Ishayo 9 bob

1 Ishayo bo‘lajak shoh haqida bashorat qiladi. 8 Xudoning Isroilga bo‘lgan g‘azabi.

1 Biroq kulfatli joyda endi azob bo‘lmaydi. Boshida Zabulun va Naftali yurti sharmanda bo‘lgan edi. Ammo kelajakda o‘sha dengiz bo‘yi, Iordanning narigi tomonidagi g‘ayriyahudiylar Jalilasi ulug‘lanadi.
2 Zulmatda yurgan xalq yorqin ziyoni ko‘rdi, O‘lim soya solgan yurt aholisi ustiga nur sochildi.
3 Bu xalqni Sen ko‘paytirgansan, Ularga ko‘p shodlik ato qilgansan. Hosil paytidagi mamnunlik kabi, O‘ljalarin bo‘lishib olgan paytdagi kabi, Ular huzuringda quvonchga to‘lgan.
4 Bu xalqning og‘ir bo‘yinturug‘ini, Yelkasidagi tayog‘ini Sen sindirib tashlagansan. Zolimlarning kaltagini Midiyon xalqi kabi Mag‘lub qilgansan.
5 Jangda kiyilgan etiklar, Qonga belangan hamma kiyim Olovga tashlanib, yoqilajak.
6 Mana biz uchun bola tug‘ildi, O‘g‘il bizga berildi. Hukmronlik Uning zimmasidadir, Nomi Ajoyib maslahatchi, Qudratli Xudo, Abadiy ota, Tinchlik shahzodasidir.
7 Dovudning taxtida Uning hukmronligi ortib boraveradi. Tinchlik to abad hukm suradi. Hozirdan boshlab, to abad Adolat va solihlik ila Shohligini mustahkamlab, barqaror qiladi. Sarvari Olam jon kuydirib, Buni bajo aylaydi.
8 Yoqub nasliga qarshi Rabbiy bir so‘z yubordi, Uning so‘zi Isroil xalqiga yetib keldi.
9 Efrayimda, Samariyada yashaydiganlar, Jamiki xalq bundan xabardor bo‘ldi. Ular dimog‘dorlik, kiborlik ila aytmoqda:
10 “G‘ishtin imoratlar vayron bo‘lsa, Yo‘nilgan toshlar bilan quramiz. Shikamora–anjir daraxtlari kesilgan bo‘lsa, Ularning o‘rniga sadr daraxtlari ekamiz.”
11 Ana, Oram shohi Ratanga qarshi Egam uning dushmanlarini qo‘zg‘atdi, G‘animlarini da’vat qildi.
12 Sharqdan Oramlar, g‘arbdan Filistlar Og‘izlarin katta ochib, Isroilni yutib yubordi. Ammo shunday bo‘lsa ham, Egam tushmas g‘azabidan, Uning qo‘li hamon Isroilga qarshi ko‘tarilgan.
13 Bu xalq Sarvari Olamga yuz burmadi, Jazo berganga qaytmadi.
14 Shunda Egam bir kunda Isroildan boshini va quyrug‘ini, Xurmosini va foydasiz qamishini kesib oldi.
15 Oqsoqollar, amaldorlar boshdir, Soxta payg‘ambarlar quyruqdir.
16 Ular bu xalqni yo‘ldan adashtirgan, Ularga ergashganlar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
17 Hammasi shakkok, qabihlik qilar, Barcha og‘izlardan ahmoqona so‘z chiqar. Rabbiy yoshlardan mamnun bo‘lmadi, Yetim, bevalarga shafqat ko‘rsatmadi. Ammo shunday bo‘lsa ham, Egam tushmas g‘azabidan, Uning qo‘li hamon Isroilga qarshi ko‘tarilgan.
18 Fosiqlik olovga o‘xshab yonar, Yeb bitirar butazoru tikanzorlarni. O‘rmondagi changalzorlarni yondirib, Balandlarga tutunini o‘rlatadi.
19 Sarvari Olamning qahridan Yurt yonib bitar, Xalq olovga yonilg‘i bo‘lar, Odam o‘z yaqiniga shafqat qilmas.
20 O‘ng tarafga hamla qilar, Ammo och qolaverarlar. Ha, chap tarafda, yutaman, der, Ammo to‘ymaslar. O‘z qo‘lining go‘shtini yeydi insonlar.
21 Manashe qabilasi yeydi Efrayim qabilasini, Efrayim esa Manasheni, Ikkovi birlashib Yahudoga hujum qiladi. Ammo shunday bo‘lsa ham, Egam tushmas g‘azabidan, Uning qo‘li hamon Isroilga qarshi ko‘tarilgan.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18