Ishayo 65 bob

1 Xudo hukmining odilligi. 17 Ulug‘vor yangi ijod.

1 Egam aytar: “Meni so‘ramaganlarga ko‘rindim, Meni izlamaganlar topdi. Menga iltijo qilmagan bir xalqqa: ‘Mana Men! Shu yerdaman!’ deb aytdim.
2 Itoatsiz xalqni Kun bo‘yi quchoq ochib kutdim. Ana, ular o‘zlari xohlagan, To‘g‘ri bo‘lmagan yo‘llardan yuradi.
3 Ular yuzimga qarab turib, Jahlimni chiqaradi. Sajdagoh bog‘larda hech to‘xtovsiz qurbonliklar keltiradi, G‘isht qurbongohlarda tutatqilar tutatadi.
4 Ular qabrlar orasida o‘tirib, Yashirin joylarda arvohlarga maslahat soladi. Ular cho‘chqa go‘shtini yeydi, Qozonlarida harom go‘sht qaynatadi.
5 Ular boshqalarga shunday deydi: ‘Nariroq tur, menga tegma, Yana muqaddasligim yuqib qolmasin.’ Bularning hammasi kun bo‘yi yonib turgan olov kabidir. Ularning tutuni burnimni achitadi.
6 Mana, hammasi ko‘z o‘ngimda yozib qo‘yilgan. Men jim turmayman, ularni jazolayman. Qilmishlariga yarasha ularga to‘liq qaytaraman.
7 Ularni o‘zlarining gunohlari uchun, Hamda otalarining gunohlari uchun jazolayman, — demoqda Egamiz. — Axir, ular tog‘larda tutatqilar tutatdilar, Tepaliklarda Meni haqorat qildilar. Shu bois qilmishlariga yarasha Ularga jazosini beraman.”
8 Egamiz shunday aytmoqda: “Agar bir bosh uzumda hali sharbati bor bo‘lsa, Odamlar: ‘Uni tashlab yubormang, Hali foydasi tegadi’, deb aytadi. Men ham O‘z qullarim haqi shunday qilaman, O‘z xalqimning hammasini yo‘q qilmayman.
9 Tog‘larimni mulk qilib olsin, deb Isroil va Yahudo xalqiga avlod beraman. Tanlagan xalqim tog‘larimga egalik qiladi, Mening qullarim u yerda yashaydi.
10 Sharon tekisligi qo‘ylar suruvlari uchun yaylov bo‘ladi, Oxor soyligi mol–qo‘ylar uchun o‘tloq bo‘ladi. Ha, bu yerlar Menga intilganlarniki bo‘ladi.
11 Ammo ba’zilaringiz Meni tark etdingiz, Muqaddas tog‘imni unutdingiz! ‘Omad’ buti uchun dasturxon yozdingiz, ‘Qismat’ buti uchun qadahlarga sharob quydingiz!
12 Shundaylarni Men qilichning damiga ro‘para qilaman. Hammangiz tiz cho‘kasiz, bo‘g‘izlanasiz. Axir, Men chaqirganimda javob bermadingiz, Gapirganimda quloq solmadingiz. Mening oldimda qabihliklar qildingiz, Men xohlamagan narsalarni tanladingiz.”
13 Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Mening qullarim yeydi, sizlar esa och qolasiz, Qullarim ichadi, sizlar tashnalikdan azob chekasiz, Qullarim shod–xurram bo‘ladi, Sizlar esa sharmandayu sharmisor bo‘lasiz.
14 Mana, qalblari shodlikka to‘lib, Mening qullarim qo‘shiqlar kuylaydi. Sizlar esa yuragingizdagi qayg‘udan dod–voy qilasiz, Ezilgan ruhingiz tufayli uvullab yig‘laysiz.
15 Tanlagan xalqim orasida nomingiz la’nat so‘zi bo‘ladi, Men, Egangiz Rabbiy, sizlarni o‘ldiraman, O‘zimning qullarimga esa boshqa nom beraman.
16 Kim o‘ziga bu yurtda baraka tilasa, Mening, ya’ni sodiq Xudoning nomi bilan duo qiladi. Yurtda kim ont ichadigan bo‘lsa, Mening nomim bilan ont ichadi. Oldingi qayg‘ular unutiladi, Qayg‘u ko‘z oldimdan yo‘qotiladi.
17 Mana, qarang! Yangi osmon, yangi yer yaratyapman. Ilgari bo‘lganlar endi eslanmaydi, Ular hech qachon yodga olinmaydi.
18 Yaratayotgan ishlarim tufayli To abad shodlaning, xursand bo‘ling. Men Quddusni shodlik qilib, Xalqini quvonch qilib yaratyapman.
19 Men Quddus tufayli sevinaman, Xalqim Menga quvonch keltiradi. Endi Quddusda hech qachon Yig‘i, faryod tovushi eshitilmaydi.
20 U yerda endi go‘daklar o‘lmaydi, Biror qariya yoshini yashamay o‘tmaydi. Birontasi yuz yoshga kirib olamdan o‘tsa, U haqda: ‘Evoh, yosh ketdi’, deb aytadilar. Yuzga yetmay o‘lganni la’nati ekan, deb biladilar.
21 Xalqim uylar qurib, o‘zlari o‘sha yerda yashaydi, Tokzorlar o‘tqazib, hosilini o‘zlari yeydi.
22 Endi ular qurgan uylarda boshqalar yashamaydi, Ekkan daraxtlarining hosili boshqalarga nasib bo‘lmaydi. Xalqimning umri chinor umriday uzoq bo‘ladi, Tanlagan xalqim o‘z qo‘llarining mahsulidan uzoq vaqt bahramand bo‘ladi.
23 Ularning mehnati behuda ketmaydi, Nasllari baxtsizlikka mubtalo bo‘lmaydi. Ular Men, Egasidan baraka topgan xalqdir, Ularning avlodiga ham Men baraka beraman.
24 Menga yolvormaslaridan ham oldin Xalqimga javob beraman. Gapirayotgan paytining o‘zidayoq Ularga quloq tutaman.
25 Bo‘ri bilan qo‘zichoq birga o‘tlab yuradi, Sher ham ho‘kiz kabi somon yeydi, Ilon esa tuproq yalaydi. Muqaddas tog‘imning biron yerida Hech bir yovuzligu yomonlik qilinmaydi.” Egamizning kalomi shudir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18