Ishayo 36 bob

1 Ossuriya qo‘shini Quddusni o‘rab oladi.

1 Hizqiyo shohligining o‘n to‘rtinchi yilida Ossuriya shohi Sanxariv Yahudo yurtiga hujum qildi. Uning hamma mustahkam shaharlarini bosib oldi.
2 Laxish shahridan Ossuriya shohi o‘z mulozimini katta lashkar bilan Quddusdagi shoh Hizqiyoga yubordi. U Yuqori hovuz arig‘i yonida to‘xtadi. Bu ariq kir yuvuvchining dalasiga boradigan yo‘lda edi.
3 Shunda Xilqiyo o‘g‘li Eliyaqim, Shavna va Osif o‘g‘li Yo‘x Quddusdan chiqib, mulozimning yoniga bordilar. Shoh Hizqiyoning saroyida Eliyaqim bosh vazir bo‘lib, Shavna kotib, Yo‘x esa mushovir bo‘lib xizmat qilar edilar.
4 Mulozim ularga shunday dedi: “Ulug‘ Ossuriya shohining shu gaplarini Hizqiyoga yetkazing: ‘Nimangga ishonyapsan o‘zi?
5 Harbiy mahoratingdan va kuch–qudratingdan gapiryapsan, lekin bular quruq gaplar–ku! Kimingga ishonib menga itoat etmayapsan?
6 Ha, sen Misrga ishonyapsan. Lekin Misr yoriq qamishdan qilingan hassaga o‘xshaydi–ku! Unga suyansang, qo‘lingga sanchiladi. Misr fir’avniga ishonganlarning hammasi shu ahvolga tushadi.
7 Balki sizlar: «Biz Egamiz Xudoga ishonamiz», deb aytarsizlar menga. Axir, Hizqiyo o‘sha Egangizning sajdagohu qurbongohlarini buzib tashlab, Yahudo xalqi va Quddusliklarga: «Faqatgina Quddusdagi qurbongohning oldida sajda qilinglar», deb aytgan–ku!
8 Kelinglar! Endi janobi oliylari Ossuriya shohi nomidan sizlar bilan bir garov o‘ynaylik. Mana, sizlarga ikki mingta ot beramiz, qani, ularni minishga odam topinglar–chi!
9 Qani, ko‘raylik– chi, shohimning qullari orasidagi eng kichik bir lashkarboshisini mag‘lub qila olasizmi?! Axir, o‘zingiz Misrning jang aravalariyu otliqlariga umid bog‘lab o‘tiribsiz.
10 Qolaversa, bizni Egangizning xohishisiz bu yurtni vayron qilishga kelgan, deb o‘ylaysizlarmi? Egangizning O‘zi bizga: ‘O‘sha yurtga borib, u yerni vayron qilinglar’, deb amr bergan–ku!”
11 Eliyaqim, Shavna va Yo‘x mulozimga: — Bu qullaringga oramiycha gapiraver, oramiychani tushunamiz. Ibroniycha gapirma. Tag‘in devor ustidagilar bizning gapimizni eshitib qolmasin, — dedilar.
12 Mulozim esa shunday javob berdi: — Shohim bu so‘zlarni faqat hukmdoringizga va sizlarga gapirsin, deb meni yuboribdimi?! Devor ustida to‘plangan odamlarga ham gapiryapman–da. Ular ham, sizlar kabi, tezaklarini yeb, siydiklarini ichishga giriftor qilingan.
13 So‘ngra u tik turib, baland ovoz bilan ibroniycha gapirdi: “Ulug‘ shoh — Ossuriya shohining gaplarini eshiting!
14 Shoh hazratlari shunday aytmoqda: ‘Hizqiyo sizlarni yo‘ldan urmasin. U baribir sizlarni qutqara olmaydi.
15 «Egamiz bizni albatta qutqaradi, bu shahar Ossuriya shohi qo‘liga berilmaydi», deb Hizqiyo sizlarni Egangizdan umidvor qilmasin.’
16 Shohingiz Hizqiyoga quloq solmanglar. Mana Ossuriya shohi aytmoqda: ‘Men bilan sulh tuzib, mening oldimga kelinglar. Shunda har kim o‘z uzumzoriyu anjir daraxti hosilidan yeyaveradi, o‘z sardobasidan suv ichaveradi.
17 Kelganimdan keyin esa men sizlarni o‘z o‘lkangizga o‘xshagan bir yurtga olib boraman. U joy bug‘doy, sharob, non, uzumzorlarga boy yurtdir.
18 Yana Hizqiyo: «Egamiz bizni qutqaradi», deb sizlarni aldamasin. Qani, qaysi xalqning xudosi o‘z yurtini Men, Ossuriya shohining qo‘lidan qutqaribdi?!
19 Xomat bilan Arpad shahrining xudolari qani?! Sefarvayimning xudolari–chi?! Birorta xudo Samariyani mening qo‘limdan qutqara olmadilar–ku!
20 Jamiki xalqlarning xudolaridan qaysi biri o‘z yurtini mening qo‘limdan qutqaribdiki, Egangiz Quddusni qutqara olsa?!’”
21 Ammo xalq jim turaverdi. Birontasi ham javob bermadi. Chunki shoh Hizqiyo: “Uning gapiga javob qaytarmanglar”, deb farmon bergan edi.
22 Bosh vazir bo‘lgan Xilqiyo o‘g‘li Eliyaqim, kotib Shavna va mushovir bo‘lgan Osif o‘g‘li Yo‘x esa qayg‘udan liboslarini yirtib, Hizqiyoning oldiga keldilar. Ular muloziming gaplarini Hizqiyoga aytib berdilar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18