Rut 1 bob

Kirish

“Rut” kitobi — hakamlar davridagi Isroil oilasi hayoti to‘g‘risida nishona beradi. Bu oila keyinchalik Isroilda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki Rutning evaralaridan biri shoh Dovud edi.

Kitobda Rutga bog‘liq boshqa asosiy qahramon Naimadir. U eri va ikki o‘g‘li bilan Baytlahmda yashagan. Lekin hosil yaxshi bo‘lmagani uchun, bu oila Mo‘ab yurtiga yo‘l oladi. Naimaning eri u yerda vafot etadi, o‘g‘illari esa Mo‘ablik qizlarga uylanadilar. O‘sha qizlardan biri Rut edi.

Naimaning ikkala o‘g‘li ham Mo‘abda olamdan o‘tgach, Naima Baytlahmga qaytishga qaror qiladi. Naima ikkala keliniga Mo‘abda qolishlarini va o‘zlariga boshqa qayliq topishlarini aytadi. Rut esa Mo‘abda qolmasdan Naima bilan birga Baytlahmga ketadi. Kitobning davomida Rut qanday qilib Naimaning Bo‘az ismli boy qarindoshiga turmushga chiqqani to‘g‘risida hikoya qilinadi.

Qonunga muvofiq, Mo‘abliklar Isroillik bo‘la olmasdilar. Kitobda Rut qanday qilib Xudoga chin ko‘ngildan sadoqatli, e’tiqodli bo‘lgani va Isroil xalqiga qo‘shilishga ijozat berilgani to‘g‘risida hikoya qilinadi. Rut Naimaga shunday deydi: “Siz qayerga borsangiz, men ham o‘sha yerga boraman, siz qayerda bo‘lsangiz, men ham o‘sha yerda bo‘laman. Sizning xalqingizni o‘zimning xalqim, sizning Xudoyingizni o‘zimning Xudoyim deyman. Siz qayerda olamdan o‘tsangiz, men ham o‘sha yerda jon berib, dafn qilinaman. Egam meni ne ko‘yga solsa solsin, undan battarrog‘ini ham qilsin. Meni sizdan faqat o‘lim ajrata oladi.” (1:16-17)

 

1–BOB - Rut

Elimalek oilasi bilan Baytlahmdan Mo‘abga ko‘chadi

1 Isroilda hakamlar hukmronligi davrida bir muddat ocharchilik bo‘lgan edi. Bir odam xotini va ikki o‘g‘li bilan birga birmuncha vaqt yashash niyatida Mo‘ab yurtiga jo‘nadi. U Yahudoning Baytlahm shahridan edi.
2 U odamning nomi Elimalek, xotinining oti Naima, o‘g‘illarining ismlari esa Maxlo‘n va Xilyon edi. Bu oila Yahudoning Baytlahm shahridan — Efratlik edi. Ular Mo‘ab yurtiga borib, o‘sha yerda yashab qoldi.
3 Ular o‘sha yerda yashayotganlarida, Elimalekning ajali yetdi. Naima ikki o‘g‘li bilan qoldi.
4 Uning o‘g‘illari Mo‘ablik qizlarga uylandilar. Qizlardan birining ismi O‘rpa, ikkinchisiniki Rut edi. Ular o‘sha yerda o‘n yilcha yashashgandan keyin
5 Maxlo‘n va Xilyon ikkalasi ham vafot etishdi. Naima ham eridan, ham farzandlaridan ayrilib, yolg‘iz qoldi.
6 -
7 “Egamiz o‘z xalqiga e’tibor berib, ularga non berdi”, degan xabarni eshitgach, Naima o‘z yurtiga qaytishga qaror qildi. Naima yashab kelgan Mo‘ab yurtini tashlab, kelinlari bilan birga yo‘lga tushdi va Yahudoga qarab yurishdi.
8 Yo‘lda davom etisharkan, Naima ikkala keliniga dedi: — Boringlar, ikkovingiz ham onalaringizning uylariga qaytinglar. Menga va marhumlarga bo‘lgan izzat–hurmatingiz uchun Egam sizlarga ham marhamat qilsin.
9 Ikkovlaringizga ham yaxshi joylardan ato qilsin, turmush qurib, o‘z erlaringiz bilan baxtli bo‘linglar! Shunday deb Naima kelinlarini o‘pdi, ikkalasi esa yig‘lab faryod ko‘tarishdi:
10 — Yo‘q, biz siz bilan ketamiz, sizning xalqingiz orasida yashaymiz, — deyishdi.
11 Naima esa yana kelinlariga: — Qaytinglar, jon qizlarim! — dedi. — Men bilan ketganingizdan nima foyda?! Qornimda yana o‘g‘illarim bormidiki sizlarga umr yo‘ldoshi bo‘lsa?!
12 Bo‘ldi endi, qizlarim, qaytinglar! Men endi keksaydim, erga tegishga ojizman. Bordi–yu, men, hali umid qilsam bo‘ladi, deb shu kecha erim bilan qovushsamu o‘g‘illar tug‘sam,
13 ular ulg‘ayguncha sizlar kutib turarmidingiz?! Orqaga cho‘zib, turmushga chiqmay yurarmidingizlar?! Yo‘q, qizlarim. Sizlarni o‘ylab juda qayg‘uryapman. Axir, Egam shuncha ko‘rgilikni boshimga soldi–ku.
14 Ular yana yig‘lab, dod–voy ko‘tarishdi. Nihoyat, O‘rpa qaynanasi bilan o‘pishib xayrlashib, orqaga qaytib ketdi. Rut esa Naimaga yopishib oldi.
15 Naima Rutga: — Mana, ovsining o‘z xalqi orasiga, o‘z xudolariga[7] sig‘inadigan yurtga qaytib ketdi. Sen ham uning orqasidan borgin, — dedi.
16 — Sizdan ajralishga, qaytib ketishga meni majbur qilmang, — dedi Rut. — Siz qayerga borsangiz, men ham o‘sha yerga boraman, siz qayerda bo‘lsangiz, men ham o‘sha yerda bo‘laman. Sizning xalqingizni o‘zimning xalqim, sizning Xudoyingizni o‘zimning Xudoyim deyman.
17 Siz qayerda olamdan o‘tsangiz, men ham o‘sha yerda jon berib, dafn qilinaman. Egam meni ne ko‘yga solsa solsin, undan battarrog‘ini ham qilsin. Meni sizdan faqat o‘lim ajrata oladi.
18 Naima amin bo‘ldiki, kelini u bilan ketishga qat’iy ahd qilibdi. Shundan so‘ng uni ko‘ndirishga qayta urinmadi.
19 Ikkovlari yo‘l yurib Baytlahmga yetib kelishdi. Baytlahmga yetib kelganlarida, ularni ko‘rib butun shahar g‘imirlab qoldi. Ayollar bir–biriga: “Iyi, nahotki bu o‘sha Naima bo‘lsa?!” deb hayron qolishdi.
20 Naima ularga dedi: — Endi meni Naima emas, Musibat denglar. Chunki Qodir Xudo boshimga cheksiz qayg‘u–kulfat soldi.
21 Men bu yerdan to‘kis bo‘lib chiqib ketgan edim, Egam esa qup–quruq qaytardi. Endi nega meni Naima deysizlar?! Axir, Egam — Qodir Xudo meni azob–uqubatlarga giriftor qilib, baxtsiz qildi–ku!
22 Shunday qilib, Naima Mo‘ablik kelini Rut bilan birga Mo‘ab yurtidan qaytib keldi. Ular Baytlahmga kelgan paytda arpa o‘rimi boshlangan edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18