Ishayo 14 bob

1 Isroil xalqi surgundan qaytadi. 3 Bobil shohini mazax qilish. 22 Xudo Bobilni vayron qiladi. 24 Xudo Ossuriya xalqini vayron qiladi. 28 Xudo Filistlarni vayron qiladi.

1 Ammo Yoqub xonadoniga Egam shafqat qiladi, U yana Isroil xonadonini tanlab oladi. Yoqub nasliga o‘z yerida orom beradi, Birlashadi musofirlar ular bilan, Qo‘shiladi Yoqub xonadoni bilan.
2 Xalqlar o‘z yurtlariga Isroilni boshlab boradi, Ular Isroil xonadonining mulki bo‘ladi. Isroil Egamning yerida xalqlarni qul, cho‘ri qiladi. O‘zini asir qilganlarni Isroil xalqi asir qiladi, Zolimlar ustidan u hukmronlik qiladi.
3 Egam sizni qayg‘u, qiy–chuvdan qutqarganda, sizga azob bergan og‘ir ishdan xalos qilganda,
4 Bobil shohiga qarshi bu so‘zlarni qo‘llaysiz: “Mana, zolimning kuni bitdi–ya! Zo‘ravon tamom bo‘ldi–ya!
5 Egam sindirdi fosiqlarning tayog‘ini, Hukmdorlarning hassasini!
6 Bu hassa xalqlarni rosa urardi, To‘xtovsiz kaltaklardi, Xalqlarga g‘azab ila hukmronlik qilardi, Shafqat qilmay ta’qib qilardi.
7 Jamiki zamin tinch, osuda, Ular sevinch ila qo‘shiq aytmoqda.
8 Hatto sarv daraxtlari halokatingdan mamnun, Lubnon sadrlari ham aytar: ‘Endi sen chuqurda yotibsan, Hech kim bizni kesgani kelmas.’
9 O‘liklar diyori jonlanib qoldi: Ana, keldi, kutib olaylik, deya. Qara, uyg‘ondi seni deb Yer yuzi yo‘lboshchilarining ruhlari. Taxtlaridan oyoqqa qalqidi Jamiki xalqlarning shohlari.
10 Ey Bobil shohi! Hammalari senga qarab aytadi: ‘Hatto sen ham bizday nochor bo‘lding–a, Bizning kunimiz tushdi sening boshingga.’
11 Ulug‘vorliging, kayfu safolar tovushi Uloqtirildi o‘liklar diyoriga! Ostingdagi qurtlar ko‘rpachangdir, Chuvalchanglar sening to‘shagingdir.
12 Qanday qilib tushib ketding samodan, Ey Zuhra yulduz, Tong o‘g‘li?! Xalqlarni yerga uloqtirgan eding! Yerga qulab tushding–ku o‘zing!
13 Ha, o‘zingcha aytgan eding: ‘Men chiqib boraman samolarga, Taxtimni ko‘taraman Xudoning yulduzlari tepasiga. O‘tiraman xudolar yig‘iladigan tog‘da, Shimolning eng chekkasida.
14 Bulutlar tepasiga chiqib boraman, Xudoyi Taoloday bo‘laman.’
15 Ammo sen uloqtirilgansan o‘liklar diyoriga, Chuqurlikning tub–tubiga.
16 Ko‘rganlar senga tikilib qoladi, Ko‘ngillarida shunday o‘y kechadi: ‘O‘sha odammi bu zaminni titratgan, Shohliklarni larzaga solgan?!
17 Shumi olamni sahroga aylantirgan?! Shaharlarni yer bilan yakson qilgan, Asirlarni qo‘yib yubormagan?!’
18 O‘zlarining qabrlarida har biri, Xalqlarning shohi bo‘lganlarning hammasi Hurmat bilan yotibdi.
19 Ammo sen uloqtirilgansan Jirkanch chirik shoxchaday qabringdan. Tosh chuqurga tushadigan jasadlar, Qilichdan qulagan jasadlar Bo‘lar sening kafaning.
20 Axir, o‘z yurtingni vayron qilgansan, Xalqingni o‘zing o‘ldirgansan. Endi ular qatori dafn qilinmassan. Ey fosiq, sening nasling To abad tilga olinmas!
21 Otasining gunohlari uchun O‘g‘illarini jallodga topshiring. Ular aslo ko‘tarilmas. Endi yerga egalik qilmas, Yer yuzida shaharlar barpo qilmas.”
22 Quyidagilar Sarvari Olamning so‘zidir. “Men Bobilga qarshi qo‘zg‘alaman. Men Bobildagilarning nomini ham, qolgan–qutganini ham, urug‘–aymog‘ini ham yo‘q qilaman”, — deb aytmoqda Egamiz.
23 “Men Bobilni tipratikanlarga mulk qilib beraman. Uni botqoqqa aylantiraman. Xarobazor qilib, supurib tashlayman”, — deb aytmoqda Sarvari Olam.
24 Sarvari Olam ont ichib aytdi: “Ha, Mening belgilaganim bajo bo‘ladi, Mening rejalashtirganim yuz beradi.
25 Ossuriya xalqini O‘z yerimda sindiraman, Tog‘larimda uni oyoq osti qilaman. Uning bo‘yinturug‘i yurtimdan olinadi, Yuki Isroilning yelkalaridan uloqtiriladi.
26 Butun olam uchun shu rejani tuzdim, Butun xalqlarga qarshi qo‘limni ko‘tardim.”
27 Sarvari Olam reja qilgan! Qani, buni kim bekor qila oladi?! Uning qo‘li ko‘tarilgan! Qani, uni kim ortiga qaytara oladi?!
28 Shoh Oxoz vafot etgan yili bu bashorat ayon qilindi:
29 “Bizni urgan tayoq sindi”, deb Sevinmangiz, ey Filistlar! Axir, ilonning tuxumidan qora ilon chiqadi! Uning bolasi vahimali ajdar bo‘ladi!
30 Mana, qashshoqlarning to‘ng‘ichi to‘yyapti, Muhtojlar eson–omon yotibdi. Ammo sizning ildizingizni ochlikdan quritaman, Qolgan–qutganlaringiz esa qirilib ketasiz.
31 Ey Filistlar, hammangiz Azadan adoyi tamom bo‘lasiz. Faryod qil, ey darvoza! Yig‘la, ey shahar! Shimoldan urush hidi chiqayotir, O‘sha lashkar safdan chiqmay kelayotir.
32 Xalqlarning elchilariga qanday javob berilar? “Egamiz Quddusni barqaror qildi. O‘z xalqi orasida muhtoj bo‘lganlar U yerda panoh topadi”, — javob shudir.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак