Ishayo 57 bob

1 Isroil xalqining butparastligi hukm qilinadi. 15 Xudo, madad va shifo beraman, deb va’da qiladi.

1 Egam aytar: “Solih odamlar o‘lib ketyapti, Hech kim bu haqda fikr yuritmaydi. Taqvodorlar yo‘q bo‘lyapti. Yovuzlikdan qutqarilsin, deb Solihlar olamdan o‘tadi. Hech kim bu haqda o‘ylab ko‘rmaydi.
2 Solih insonlar tinchlikka erishadi, To‘g‘ri yurganlar o‘limda ham orom topadi.
3 Sizlar esa, ey folbinning o‘g‘illari, Yaqinroq keling! Bu yoqqa keling, ey zinokor, fohishalar urug‘i!
4 Xo‘sh, sizlar kimning ustidan kulyapsiz? Kimga qarshi og‘iz ochyapsiz? Kimga qarab tilingizni chiqaryapsiz? Axir, itoatsizlarning bolalarisiz–ku! Yolg‘onchining urug‘idan kelib chiqqansizlar– ku! Shunday emasmi?!
5 Har bir yam–yashil daraxt ostida Shahvat bilan gunohga berildingiz! Daryo bo‘ylarida, qoyalar kovagida O‘z farzandlaringizni qurbonlik qildingiz!
6 Sizlar sevgan butlar daryoning silliq toshlari orasidadir! Ha, o‘sha butlarga sizlar ko‘ngil qo‘ygansiz! Ana o‘shalarga ichimlik nazrlari berdingiz, Ularga don nazrlarini atadingiz. Xo‘sh, bular Meni qondirsinmi?!
7 Baland, buyuk tog‘da yotoq qurasiz, Qurbonlik keltiray, deb o‘sha yerga chiqasiz.
8 Eshiklaringiz orqasiga, Eshiklaringizning kesakisi ortiga Jirkanch tamg‘alaringizni qo‘ydingiz. Ha, Mendan yuz o‘girdingiz, Yalang‘och bo‘lib yotog‘ingizga kirdingiz, O‘ynashlaringiz bilan ahd tuzdingiz, Ular bilan yotishni juda yoqtirib qoldingiz. Ularning yalang‘och badanidan ko‘z uzmadingiz.
9 Zaytun moyi bilan ko‘pgina xushbo‘y atirlar olib, O‘z shohingizga hadyalar qildingiz. Uzoqlarga, hatto o‘liklar diyoriga Elchilaringizni yubordingiz.
10 U yoqdan–bu yoqqa yuraverib, toliqdingiz, Ammo shunda ham umidingizni uzmadingiz. Qaytadan kuch tikladingiz, Shu bois hech zaiflashmadingiz.
11 Kim sizlarni vahimaga soldi? Kim sizlarni shunchalik qo‘rqitdi? Yolg‘on gapirdingiz. Meni eslamadingiz! Men haqimda o‘ylab ham ko‘rmadingiz! Uzoq sukut saqlaganim sababli Mendan qo‘rqmay qo‘ydingiz!
12 Mana endi, o‘zingizcha to‘g‘ri, deb bilgan O‘sha ishlaringizni ochib tashlayman. Ular sizga bitta ham foyda keltirmaydi.
13 Yordam so‘rab, faryod qilganingizda Atrofingizdagi butlar sizlarni qutqarsin! Ularning hammasini shamol supurib ketadi, Shabada ularni uchirib ketadi. Mendan panoh topganlar esa yurtni mulk qilib oladi, Ular Mening muqaddas tog‘imga egalik qiladi.”
14 Egam shunday aytmoqda: “Tuproq yig‘ib, yo‘lni tayyorlang, Xalqim yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlang.”
15 Yuksak, yuqori bo‘lgan, abadiy yashaydigan Egamiz, Nomi muqaddas Egamiz shunday aytmoqda: “Men yuksakda, muqaddas maskanda yashayman. Kamtarlar ruhini qayta tiklay, deb Itoatkorlar qalbini jonlantiray, deb Ruhi kamtar, itoatkor odamlar bilan birgaman.
16 Axir, Men to abad da’volashmayman, Abadiy qahr–g‘azabda bo‘lmayman. Aks holda Men yaratgan tirik jonzot, Inson zoti oldimda tura olmasdi.
17 Ularning gunohu hasadgo‘yligi tufayli G‘azablanib, ularni jazoladim. Qahr bilan ulardan yuz o‘girdim, Ammo baribir istagan yo‘llaridan ketdilar.
18 Ularning yurgan yo‘llarini ko‘rdim, Mayli, endi shifo berib, yo‘l ko‘rsataman, Ularga ham, aza tutayotganlarga ham O‘zim tasalli beraman.
19 Ularning tillarini madhiyaga to‘ldiraman. Uzog‘u yaqindagilarga tinchlik bo‘lsin! — demoqda Egamiz. — Men ularga shifo beraman.
20 Fosiqlar esa to‘lqinlangan dengizdaydir. Ha, ular tinch tura olmaydigan dengizga o‘xshaydi. O‘sha dengizning suvlari loy, balchiq keltiradi.”
21 Xudoyim shunday deydi: “Yomonlarga tinchlik yo‘q.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18