ko‘rdi.
22 Mana, yahudiylar mo‘jizalar talab qiladilar, yunonlar esa donolik payida.
23 Biz faqat xochga mixlangan Masih haqidagi xabarni yoymoqdamiz. Bu xabar yahudiylar uchun haqorat bo‘lsa, g‘ayriyahudiylar uchun telbalikdir.
24 Biroq Xudo da’vat qilgan yahudiy va g‘ayriyahudiylar uchun Masih xochi Xudoning qudrati va hikmatidir.
25 Zero, Xudoning “aqlsizligi” inson donoligidan ustundir, Xudoning “zaifligi” inson qudratidan kuchliroqdir.
26 Ey birodarlarim, Xudo sizlarni da’vat qilganda qanday odam edingizlar, bir esga oling–chi! Insoniy nuqtayi nazardan qaraganda, ko‘plaringiz dono, qudratli yoki olijanob emas edingiz.
27 Lekin Xudo donolarni sharmanda qilish uchun dunyodagi aqlsiz deb hisoblanganlarni tanladi. Qudratlilarni sharmanda qilish uchun U dunyodagi zaif hisoblanganlarni tanladi.
28 Dunyodagi e’tiborli hisoblanganlar arzimas bo‘lib qolsin deb, Xudo bu dunyodagi e’tiborsiz va kamsitilgan, ya’ni ahamiyatsiz, deb hisoblanganlarni tanladi.
29 Shunday qilib, hech bir inson Xudoning oldida maqtana olmaydi.
30 Iso Masih orqali Xudo bizga yangi hayot ato etib, U orqali donolikka ega bo‘lganimizni namoyon qildi. Biz Masihning sharofati bilan oqlanib, gunohdan qutqarildik, Xudoning aziz xalqi bo‘ldik.
31 Shunday qilib, Muqaddas Bitiklarda o‘rgatilganday, kim maqtanmoqchi bo‘lsa, Egamizni bilaman, deb maqtansin.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак