Yo‘el 1 bob

Kirish

Yo‘el payg‘ambar haqida deyarli hech qanday ma’lumot saqlanib qolmagan. “Yo‘el” kitobi miloddan avvalgi V-IV asrlarda — Isroil yurti Fors shohligining mustamlakasi bo‘lgan davrda yozilgan, deb qaraladi. Yo‘el payg‘ambar bu kitobida Isroil yurtiga bostirib kelgan gala–gala chigirtkalarni va Falastin yurtida hukm surgan dahshatli qurg‘oqchilikni tasvirlaydi. Payg‘ambar chigirtkalar timsoli orqali kelajakda Isroil yurtiga hujum qiladigan g‘animlarga ishora qiladi. Xudo kitob sahifalaridan o‘z xalqiga murojaat qilib, ularni yovuz yo‘llardan qaytarmoqchi bo‘ladi. U O‘z xalqiga, agar gunohlaringizdan tavba qilsangiz, sizlarga qut–baraka beraman, sizlar Men va’da qilgan farovon hayotga erishasizlar, deydi.

Payg‘ambar aytganiday, chigirtkalar galasi butun yurtni xarob qiladi. Bu kulfatlar — “Egamizning kuni”da xalqlarning boshiga tushadigan dahshatli ofatlarning shunchaki bir sharpasi edi, xolos. Zero, o‘sha kuni Xudo Isroil xalqiga zulm o‘tkazgan barcha xalqlarni hukm qilib, aybdorlarni jazolaydi:

“Ming–minglab olomon

To‘plangan Hukm vodiysida!

Zotan, yaqinlashgandir

Egamizning kuni Hukm vodiysiga.

Quyosh ham, oy ham qoraygan,

Yulduzlar nuri so‘ngan.

Egam Siondan turib hayqirar,

Quddusdan gulduros ovozi yangrar,

Yeru osmon larzaga kelar.

Ammo Egam O‘z xalqini panohiga olar,

U Isroil xalqining qo‘rg‘oni bo‘lar.” (3:14-16)

 

1–BOB - Yo‘el

Xalq nobud bo‘lgan donga kuyinadi

 

1 Patuval o‘g‘li Yo‘elga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi:
2 Ey, oqsoqollar, buni eshiting! Yahudo odamlari, siz quloq tuting! Yuz berganmi hech bunday falokat Sizning yoki ota–bobolaringiz zamonida?!
3 Bu haqda farzandlaringizga ayting siz, Bolalariga so‘zlab bersin farzandlaringiz, Keyingi avlodga yetkazsin nabiralaringiz.
4 Qirg‘in keltiruvchi chigirtkadan qolganini Yeb bitirdi kemiruvchi chigirtka galasi. Kemiruvchi chigirtka galasidan qolganini Yeb bitirdi sakraydigan chigirtka galasi. Sakraydigan chigirtkadan qolganini Yeb bitirdi qirtishlovchi chigirtka galasi.
5 Uyg‘oninglar, ey, mayxo‘rlar, yig‘langlar! Ey, sharobxo‘rlar, faryod qilinglar! Sharob og‘zingizdan tortib olindi, axir.
6 Bostirib keldi yurtimizga lashkarlar, Son–sanoqsiz kuchli bahodirlar. Arslon tishiga o‘xshar tishlari, Go‘yo urg‘ochi arslonniki qoziq tishlari.
7 Uzumzorlarimizni ular payhon qilishdi, Anjir daraxtlarimizni sindirishdi, Shoxlariyu novdalar po‘stlog‘in shilib, Hammasini ship–shiydam qilishdi.
8 Qanorga o‘raning, ey, odamlar, faryod qiling, Kuyovidan judo bo‘lgan kelinchak kabi.
9 Egamiz uyidan uzilgan sharob, don nazri, Aza tutayotir Egamizning xizmatkor ruhoniylari.
10 Xarob bo‘ldi ekinzorlar, Motam tutayotir dalalar. Bug‘doy boshoqlari qovjirab qoldi, Uzum sharbati ham oqmay to‘xtadi, zaytun moyi ham tamom quridi.
11 Qayg‘urmaysizlarmi, ey, dehqonlar?! Faryod solmaysizlarmi, ey, bog‘bonlar?! Nobud bo‘lib ketdi–ku arpa, bug‘doyingiz, Xarob bo‘lib ketdi–ku jamiki hosilingiz.
12 Uzum toki so‘lidi, anjir daraxti quridi. Xazon bo‘ldi anor, xurmo, olma — hamma daraxtlar. Inson sevinchi tamom qurib bitdi!
13 Qanorga o‘ranib motam tuting, ey, ruhoniylar! Faryod qiling qurbongohda xizmat qiladiganlar! Tunni ham qanorda o‘tkazing sizlar, Ey, Xudoyimning xizmatida yurganlar! Xudoyingiz uyida nazr qilgani Don va sharob qolmadi, axir.
14 Ro‘za kunlarini belgilanglar, O‘sha kunlarga yig‘in e’lon qilinglar. Yig‘ib kelinglar oqsoqollarni, Yurtning jamiki aholisini. Egangiz Xudoning uyiga yig‘inglar, Egamizga iltijo qilib yolvoringlar!
15 Sho‘rimiz qurisin, evoh! Egamizning kuniga oz qoldi, Qodir Xudo kulfat keltiradi!
16 Rizq–ro‘zimiz ko‘z o‘ngimizda qirqildi–ku! Xudoyimiz uyida shod–xurramlik tugadi–ku!
17 Kesaklar tagida urug‘lar nobud bo‘ldi, Donli ekinlar unmasdan qoldi. Omborxonalar bo‘m–bo‘sh yotibdi, Don omborlari xarob bo‘libdi.
18 Ingramoqda hayvonlar naqadar! Axir, qurigan–ku o‘tloqlar. Daydib yurar mol podalari, Gangigan hatto qo‘y suruvlari.
19 Ey Egam, Senga men faryod qilurman! Axir, olov yamladi dashtdagi yaylovlarni, Yong‘in yo‘q qildi daladagi daraxtlarni.
20 Hatto yovvoyi hayvonlar ham Senga nola qilmoqda! Axir, irmoqlar ham qurib ketdi, Dashtdagi yaylovlarni olov yamladi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18