Efesliklarga maktub 1 bob

Kirish
PAVLUSNING EFESLIKLARGA MAKTUBI Mazkur maktub muallifi havoriy Pavlusdir. Pavlus bu maktubini qamoqda bo‘lgan paytda* Efes shahridagi imonlilar jamoatiga yozgan. Efes shahri Rim imperiyasidagi Asiya viloyatining markazi bo‘lib, muhim ahamiyatga ega edi. Bu bandargoh shahar hozirgi Turkiyaning g‘arbida, Egey dengizi bo‘yida joylashgan. Pavlus Xushxabarni yoyish va ta’lim berish maqsadida bir necha marta Efesga borgan, u yerda ikki yil yashagan.
Ushbu maktubda yangi ahd ilohiyotining asoslari batafsil va izchil tarzda bayon qilinadi. Pavlus bu maktubida imonlilarga Masihda pinhon bo‘lgan aql bovar qilmas ilohiy boylik haqida yozadi, masihiylarni kundalik hayotlarida o‘sha ruhiy manbadan foydalanishga chaqiradi. Biz savob ishlarimiz tufayli emas, inoyat tufayli najot topganimizni, Xudoga hamdu sanolar aytish uchun yaralganimizni bizga eslatadi. Bularning hammasida Xudo yagona maqsadni ko‘zlaydi: U yeru osmondagi bor mavjudotni Masihning hokimiyati ostiga birlashtirmoqchi ekanini aytadi (1:10 ga qarang). Xudo bu rejasini amalga oshirishni masihiylar jamoatidan boshlaydi. Iso Masihning to‘kilgan qoni tufayli jamoat Xudo bilan yarashib, yakdillikka erishadi. Jamoatning yakdilligi orqali Xudo butun borliqqa O‘z donoligiyu ulug‘vorligini namoyon qiladi. Maktubda ishlatilgan metaforalar Xudoning jamoati Masihga tegishli ekanini ko‘rsatadi. Masalan, jamoat bir tana bo‘lsa, Masih uning boshidir, jamoat bino bo‘lsa, Masih uning tamal toshidir.
Maktubning dastlabki qismida (1-3–boblar) samoda biz uchun saqlangan ruhiy barakalar haqida yozilgan. Xudo O‘z xalqini tanlagani, Iso Masih orqali ularni kechirib, gunohlaridan xalos etgani, qut–barakalarga kafil sifatida ularga Muqaddas Ruhni bergani bayon etiladi. Pavlus masihiylarni duo qilib, ular uchun Xudoga yolvoradi. Uning nihoyatda go‘zal va chuqur mazmunga ega bo‘lgan bu mumtoz ibodatlari odamlarga yod bo‘lib ketgan (1:15-23, 3:14-21 ga qarang).
Maktubning so‘nggi qismida (4-6–boblar) Pavlus imonlilarga nasihatlar qiladi. Ularni Masihga munosib hayot kechirishga, Xudoning farzandi degan nomga loyiq tarzda yashashga undaydi. Bir vaqtlar ular zulmatga g‘arq bo‘lgan edilar, endi esa ular nurga to‘la insonlar kabi yashashi lozim. Mana shu nur ularning hayot tarzida aks etib turishi kerak. Shuningdek, Pavlus er–xotinlik munosabatlari, ota–ona va farzandlar, xo‘jayin va qul munosabatlari haqida ta’lim beradi. Pavlus mazkur maktubini yakunlar ekan, yovuz ruhiy kuchlarga qarshi kurashish haqida so‘z yuritadi. Masihiylarni Xudo bergan qurol–aslahalar bilan qurollanib, iblisning hiylalariga qarshi turishga chaqiradi. Ularni har qanday sharoitda Muqaddas Ruhga tayanib duo–ibodat qilishga, hushyor va sabotli bo‘lishga da’vat qiladi.

1–BOB - Efesliklarga maktub

1.Duoyi salom   3.Xudoning ilohiy rejasi  15.Shukrona ibodati

 

 

1 Xudoning irodasi bilan Iso Masihninghavoriysi bo‘lgan men — Pavlusdan Iso Masihga sodiq bo‘lgan Efes shahridagi Xudoning azizlariga salom!
2 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.
3 Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin. U samodagi barcha ruhiy barakalarni Masih orqali bizlarga berdi.
4 Masihga tegishli bo‘lishimiz uchun Xudo bizni dunyo yaratilishidan oldin tanladi. Endi biz Xudoning oldida muqaddas va benuqson, bir–biriga mehr bog‘lagan insonlar bo‘la olamiz.
5 Xudo bizni Iso Masih orqali O‘ziga farzand qilib olishni azaldanoq qaror qilgan edi. Xudoning xohish–irodasi shu bo‘lib, bundan U huzur–halovat topdi.
6 Shu tariqa O‘zining suyukli O‘g‘li orqali bizga buyuk inoyatini ko‘rsatgan Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin.
7 Masihning to‘kilgan qoni orqali Xudo bizni kechirib, gunohlarimizdan ozod qildi.
8 Shunday qilib, Xudo bizning hayotimizni to‘ldirgan inoyati qanchalik boy ekanligini ko‘rsatdi.
9 U bizga donoligu aql–idrok ato etdi. O‘z irodasining sirini ma’lum qildi. Bu irodasi Iso Masih orqali bajo bo‘lishini Xudo oldindan rejalashtirgan edi va bundan U huzur–halovat topdi.
10 Xudo bu rejani O‘zi belgilagan vaqtda to‘la amalga oshirib, yeru osmondagi bor mavjudotni Masihning hokimiyati ostiga birlashtiradi.
11 Biz Masih orqali Xudoning xalqi bo‘ldik. Bu Xudoning azaldan belgilagan rejasi bo‘yicha amalga oshdi. Axir, Xudo har bir narsani O‘z xohish–irodasi bo‘yicha amalga oshiradi.
12 Shunday ekan, biz — Masihga umid bog‘laganlar, hammamiz Xudoga shon–shuhrat keltirish uchun yashashimiz lozim.
13 Sizlar haqiqat kalomi, ya’ni najot keltirgan Xushxabarni eshitgan edingiz. Shu tufayli Masihga imon keltirgan edingiz. Xudo O‘zi va’da qilgan Muqaddas Ruhni sizlarga berib, Unga tegishli ekanligingizni ko‘rsatdi.
14 Kelajakda oladigan qut–barakalarimizga kafil sifatida bizga Muqaddas Ruh berilgan. Ha, Xudo bizni qutqarib, O‘ziga xalq qilib olgani uchun bizda Muqaddas Ruh bor. Shularning hammasi Xudoga shon–shuhrat keltiradi.
15 Rabbimiz Isoga bo‘lgan imoningiz va Xudoning aziz xalqiga bo‘lgan mehr–muhabbatingiz haqida eshitganimdan beri,
16 sizlar uchun ibodat qilganimda tinmay Xudoga shukrlar aytaman.
17 Rabbimiz Iso Masihning Xudosi, ulug‘vor Otamiz, O‘zini tanib–bilishingiz uchun Muqaddas Ruh orqali sizga donolik va aql–idrok bersin.
18 Xudo sizlarning qalbingizni nurga to‘ldirsin, toki Xudo sizlarni da’vat qilib, sizlarga qanday umid berganligini, Xudoning xalqi U uchun naqadar boy mulk ekanligini tushunib olinglar.
19 Xudoning biz — imonlilarga ko‘rsatgan tengi yo‘q qudrati naqadar buyukligini ham bilib oling. Mana shu buyuk qudrati bilan
20 Xudo Masihni o‘likdan tiriltirdi va samoda Uni O‘zining o‘ng tomoniga o‘tirg‘izdi.
21 Isoni Xudo u dunyoyu bu dunyodagi har bir hokimiyat va hukmronlik, har qanday kuch va saltanat, har bir mavjudotdan ustun qildi.
22 Butun borliqni Isoning oyoqlari ostiga tobe qildi. Uni butun borliqdan yuqori qo‘yib, imonlilar jamoatiga bosh qildi.
23 Imonlilar jamoati Masihning tanasidir. Borliqni har jihatdan butun qiladigan Masih jamoatni barkamol qiladi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18