Ishayo 47 bob

1 Go‘zal ayolga o‘xshagan Bobil hukm qilinadi.

1 Egam aytar: “Pastga tush, tuproqqa o‘tir, Ey bokira qiz Bobil! Yerga o‘tir, endi taxting yo‘q, Ey Bobilliklar! Mana, endi sen to‘g‘ringda: ‘Naqadar nozik, mayindir’, deb aytmaslar.
2 Qani, tegirmon toshini ol, don yanchgin. Yopinchig‘ingni yech, etagingni yig‘ishtir, Boldiringni och, daryolardan kechib o‘t.
3 Yalang‘och joylaring ochiladi, Sharmandaliging ko‘rinib qoladi. Men qasos olaman, Hech kimga shafqat qilmayman.”
4 Qutqaruvchimiz Isroil xalqining muqaddas Xudosidir. Uning nomi Sarvari Olamdir.
5 Egam aytar: “Jim o‘tir, qiz Bobil! Zulmatga jo‘na! Endi seni: ‘Yurtlarning malikasi’, deb aytmaydilar.
6 Men xalqimdan g‘azablandim, O‘z mulkimni harom qildim. Ularni sening qo‘lingga berdim. Sen esa ularga shafqat qilmading, Hatto keksalarning yelkasiga ham G‘oyat og‘ir bo‘yinturuq solding.
7 Shunda: ‘Men to abad olamning malikasi bo‘laman’, deb aytding. Ammo bularning nima bilan tugashini O‘ylab ko‘rmading, aqlingga keltirmading.
8 Endi bunga quloq sol! Ey hashamatni sevuvchi! Bexatar o‘tirib, o‘zingcha aytasan: ‘Mendan boshqa malika yo‘q, Tul qolmasman, farzand dog‘ini ko‘rmasman.’
9 Mana shu ikkalasi ham Bir kunda boshingga tushadi: Ha, ko‘p sehr–jodular qilarding, Afsunlaringning kuchi ko‘p edi. Shunda ham tamomila bolalaringdan ayrilasan, Tul bo‘lib qolasan.
10 O‘z yovuzligingga ishonding, ‘Meni hech kim ko‘rmaydi’, deding. Donoliging, biliming seni yo‘ldan adashtirdi, O‘zingga: ‘Mana, men! Mendan boshqasi yo‘q’, deding.
11 Mana, boshingga kulfat tushadi, Uni sehr–jodu bilan daf qilolmaysan. Boshingga baxtsizlik yog‘iladi, Sen uni qaytara olmaysan. Halokat senga birdaniga keladi, Bu tushingga ham kirmagan.
12 Qani, sehr–joduingni ishga sol, Ko‘proq afsungarlik qil, Axir, yoshligingdan bunday ishlarga Sen odatlangansan. Balki biron narsaga erisharsan, Balki birontasini qo‘rqitarsan.
13 Olgan maslahatlaring ko‘pligidan Sen charchab qolding. Qani, endi o‘sha munajjimlaring, ta’birchilaring? Har yangi oy chiqqanda taqdiringdan bashorat qiladiganlar qani? Ular kelsin–chi! Endi o‘shalar seni qutqarsin.
14 Ana, hammalari somonga o‘xshab qoldi–ku! Olov ularni yamlamay yutadi! Jonlarini olovdan qutqarolmaydi. Isinish uchun ko‘mirlari bo‘lmaydi. Oldida o‘tiray, desa olovi bo‘lmaydi.
15 Yoshligingdan sen bilan oldi–berdi qilgan har bir odam, Sen bilan birga ishlaganlarning hammasi shunday bo‘lib qoladi. Ular o‘z yo‘liga qarab ketadi! Seni qutqaradigan biror kimsa bo‘lmaydi.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18