Malaki 1 bob

Kirish

“Malaki” ibroniycha ism bo‘lib, “Mening elchim” degan ma’noni anglatadi. “Malaki” kitobi taxminan miloddan oldingi beshinchi asrda yozilgan. O‘sha davrda Quddusdagi Ma’bad qayta qurilib bo‘lgan edi va Bobil asirligidagi yahudiylarning asosiy qismi o‘z vataniga qaytib kelgandi. Ular uchun bu nihoyatda mashaqqatli damlar edi. Shu sababdan odamlar o‘z vatanining porloq kelajagiga umidini yo‘qotgan edilar. Ular Xudoga lozim bo‘lgan izzat–ikrom ko‘rsatmay, Ma’badga e’tiborsiz edilar. Xudoning qonunlarini bajarmay, Unga ma’qul bo‘lmagan qurbonliklar keltirar edilar. Kambag‘al va yetim–yesirlarga yomon muomalada bo‘lib, xotinlari bilan ajrashar edilar.

Malaki payg‘ambar butun xalqni, ayniqsa ruhoniylarni Xudoning Isroil xalqi bilan tuzgan Ahdga sadoqatli bo‘lishga da’vat qilgan edi. Xudo Isroil xalqini O‘z xalqi deb bilar edi. Shuning uchun Malaki payg‘ambar Xudoga munosib qurbonliklarni keltirishni va hosilning o‘n foizini, ya’ni ushrni Ma’badga olib kelishni xalqqa o‘rgatgan edi. Shu orqaligina Isroil xalqi Xudoning iltifotiga sazovor bo‘la olar edi.

 

1–BOB - Malaki

Xudoning Isroil xalqiga bo‘lgan sevgisi

 

1 Bashorat. Malaki payg‘ambar orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi so‘zlarni ayon qildi.
2 Egamiz shunday deydi: — Men sizlarni sevdim. Sizlar esa: “Bizga sevgingni qanday namoyon qilding?” deb so‘raysizlar. Esov Yoqubning akasi emasmidi?! — deydi Egamiz. — Shunday bo‘lsa–da, Men Yoqubni yaxshi ko‘rib,
3 Esovdan nafratlandim. Esovga berilgan qirlarni xarob qildim, meros bo‘lgan o‘sha yerlarini chiyabo‘rilarga berdim.
4 Bordi–yu, Edom xalqi: — Shaharlarimiz vayron bo‘ldi, ammo biz ularni tiklab olamiz, — degudek bo‘lsalar, Sarvari Olam ularga shunday javob beradi: — Shaharlarini tiklasinlar, Men esa ularni yana vayron qilaveraman. Shunda odamlar Edom haqida: “Bu yovuzlar yurti, Egamiz ulardan abadiy g‘azablangan”, deb aytadigan bo‘lishadi.
5 Ey Isroil xalqi, buni sizlar o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib: “Egamizning qudrati Isroilning chegaralari bilan cheklanmas”, deb aytadigan bo‘lasiz.
6 Sarvari Olam shunday deydi: — Ey ruhoniylar, o‘g‘il otasini hurmat qiladi–ku! Xizmatkor xo‘jayinidan qo‘rqadi–ku! Agar Men otangiz bo‘lsam, nega Meni hurmat qilmaysiz? Agar xo‘jayiningiz bo‘lsam, nega Mendan qo‘rqmaysiz? Sizlar Meni xo‘rlayapsiz. Yana: “Qanday qilib Seni xo‘rlabmiz?”, deb so‘raysiz.
7 Sizlar qurbongohimga harom nazrlar olib kelib, Meni xo‘rlayapsiz. Yana: “Qanday qilib Seni haqorat qilibmiz?” deb so‘raysiz. Sizlar: “Egamizning dasturxonini pisand qilmasa ham bo‘ladi”, deb aytasiz. Shu orqali Meni haqoratlagan bo‘lasiz.
8 Ko‘r molni qurbonlik qilayotganingiz to‘g‘rimi?! Cho‘loq, kasalmand molni qurbonlik qilayotganingiz to‘g‘rimi?! O‘shani hukmdoringizga taqdim qilib ko‘ring–chi. U sizlardan mamnun bo‘lib, iltifot qilarmikan?! — deydi Sarvari Olam.
9 — Ey ruhoniylar, ayb o‘zingizda. Qani: “Bizga baraka ber!” deb Men, Xudoga yolvorib ko‘ringlar–chi. Bunday qilmishlaringiz uchun Men birontangizga baraka berarmikinman?! — deydi Sarvari Olam.
10 — Qaniydi, birortangiz Ma’bad eshiklarini yopib tashlaganingizda! Shunda ichkariga kirib qurbongohim ustida behuda olov yondirmagan bo‘lar edingiz! Men sizlardan mamnun emasman, nazrlaringizni qabul qilmayman, — deydi Sarvari Olam.
11 — Zero, dunyoning u chekkasidan bu chekkasigacha bo‘lgan barcha xalqlar orasida Mening nomim ulug‘lanmoqda. Butun yer yuzida Menga atab tutatqilar tutatilmoqda, halol qurbonliklar keltirilmoqda. Ha, xalqlar orasida buyukdir Mening nomim! — deydi Sarvari Olam.
12 — Sizlar esa: “Rabbiyga arzimas nazrlar keltirsak ham bo‘laveradi”, deya Mening dasturxonimni bulg‘ayapsizlar.
13 Yana: “Bularning hammasidan charchab ketdik”, deya yuzlaringizni burushtiryapsizlar, — deydi Sarvari Olam. — Sizlar cho‘loq, kasalmand yoki birovdan tortib olingan jonivorni qurbonlik qilasizlar! Men esa o‘shani qabul qilishim kerakmi?! — deydi Egamiz.
14 — La’natisizlar! Podangizdagi bir qo‘chqorni Men, Rabbiyga atab qo‘ygansizlar–u, lekin o‘rniga nuqsonli jonivorni qurbonlik qilyapsizlar. Men buyuk Shohman — deydi Sarvari Olam. — Mening nomim xalqlar orasida izzat–ikrom bilan tilga olinur.


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18