Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji (Kichik Uillard F.Xarli) 1 bob

Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji - (Nikohingiz xiyonatdan qanchalik ximoyalangan?) Kitob O'zbek tilida

Эркак эҳтиёжи, аёл эҳтиёжи (Кичик Уиллард Ф. Харли) Ўзбек тилида Аудиокитоб 

 

Хiyonatdan himoyalangan nikoh munosabatlarini yaratish Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji. Kitob O'zbek tilida

                    

Mundarija

Nashrning 15 yilligi munosabati bilan suzboshi

Kirish

1. Nikohingiz xiyonatdan qanchalik ximoyalangan?

2. Nega Sevgi Bankingiz hech qachon yopilmaydi?

3. Mehribonlik namoyon etilishi

4. Jinsiy qoniqish

5. Suhbat

6. Birgalikdagi hordiq

7. Rostguylik va ochiqlik

8. Jozibador rafiqa

9. Moliyaviy madat

10. Honadon sarishtaligi

11. Ota-onalik burchlarining  bajarilishi

12. Zavq - shavq

13. Xiyonatga qanday bardosh berish mumkun?

14. Nomofiqlikdan jozibadorlikgacha


NIKOHINGIZ XIYONATDAN QANCHALIK HIMOYALANGAN?

Men ushbu kitobni nikohda baxtli bo‘lishni istagan kishilar uchun yozdim. Sizning yaqindagina turmush qurganingiz, uzoq yillardan buyon durustgina oilaviy hayot kechirayotganingiz yoki munosabatlaringiz mutlaqo qovushmayotgani muhim emas – agar siz quyidagilarni o‘rganib olsangiz, oilaviy turmushda baxtli bo‘lishingiz mumkin:

Bir–biringizning hissiy ehtiyojlaringizni tushuning va ularni qondirishni o‘rganing.

Bu oddiygina bayonot bo‘lsada, lekin mazkur qoidani oilaviy hayotning murakkabliklariga qo‘llash alohida e’tiborni talab etadi. Keling, bu o‘zida qanday ma’noni aks ettirishi haqida o‘ylab ko‘raylik.

Erkak va ayol turmush qurishganida, ikkalasida ham katta–katta umidlar bo‘ladi. Ular bir–birlarining muayyan muhim va chuqur shaxsiy ehtiyojlarini alohida bir tartibda qondirish majburiyatini oladilar. Er yoki xotin bir–birlariga “boshqalarni rad etib”, ardoqli ehtiyojlarini qondirish huquqini berishadi. Buning ma’nosi barcha ehtiyojlar er yoki xotin tomonidan qondirilishi shart degani emas, ammo bu ko‘pchiligimiz bir qancha asosiy ehtiyojlarini nikohdagi aloqalar uchungina saqlab kelayotganinimizni bildiradi. Ko‘pchilik odamlar faqat turmush o‘rtoqlari tomonidan bu o‘ziga xos ehtiyojlar qondirilishini kutishadi, zero ular boshqa hech kimga bunday qilishi uchun yo‘l qo‘ymaslikka va’da berganlar.

Misol uchun, erkak faqat o‘z rafiqasi bilan aloqalarga rozilik bildirganida, xotini uning jinsiy ehtiyojlarini qondirishidan umidvor bo‘ladi. Agar ayol uning bu ehtiyojini qondirsa, erkak xotinida chuqur lazzat manbaini topadi va unga bo‘lgan sevgisi mustahkamlanadi. Ammo erning bu ehtiyoji qondirilmasa, bu holda butunlay qarama–qarshi holat yuzaga keladi. Er o‘z xotinini umidsizlik timsoliga taqqoslay boshlaydi. Mabodo bunday umidsizlik davom etsa, u “xotinimga jinsiy aloqa yoqmaydi” degan xulosaga kelishi mumkin va endi bu vaziyatni o‘zgartirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi. Biroq shunda ham uning jinsiy aloqaga bo‘lgan ulkan ehtiyoji qondirilmasdan qolaveradi. Xotini bilan o‘rtasidagi o‘ziga xos bunday jinsiy munosabatlar erga ikkita tanlov beradi: jinsiy aloqadan qoniqmay yashash yoki turmush o‘rtog‘iga xiyonat qilish. Ayrim erkaklar uzoq yillar davomida cheklangan jinsiy halovatga rozi bo‘lib aslo chekinishmaydi. Ammo baribir ko‘pchilik erkaklar nikohdan tashqari jinsiy aloqa qilish vasvasasiga berilishadi. Men o‘zimning qabulxonamda bu kabi yuzlab erkaklar bilan suhbat qilganman.

Boshqa misol – o‘zining chuqur shaxsiy muloqotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish huquqini faqat eriga topshiradigan xotin. Juftliklar bir–birlari bilan ro‘yi–rost va ochiqchasiga, boshqa hech kim bilan aralashmaydigan suhbat qilganlarida, xotin o‘z erida ulkan lazzat manbaini ko‘radi. Biroq er unga nisbatan alohida e’tibor ko‘rsatmasa, xotin u bilan qovushishga ro‘yxushlik bermay qo‘yadi. Ayrim ayollar doimiy qoniqmaslikni his etgan holda erlari bilan yashashda davom etishadi, boshqalari esa bu muhim hissiy ehtiyojlarini boshqa biror erkak qondirishi vasavasasiga bardosh berolmaydilar. Va shunday holat yuz berganida, bu ko‘pincha xiyonatga aylanib ketadi.

Erkak ehtiyoji – ayolning ehtiyoji emas

Juftliklar mendan yordam so‘rab murojaat qilishganida, eng avvalo, ularga bir–birlarining eng muhim hissiy ehtiyojlarini – er yoki xotin bir–birlariga to‘liq baxt va qoniqish tuyg‘usini berishi uchun nimalar qilish mumkinligini – aniqlab olishlariga yordam berishga urinaman. Men uzoq yillar mobaynida ba’zan shunday savol berardim: “Siz mutlaqo baxtli bo‘lishingiz uchun turmush o‘rtog‘ingiz nimalar qilishi mumkin?” Men o‘n toifadagi hissiy ehtiyojlarga – maqtov, mehribonlik namoyon etish, muloqot, xonadon sarishtaligi, ota-onalik majburiyatlarini bajarish, moliyaviy ko‘mak, rostgo‘ylik va ochiqlik, tashqi joziba, birgalikdagi hordiq va jinsiy qoniqish – ko‘plab javoblarni taqsimlab chiqishga muvaffaq bo‘ldim.

Ko‘rinib turibdiki, juftliklarning baxti uchun ulardan har biri boshqasining eng muhim ehtiyojlarini qondirishi zarur. Biroq men bunday muloqotlar o‘tkazganimda, nega ularni bajarish oson kechmasligini aniqlab oldim. Men deyarli har safar juftliklardan o‘z ehtiyojlari haqida so‘raganimda, erkaklar bir tartibda, ayollar esa mutlaqo qarama–qarshi tartibda yozib chiqishardi. O‘nta asosiy hissiy ehtiyojlar orasidan erkaklar eng muhim deb hisoblagan qaysidir beshtasi ayollarning nazarida eng ahamiyatsiz va buning teskarisi bo‘lib tuyulardi.

Bu men uchun kashfiyot edi! Ha, erlar va xotinlar bir–birlarining ehtiyojlarini qondirishlari bunchalik qiyin ekaniga ajablanmasa ham bo‘ladi. Ular o‘zlari eng ko‘proq qadrlaydigan nimalarnidir bir–birlari uchun bag‘ishlashga tayyorlar, ammo oqibatda barcha hatti–harakatlari kerakli tarafga qaratilmagan bo‘lib chiqadi, negaki er yoki xotin o‘zi eng yuqori qadrlaydigan ehtiyojini ko‘proq darajada muhim deb hisoblaydi.

Endi esa navbatdagi bayonotga alohida e’tiboringizni qarating, negaki u dasturimning eng tushunarsiz jihatlaridan biri. Bilasiz, har bir odam o‘ziga xos ravishda noyob. Agar erkaklar o‘rtacha beshta ehtiyojni eng muhim deb hisoblasalar, ayollar esa o‘rtacha boshqa beshta ehtiyojni tanlashadi. Umuman olganda, har bir kishi o‘nta asosiy ehtiyojlardan istaganini tanlashi mumkin. Shu bois men erkak va ayolning muhim hissiy ehtiyojlarini muvofiqlashtirgan bo‘lsamda, dunyodagi har bir erkak va ayolning hissiy ehtiyojlari menga noma’lum. Mening vazifam esa o‘rtacha emas, balki aniq–ravshan tarzda nikohni asrab qolishdan iborat bo‘lgani uchun, aynan o‘z oilangizga xos bo‘lgan ehtiyojlar tuzilishini aniqlab olishingiz zarur. Men barcha o‘nta ehtiyojlarning qisqacha bayonini A ilovasiga va “Hissiy ehtiyojlar” anketasini C ilovasiga joylashtirdim. Ular siz va turmush o‘rtog‘ingiz uchun noyob bo‘lgan barcha eng muhim hissiy ehtiyojlaringizni aniqlashtirib olishingizga yordam beradi.

Aksariyat hollarda erkak va ayollar bir–birlarining hissiy ehtiyojlarini qondirishga layoqatsizligining sababi o‘z juftiga e’tibor qaratishni istamaslikda emas, balki ana shu ehtiyojlarni bilmaslikda yashirinib yotadi. Ushbu ehtiyojlarni qondirish tishni tishga bosib o‘zingizga noma’lum qandaydir ishni qilishga bor kuchingiz bilan urinishingiz kerakligini anglatmaydi. Bu turmush o‘rtog‘ingizning siz uchun unchalik muhim tuyulmagan ehtiyojlarini qondirishga tayyor bo‘lishingiz lozimligini bildiradi. O‘zingizdan butunlay farq qiladigan umr yo‘ldoshingizni tushunishni o‘rganib, siz to‘laqonli ravishda uning hissiy ehtiyojlarini qondirishni o‘rganishingiz mumkin.

Men nikohdagi odamlar o‘zlarining qoniqtirilmagan ehtiyojlarini har safar o‘sha bir xil usul – nikohdan tashqaridagi aloqa bilan qanoatlantirishni afzal ko‘rganlarini iztirob va dahshat bilan kuzatganman. Odamlar ahloqiy va diniy qarashlari qanchalik mustahkam bo‘lishidan qat’iy nazar, g‘ayrinikohiy aloqalarga hayratomuz ravishda berilib ketishadi. Nima uchun? Juftlikdan birortasi o‘sha beshta ehtiyojning birortasidan qoniqmay boshlasa, u qattiq chanqoqlikni his etadi. Mabodo nikohdagi munosabatlarda hech nima o‘zgarmasa, o‘z ehtiyojini qondira olmagan odamda bu kamchilikni nikohdan tashqarida qondirish vasvasasi paydo bo‘ladi.

Bizning nikohimiz xiyonatdan himoyalangan bo‘lishi uchun boshimizni qumga tiqib yashirinmaylik. O‘z umr yo‘ldoshini “boshqalardek beqaror emas” deya hisoblaydigan va ehtiyojlari qondirilmasa ham begonalar bilan nikohdan chetda aloqa qilmaydigan odam bir kun kelib noxush karaxtlikka tushishi mumkin. Aksincha, biz nikohdan tashqarida aloqalar bo‘lishi mumkinligining ogohlantiruvchi belgilarini va bu kabi munosabatlar nimadan boshlanishi mumkinligini to‘g‘ri tushunishimiz lozim, shuningdek, umr yo‘ldoshining xiyonat qilishi xavfi qarshisida nikohimizdagi zaif joylarni mustahkamlashga harakat qilishimiz zarur.

Xiyonat nima o‘zi?

Odatda xiyonat deganda ikkita odamning nikohdan tashqarida jinsiy aloqa va chuqur sevgi tuyg‘usi bilan o‘zaro bog‘lanib qolishlari nazarda tutiladi. Shuningdek, xiyonat nafaqat jinsiy aloqani, balki gohida chetdagi kimgadir bo‘lgan sevgini ham o‘zida aks ettiradi. Garchi bunday toifadagi xiyonatlar ham oilada jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lsada, tajribalarim shuni ko‘rsatdiki, bunday holatlarga yechim topish jinsiy aloqa (har holda, o‘ta ehtirosli jinsiy aloqa) va chinakam sevgi bilan bog‘liq munosabatlarni hal etishdan ko‘ra ancha osonroq. Bunday munosabatlar nikohni jiddiy xavf ostiga qo‘yadi, negaki boshqalar bilan his etilgan chuqur yaqinlik tuyg‘usi nikohdan tashqari aloqaga kirishgan er yoki xotinning hech bo‘lmaganda bitta hissiy ehtiyojini qondiradi. Aksariyat hollarda aldangan turmush o‘rtoq o‘z juftining nikoh ahdini buzganini bilib qolsa, oila buzilib ketadi.

Xiyonat odatda “shunchaki do‘stlik”dan boshlanadi

Xiyonat odatda do‘stlikdan boshlanadi. Ko‘pincha aldangan turmush o‘rtoq o‘z juftining o‘ynashi bilan tanish bo‘lib chiqadi. Shunday holatlar ham bo‘ladiki, siz qaysidir juftlikni juda yaxshi bilasiz va ularni “eng yaqin do‘stlaringiz” deb hisoblaysiz, ammo qachondir ulardan biri o‘rtada ortiqchalik qilib qoladi. Ko‘pgina holatlarda o‘sha ortiqcha odam turmush o‘rtog‘ingizning qarindoshi – opa–singlisi yoki aka–ukasi – bo‘ladi. Yoki siz o‘z xushtoringiz yoxud ma’shuqangiz bilan ishxonada tanishgan bo‘lasiz.

Nikohdan chetda sevgi rishtalari bog‘langanida, odatda, bunga do‘stlik hamrohlik qiladi. Siz boshqa odam bilan muammolaringizni baham ko‘rasiz, u esa siz bilan. Odatda sevgi gullab–yashnashi uchun siz o‘sha odamni tez–tez ko‘rib turishingiz kerak: har kuni ishxonada yoki ikkalangiz ham a’zo bo‘lgan qandaydir qo‘mita yoki kengashda, shuningdek, sizlarni qandaydir tarzda bir joyda uchrashtiradigan boshqa majburiyatlarni bajarasiz.

Do‘stligingiz mustahkamlanib borgani sayin, sizlar bir–birlaringizga ko‘mak berishni va qo‘llab–quvvatlashni boshlaysiz, ayniqsa, qoniqtirilmagan ehtiyojlaringiz masalasida. Hayot murakkab. Ko‘pchilik odamlar o‘z hayotlari to‘g‘risidagi halokatli soxta tasavvurlarga berilishadi. Ular o‘zlarini ruhlantiradigan va qo‘llab–quvvatlaydigan kimnidir uchratib qolganlarida, bu odam ularni ohanrabo kabi o‘ziga tortadi. Ertami–kechmi siz ana shu do‘st yoki dugonangiz bilan bir to‘shakda bo‘lib qolasiz. Bu xuddi o‘z–o‘zidan “ro‘y bergan”ga o‘xshaydi, zero siz ham, o‘sha odam ham bunday qilmoqchi bo‘lmagandingiz.

Nikohdan tashqaridagi sevgi aloqalari ba’zan tashqi chiroyga asoslanmaydi. Xotin o‘z erining ma’shuqasiga qarab xitob qilishi mumkin: “Erimga uning nimasi yoqib qoldi ekan–a?”

Javob – “oson”, negaki ma’shuqaning jozibadorligi uning his–tuyg‘ularida. Er uchun ayolning baqaloqligi, anoyiligi va hatto rostakamiga xunuk ekani har doim ham muhim bo‘lavermaydi. Erkak uchun chindan ham muhimi shuki, ayol uning qondirilmagan ehtiyojlarini qanoatlantirsin. Xiyonatkor er o‘z ma’shuqasini hayotida uchratgan eng g‘amxo‘r inson deb hisoblaydigan holatlar hayotda ko‘plab ro‘y beradi. Endi erkakda avval o‘zi hech qachon his qilmagan chuqur istak – javob tariqasida ma’shuqasiga g‘amxo‘rlik qilish xohishi paydo bo‘ladi.

Siz va ma’shuqangiz (xushtoringiz) nikohdan tashqari aloqaga kirishganingizda, bir–birlaringizning ehtiyojlaringizni qondirishga bo‘lgan bir xildagi kuchli intilishni his etasiz. Bu intilish jo‘shqin jinsiy aloqali o‘zaro sevgini hosil qiladi. Bir–birlaringizni baxtli qilish istagida nikohdan tashqari qilgan o‘zaro ko‘ngilxushliklaringiz siz uchun ham, o‘sha inson uchun ham yoqimli va chuqur kechinmalarga aylanadi.

O‘zaro bog‘liqlik va ehtiroslar kuchayib borgani sayin, siz o‘z to‘ringizga ilinib qolganingizni payqaysiz. Siz vaziyatga xolis baho berish qobiliyatini yo‘qotasiz, negaki hayotiylikka emas, balki orzu–xayollarga asoslangan munosabatlarga kirishib, bir–birlarigizga butunlay bog‘lanib qolasiz.

Munosabatlarni shunday quvonchli va yoqimli qiladigan bir qancha omillar mavjud:

  • Siz va ma’shuqangiz/xushtoringiz bir–birlaringizda eng yaxshi fazilatlarni hosil qilayotgandek bo‘lib tuyuladi.
  • Sizlar bir–biringizning kamchiliklaringizni e’tiborga olmaysiz.
  • Siz kuchli jinsiy jo‘shqinlikni his etasiz.
  • Siz jinsiy aloqa borasida hech kim yangi xufyona xushtoringiz/ma’shuqangiz bilan teng kelolmasligiga ishonasiz.

 

Biroq sizni aslida yangi jazmaningiz emas, balki orzu–xayollaringiz “junbushga keltiradi”. Siz va ma’shuqangiz (xushtoringiz) yana uchrashish uchun rejalar tuzayotganingizda, hayotiy mavjudliklarga e’tibor bermay, jo‘shqin ehtiroslarga berilasiz. Kimdir sizlarni bilib qolmagunicha, sevgi qissangiz uzoq davom etishi mumkin. Bu aloqalar qanchalik uzoqqa cho‘zilsa, ularni uzib tashlashingiz shunchalik qiyin bo‘ladi.

Men xiyonat va uning qanday boshlanishini tasvirlaganimda, ehtimol, to‘g‘ridan–to‘g‘ri “siz” deya misol tariqasida murojaat qilganimdan (balki ayrimlar) xafa bo‘lgandirsiz. Ammo men ataylab shunday yo‘l tutdim. Garchi ko‘pchilik odamlar chetda xufyona ko‘ngilxushlik qilishga moyil ekanliklarini rad etsalarda, achchiq haqiqat shuki, qulay (yoki noqulay) sharoitlarda har birimiz ham vasvasa qurboni bo‘lishimiz mumkin, ayniqsa, asosiy ehtiyojlarimiz qondirilmay kelayotgan bo‘lsa.

Ishqiy munosabatlar bog‘lanishi uchun hech qanday g‘ayrioddiylikning hojati yo‘q. Aynan buning aksi, ba’zan hatto duppa–durust erkaklar va ayollar ham oddiy holatlar tufayli kimlardir bilan bog‘lanib qolishadi. Sizning asosiy ehtiyojlaringiz qondirilmagan bo‘lsa, shunday xayollarga borasiz: “Bu noto‘g‘ri. Bu nohaqlik”.

So‘ngra esa madad izlay boshlaysiz va aytasiz: “Agar kimdir bilan yurakdan gaplashib olsam yaxshi bo‘lardi”.

Ana shundan so‘ng sizni oiladan tashqarida ko‘mak izlash harakatidan qisqa bir qadamgina ajratib turadi. Bu kunduzi mash’ala ko‘tarib yuragingizga mos keladigan insonni izlashga tushishingiz kerakligini anglatmaydi – o‘sha odam hayotingizda o‘z–o‘zidan paydo bo‘lib qoladi. Va shunda aytasiz: “Axir bizlar o‘z fikr–xayollarimizni baham ko‘rib, hamsuhbat bo‘lishimiz ajoyib emasmi?”

Ayrim holatlarda yuqorida qayd etilgan jarayon bor–yo‘g‘i bir necha oylarni, boshqa vaziyatlarda esa uzoq yillarni tashkil etishi mumkin. Ammo bu yuz berishi mumkin. Men keyingi yigirma besh yil mobaynida bu holat mijozlarim hayotida qanday sodir bo‘lishini kuzatdim. Ming afsuski, bu holat insonning biror–bir dinga e’tiqodi yoki ahloqiy qadriyatlaridan qat’iy nazar yuz beradi.

Men maslahatchilik faoliyatimning ilk pallasida imoni va ahloqi qat’iy odamlarning nikohdan tashqari aloqada bo‘lganlarini eshitib ko‘pincha dahshatga tushardim. Men o‘zim jamoat a’zosiman va masihiylik e’tiqodiga oid qarashlarga mahkam tayanaman. Xuddi shu qoidalarga amal qiladigan odamlar haqiqat yo‘lidan qanday toyib ketishlari mumkin? Nahotki ularning imoni shunchalik sust bo‘lsa?

Men masihiy–mijozlar va chuqur ahloqiy qoidalarga tayanadigan boshqa odamlar bilan qanchalik ko‘p uchrashganim sayin, asosiy hissiy ehtiyojlarimiz shunchalik kuchli ekaniga tobora ko‘proq ishonardim. Joys bilan turmush qurganimizda, o‘zimni unga va oilamga to‘liq bag‘ishlashga qaror qildim. Men o‘z ahdimga mana o‘ttiz sakkiz yillik nikohdagi hayotimiz mobaynida sodiq bo‘lib kelyapman. Bu mening temir irodali qandaydir ezgu fazilatlar egasi ekanimni anglatmaydi. Buning boisi shundaki, biz Joys bilan bir–birimizning muhim hissiy ehtiyojlarimizni qondirish zaruriyatini to‘g‘ri baholaymiz.

Qisqacha aytganda, sizning ehtiyojlaringiz hisob-kitobni yuritadi. Buning amalda qanday harakat qilishini ko‘rsatish uchun, men sizlarni Sevgi Banki – ichki hisob–kitob qurilmasi bilan tanishtiraman – ehtimol, uning mavjudligini xayolingizga ham keltirmagandirsiz.


“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji” kitobi oila haqidagi eng yaxshi kitob sifatida reytingni takror va takror boshqarib kelmoqda, negaki bu kitob boshqa asarlardan farqli ravishda erlar va xotinlar nimaga ko‘proq muhtoj bo‘layotgan bo‘lsalar, aynan o‘shani bir–birlariga berishlariga ko‘maklashadi.

“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji”ni o‘qigan million nafardan ko‘p juftliklar oila o‘chog‘idagi alangani saqlab turishni o‘rganib oldilar va endi kitobni boshqa odamlarga ham tavsiya etishmoqda. Doktor Xarlining samarali maslahatlari va tajribalari sharofati bilan oilaviy hayotlarida ajoyib o‘zgarishlar yuz bergan insonlar safiga qo‘shiling. Siz baxtli nikohning faqat orzu bo‘libgina qolmay, balki haqiqiy hayotingizga aylanishini ko‘rasiz


Книга на Узбекском языке: Его нужды, Ее нужды (Уиллард Ф. Харли-мл.)

«Его нужды, Ее нужды» неизменно считается лучшей семейной книгой, потому что, в отличие от других произведений, эта книга призывает мужей и жен давать друг другу то, в чем они нуждаются больше всего.

Более миллиона пар, прочитавших «Потребность мужчины, потребность женщины», научились поддерживать пламя и теперь рекомендуют эту книгу другим. Присоединяйтесь к рядам людей, которые добились замечательных изменений в своей семейной жизни благодаря эффективным советам и опыту доктора Харли. Вы увидите, что счастливый брак станет не просто мечтой, а вашей реальностью.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак