Ayub 1 bob

Kirish

Ayub g‘oyat boy kishi edi. U Isroil xalqidan bo‘lmasa ham Egamizga sajda qilardi. Ayub haqiqatan ham juda yaxshi inson edi. Lekin shayton Ayubni Xudoning oldida aybladi. Shayton Xudoga: “Ayubga baraka berayotganing uchungina u Senga xizmat qiladi”, — dedi. Shundan keyin Ayub Xudoga sodiq qolish qolmasligini ko‘rish niyatida Xudo shaytonga Ayubni boyligidan, farzandlaridan va nihoyat sog‘ligidan ayirishga ruxsat beradi. Shunda ham Ayub sodiq bo‘lib qoladi.

Ayubning boshiga kulfat tushganda, uch do‘sti uni yupatishga keladilar. Ular sog‘lik va farovonlik Xudoning marhamatining belgisi, deb ishonar edilar. Ayub sog‘ligini ham, farovonligini ham yo‘qotgan edi. Shuning uchun ular Ayubga, Xudo seni qandaydir gunohing uchun jazolayapti, deb aytadilar. Ayub esa o‘zining aybsizligini ta’kidlab, do‘stlarining gaplari o‘rinsizligini aytadi. Ammo Ayub ham, uning do‘stlari ham bir–birlarining gaplari noto‘g‘ri ekanligini isbotlay olmaydilar. Oxiri Ayubning do‘stlari bahslashishni to‘xtatadilar.

Ayub juda ham qattiq qiynalayotgan edi. Bahs davomida u bir necha marta Xudoga: “Zohir bo‘lib, nima uchun qiynalayotganimni tushuntirgin”, deb iltijo qiladi. Do‘stlarining gaplari tugagandan keyin esa Ayub: “Insonlar hech qachon bu hayotning qiyin savollariga javob beradigan donolikni topa olmaydilar”, degan fikrga keladi. Bunday donolik faqatgina Xudodadir. Ayub hech qanday noto‘g‘ri ish qilmaganligiga ont ichib, gaplarini tugatadi.

Shu paytda ularning yonida turgan Elixu ismli yosh bir yigit gapira boshlaydi. U oldin aytilgan ba’zi bir gaplarni qaytaradi, lekin u ikkala tomonni ham tanqid qiladi. Elixu o‘z so‘zlarini Xudoning tabiatga bo‘lgan g‘amxo‘rligini olqishlaydigan she’r bilan yakunlaydi.

Nihoyat Xudo Ayubga zohir bo‘ladi, lekin U Ayubning nima sababdan qiynalayotganini tushuntirmaydi. Buning o‘rniga, U O‘zi qiladigan ishlarni insonlar tushunmasligini, Xudo qilgan ishlarni insonlar qila olmasligini ko‘rsatadi. Ayub kam bilsa ham ko‘p gapirganligi uchun Xudo unga tanbeh beradi. Biroq Ayub Xudoning sodiq quli ekanligini ham tasdiqlaydi. Shunday qilib, kitobning oxirida yozilishicha, Xudo yana Ayubga baraka berib, uni oldingidan ham ikki baravar boyroq qiladi.

Ayub nima sababdan qiynalganini hech qachon tushunmadi. Uning yuragida qanchalik qayg‘u bo‘lmasin, u hech qachon Xudoni rad qilmadi, Undan yuz o‘girmadi. Ayub, Xudo meni albatta qutqaradi, deb qattiq ishonardi:

Ammo men bilaman,

Mening Xaloskorim hayotdir,

Oxiri yer yuzida U guvoh bo‘ladi.

Terim irib ketgan bo‘lsa ham,

Mana shu tanamda Xudoni ko‘raman.

Men Uni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘raman,

Ha, men ko‘raman, boshqa hech kim emas.

Yuragim orziqib ketyapti! (19:25-27)

 

1–BOB - Ayub

Shayton Ayubni sinaydi

1 Bir vaqtlar Uz degan yurtda Ayub ismli bir odam yashar edi. Bu odam aybsiz va solih edi. U Xudodan qo‘rqardi, fosiqlikdan yuz o‘girgan edi.
2 Uning yettita o‘g‘li va uchta qizi bor edi.
3 Uning yana yetti mingta qo‘yi, uch mingta tuyasi, omochga qo‘shiladigan besh yuz juft ho‘kizlari, besh yuzta eshagi va juda ham ko‘p xizmatkorlari bor edi. Bu kishi sharqda yashaydiganlar orasida eng buyuk odam edi.
4 Ayubning o‘g‘illari bir–birlarining uylariga borib, ziyofatlar uyushtirishar, opa–singillarini ham mehmonga chaqirishar edi.
5 Ziyofatlar tugagandan keyin Ayub farzandlarini chaqirtirardi. “Farzandlarim yuraklarida Xudoni la’natlab, gunoh qilgan bo‘lishlari mumkin”, deya erta tongda ularning har biri uchun kuydiriladigan qurbonliklar keltirib, ularni poklardi. Ayub har doim shunday qilar edi.
6 Bir kuni samoviy mavjudotlar Egamizning oldiga kelishdi. Ularning orasida shayton ham bor edi.
7 Shaytondan Egamiz: “Qayerdan kelyapsan?” — deb so‘radi. Shayton: “Yer yuzining u yog‘idan bu yog‘iga yurib, aylanib chiqdim”, — deb javob berdi.
8 Shaytonga Egamiz shunday dedi: “Qulim Ayubni ko‘rdingmi? Yer yuzida unga o‘xshagan hech kim yo‘q. U aybsiz va solih odam. Mendan qo‘rqadi, fosiqlikdan yuz o‘girgan.”
9 Shayton shunday javob berdi: “Ayub bekordan–bekorga Sendan qo‘rqarmidi?!
10 Uning xonadonini, o‘zini, bor narsasini himoya qilasan–ku! Har bir qilgan ishiga baraka berasan. Qara, uning mol–qo‘ylari butun yurt bo‘ylab yoyilib ketgan.
11 Hozir undan bor narsasini olib qo‘ygin–chi! U yuzingga qarab Seni la’natlaydi.”
12 Shaytonga Egamiz shunday dedi: “Mayli, Ayubning bor–budi senga, faqatgina uning o‘ziga qarshi qo‘l ko‘tarma!” Shunday qilib, shayton Egamizning huzuridan ketdi.
13 Bir kuni Ayubning farzandlari ziyofat qilib o‘tirishgan edi. Ular eng katta akalarining uyida yig‘ilgandilar.
14 Ayubga bir xizmatkori quyidagi xabarni keltirdi: “Ho‘kizlaringizni omochga qo‘shib, yer haydayotgan edik. Eshaklar oldimizda o‘tlab yurgandi.
15 Bir to‘da Savoliklar bizga hujum qilishdi. Ular hamma hayvonlarni o‘g‘irlab ketishdi. Dalada ishlayotganlarning hammasini esa o‘ldirishdi. Faqatgina men qochib qolishga ulgurdim. Shularni sizga aytishga keldim.”
16 U shu gaplarni aytib ulgurmasdanoq, yana bir xabarchi kelib, shunday dedi: “Osmondan chaqmoq tushib, hamma qo‘ylaringiz va cho‘ponlaringizni kuydirib yubordi. Faqatgina men qochib qolishga ulgurdim. Shularni sizga aytishga keldim.”
17 U gaplarini tugatmasdan turib, uchinchi xabarchi kelib shunday dedi: “Uch to‘da Xaldeyliklar kelib, tuyalaringizni o‘g‘irlab ketishdi. Xizmatkorlaringizni esa o‘ldirishdi. Faqatgina men qochib qolishga ulgurdim. Shularni sizga aytishga keldim.”
18 U shu gaplarni aytayotgan ham ediki, yana bir xabarchi kelib dedi: “O‘g‘il–qizlaringiz eng katta akalarining uyida ziyofat qilib o‘tirishgan edi.
19 Birdaniga cho‘ldan qattiq shamol turib, uyni to‘rttala tomonidan urdi. Uy qulab tushib, farzandlaringizni bosib qoldi. Ularning hammasi halok bo‘ldi. Faqatgina men qochib qolishga ulgurdim. Shularni sizga aytishga keldim.”
20 Ayub turib, qayg‘udan kiyimini yirtib tashladi. Keyin sochini qirib tashlab, yerga muk tushdi.
21 U shunday dedi: “Onamning qornidan yalang‘och tushgandim, dunyodan ham yalang‘och ketaman. Hamma narsamni Xudo bergan edi, Xudoning O‘zi olib qo‘ydi. Egamning nomiga hamdu sanolar bo‘lsin!”
22 Shuncha ko‘rgiliklardan keyin ham, Ayub Xudoni ayblamadi, gunoh qilmadi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18