Ishayo 59 bob

1 Ishayo xalqning gunohlarini hukm qiladi. 9 Xalq gunohlarini tan oladi.

1 Nima, Egamizning qo‘li qisqami? Qutqarolmasa! Qulog‘i og‘irmi? Eshitmay qolsa!
2 Axir, o‘z ayblaringiz sizni Xudoyingizdan ayirdi, Gunohlaringiz tufayli U sizdan yuz o‘girdi, Ibodatlaringizga quloq solmaydi.
3 Ana, qo‘llaringiz qonga bulg‘angan, Barmoqlaringiz gunohga botgan, Og‘zingizdan yolg‘on chiqaveradi, Tilingiz haqsizlikni gapiradi.
4 Hech kimsa adolat bo‘lsin, deb aytmaydi, Hech kimsa haqiqat uchun kurashmaydi. Behuda gaplardan umid qilib, yolg‘onlar aytadi, Buzuqlikka homilador bo‘lib, yovuzlik tug‘adi.
5 Sizlar ilonning tuxumini bosasiz, O‘rgimchak uyasini to‘qiysiz, Sizlarning tuxumingizni yeganlar o‘ladi. Agar bitta tuxumini bosib olsalar, Undan zaharli ilon o‘rmalab chiqadi.
6 To‘qigan uyangizdan kiyim chiqmaydi, Siz to‘qiganlar bilan hech kim ustini yopa olmaydi. Sizlarning ishingiz yaramas ishlardir, Sizlarning qo‘llaringiz zo‘ravonlikka to‘la.
7 Fosiqlarning oyog‘i yomonlikka shoshiladi, Ular behuda qon to‘kishga juda usta. Ularning fikri–zikri gunoh bilan band, Qadamidan halokatu vayrona keladi.
8 Ular tinchlik yo‘llarini bilmaydi, Yurgan yo‘lida adolat yo‘q. O‘zlariga egri yo‘llar qildilar, Bu yo‘ldan yurganlar tinchlik bilmaydi.
9 Shu bois adolat bizdan uzoq, Xudo bizni qutqarmaydi. Nur izlaymiz, ammo faqatgina zulmat bor, Yorug‘lik izlaymiz, ammo zulmatda yuramiz.
10 Ko‘rlarday devorni ushlab yuramiz, Ko‘zi ko‘rmaydiganlarday paypaslanamiz. Kuppa–kunduzi tundagiday qoqilamiz, Tiriklar orasida o‘liklardaymiz.
11 Hammamiz ayiq kabi bo‘kiryapmiz, Hammamiz musicha kabi nola qilyapmiz. Adolat kutyapmiz, ammo u yo‘qdir, Najot kutyapmiz, ammo u bizdan uzoqda.
12 Ha, Xudo oldida ko‘p itoatsizlik qildik, Gunohlarimiz bizga qarshi guvohlik berib turibdi. Itoatsizligimiz ko‘z o‘ngimizda, Ayblarimizni o‘zimiz bilamiz.
13 Itoatsizlik qildik, Egamizni aldadik, Xudoyimizdan yuz o‘girdik, Zulm qo‘zg‘adik, xiyonat qildik, Yurakda yolg‘on gaplar to‘qib gapirdik.
14 Adolat chekindi, solihlik uzoqqa ketdi. Axir, haqiqat quvib chiqarildi, Haqqoniylik oramizga kira olmaydi.
15 Hech qayerda haqiqat yo‘q, Yomonlikdan chekingan halokatga yo‘liqdi. Egamiz bularni ko‘rib, Adolat yo‘qligidan ozor chekdi.
16 Mazlumlarga yordam beradigan Hech kimsa yo‘qligini ko‘rdi, Hech kim yo‘qligidan U hayratda qoldi. Shunda Egamiz O‘z qo‘li bilan qutqarishga kirishdi, Xudoning O‘zi ularga najot berdi.
17 U adolatni sovutday kiyib oldi, Najot dubulg‘asini boshiga kiydi, Egamiz qasosni libosday kiyib oldi, Rashkni chopon qilib o‘rab oldi.
18 Har kimga qilganiga yarasha javob beradi, O‘z dushmanlariga g‘azab sochadi, G‘animlaridan qasos oladi, Dengiz ortidagi yurtlarga Qilganlariga yarasha to‘liq qaytaradi.
19 G‘arbda Egamizning nomidan qo‘rqadilar, Sharqda Uning shuhratidan qo‘rquvga tushadilar. Mana, Egamiz daryoday keladi. O‘zining Ruhi da’vat etayotgan Kuchli daryoday keladi.
20 Egamiz shunday aytmoqda: “Qutqaruvchi Quddusga keladi, Yoqub naslining gunohdan qaytganlariga keladi.”
21 Egamiz shunday deydi: “Siz bilan qiladigan ahdim shudir: Sizga bergan Ruhim, og‘zingizga solgan so‘zlarim sizlarni tark etmaydi. Hozirdan boshlab to abad sizlarni, bolalaringizni, nabiralaringizni hech tark etmaydi.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18