Ishayo 44 bob

1 Xudo Isroil xalqini marhamatlaydi. 6 Butparastlar ahmoqdir. 23 Quddus qayta tiklanadi.

1 Egam aytar: “Endi eshit, ey qulim Isroil! Ey Yoqub nasli! Men seni tanlaganman.
2 Men, Egang, seni yaratganman, ona qornida senga shakl berganman. Sening madadkoring, Men, shunday aytmoqdaman: ‘Qo‘rqma, ey aziz Isroil! Ey Yoqub nasli, Men seni tanlaganman.
3 Chanqoq yerga Men suv beraman, Qaqragan tuproqda irmoqlar oqizaman. Naslingga Ruhimni beraman, Zurriyoting ustiga O‘z barakamni yog‘diraman.
4 Ular oqar suv bo‘yidagi tol daraxti kabi, Maysalar orasidan o‘sib chiqadi.
5 Biri: «Men Egamnikiman», deb aytadi, Boshqasi Isroil xalqiga qo‘shilay, deb keladi. Yana biri qo‘liga: «Egamniki», deb yozadi–da, Isroil xalqining biriman, deb aytadi.’”
6 Isroilning Shohi, uning Qutqaruvchisi, Sarvari Olam — Egamiz shunday aytmoqda: “Birinchiyu oxirgi Men O‘zimman, Mendan boshqa hech bir xudo yo‘q!
7 Kim Menga o‘xshaydi? Qani, gapirsin–chi! Qadimiy xalqni yaratganimdan beri Nima bo‘lganlarini boshdan aytib bersin! Kelajakda nima bo‘lishini bildirsin.
8 Vahimaga tushmang, qo‘rqmang! Sizga qadimdan e’lon qilib, bildirmadimmi?! Sizlar Mening guvohlarimsiz! Mendan boshqa xudo bormi?! Yo‘q, boshqa qoya yo‘q. Men boshqa hech birini bilmayman!
9 But yasaydiganlarning hammasi hech narsadaydir. Xush ko‘rgan butlari hech foyda keltirmaydi. O‘sha butlarning guvohlari ko‘r, johildir. Shuning uchun ular sharmanda bo‘lib qoladi!
10 Axir, kim foydasiz xudolarning tasvirlarini yasaydi!
11 Hali o‘sha butparast do‘stlarning hammasi sharmanda bo‘ladi. But tayyorlovchilarga qarang. Ular ham oddiy odamlar–ku! Qani, hammasi to‘plansin! Ular qo‘rquvga tushib, birgalikda sharmandayu sharmisor bo‘ladi.
12 But yasaydigan temirchi asbobini oladi. Buyumni ko‘mir cho‘g‘i ustida qizdiradi. Bolg‘asi bilan uni yasaydi. Qo‘lining kuchi bilan ishlaydi. Qorni ochib, holdan toyadi. Tashnalikdan sillasi quriydi.
13 Duradgor ip bilan yog‘ochni o‘lchaydi. Xohlagan shaklini chizib olib, randa bilan ishlov beradi. Uni inson shaklida yasaydi. Unga inson chiroyini beradi–da, sajdagohga o‘rnatadi.
14 O‘rmonda sarv, eman daraxtlarini tanlaydi. U o‘zi uchun sadr daraxtlaridan kesib oladi. Yoki qarag‘ay daraxtini o‘tqazadi. Yomg‘ir esa o‘sha daraxtni o‘stiradi.
15 Keyin bular odamga o‘tin bo‘ladi. Odam yog‘ochning ba’zilarini olib isinadi. Ba’zilarini esa yoqib, non yopadi. Yana o‘ziga xudo ham yasab, unga sajda qiladi. But yasab, unga muk tushib, ta’zim qiladi!
16 U o‘tinlarning yarmini yoqadi. Olovda go‘sht pishirib, qornini to‘ydiradi. Isinib bo‘lgach: ‘Oh, oh, isinib oldim, olovning taftidan jonim orom olyapti’, — deydi.
17 Yog‘ochning qolganidan esa xudosini, o‘zining butini yasaydi. ‘Meni o‘zing qutqar, axir, sen mening xudoyimsan!’ deb butga ibodat qiladi, muk tushib sajda etadi.
18 Ular hech narsani bilmaydilar, tushunmaydilar. Ko‘zlariyu yuraklarida to‘siq bor, ular ko‘rmaydi, tushunmaydi.
19 Birortasi ham o‘ylab ko‘rmaydi. ‘O‘tinning bir qismini yoqdim. Olovida non yopdim, go‘sht pishirib yedim. Endi qolganidan jirkanch narsa yasaymanmi?! Yog‘och g‘o‘lasiga ta’zim qilamanmi?!’ — deb aytishga aql–idrok yo‘q.
20 Eh, kul yeydiganlar! Aldangan qalbi uni adashtiradi. U o‘z jonini qutqara olmaydi. ‘Qo‘limdagi shu narsa soxta–ku!’ — deb o‘ziga aytmaydi.
21 Ey Yoqub nasli! Ey Isroil xalqi! Bularni yodda tut! Sizlar Mening qulimsiz. Men sizlarni yaratdim, Ha, sizlar Mening qulimsiz! Ey Isroil, Men sizlarni unutmayman!
22 Gunohlaringizni bulutday haydadim, Ayblaringizni tumanday tarqatdim, Sizlarni qutqarganman, Menga qayting.”
23 Ey samolar, shodlikdan hayqiring! Mana, Egamiz ajoyib bir ish qildi! Hayqiring, ey zaminning tubsiz joylari! Shodlikdan hayqiring, ey tog‘lar, Ey o‘rmon, o‘rmondagi har bir daraxt! Ha, Egamiz Yoqub naslini qutqarib, O‘ziga oldi. U Isroil xalqi orasida ulug‘lanmoqda.
24 Qutqaruvchingiz, onangiz qornida sizga shakl bergan Egamiz shunday aytmoqda: “Hammasini yaratgan Men Egangizman, Yolg‘iz O‘zim samolarni yoyganman! Bir O‘zim zaminni yaratganman!
25 Folbinlarning alomatlarini behudaga chiqaraman, Bashoratgo‘ylarni laqillataman, Donishmandlarga zarba berib, Bilgan narsalarini nodonlikka chiqaraman.
26 O‘z qulimning bashoratini ijro etaman, Elchilarimning aytganlarini qilaman. Men Quddus haqida: ‘Bu yerda yana inson yashaydi’, deb aytmoqdaman. Yahudo shaharlari haqida: ‘Ular qaytadan quriladi, Vayronalarini tiklayman’, deb aytmoqdaman.
27 Chuqur suvlarga shunday deyman: ‘Qurib bit! Daryolaringni quritaman.’
28 Shoh Kurush haqida shunday deyman: ‘U Mening cho‘ponim. Mening barcha xohishimni u bajaradi.’ Kurush shunday deydi: ‘Quddus qayta qurilsin, Ma’bad yana tiklansin.’”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18