Ishayo 2 bob

1 Abadiy tinchlik. 5 Ishayoning Isroil xalqiga murojaati.

1 Omiz o‘g‘li Ishayoga vahiyda Yahudo va Quddus haqida ayon bo‘lgan bashorat.
2 Shunday kunlar keladiki, Egamizning uyi turgan tog‘ Tog‘larning eng yuksagi bo‘lib, qaror topadi. Bu tog‘ hammasidan ham baland bo‘ladi, Hamma xalqlar u yerga daryoday oqib keladi.
3 Ko‘plab ellar keladi, Ular shunday deb aytadi: “Qani, yuringlar! Chiqaylik Egamizning tog‘iga![10] Qani, yuringlar! Boraylik Yoqub naslining Xudosi uyiga! Toki U bizga o‘rgatsin O‘zining yo‘llarini, Toki yuraylik bizlar Uning so‘qmoqlaridan.” Axir, Egamizning kalomi kelib chiqar Quddusdan, Ha, Xudoning ta’limoti kelib chiqar Siondan.
4 Egamiz hukm qiladi xalqlarning orasida, Ajrim qiladi ko‘p millatlar orasida. Qilichlarini aylantirishadi omochga, Nayzalarini esa tok qaychilariga. Qilich ko‘tarmaydi bir–biriga xalqlar, Hech qachon jang qilmaydi ular.
5 Ey Yoqub xonadoni! Kelinglar, Egamizning nurida yuraylik.
6 Ey Yoqub xonadoni! Xalqingizning yo‘llarini siz tark etdingiz! Bu yurt sharqdan kelgan bashoratgo‘ylarga, Filistlar yurtiga o‘xshab folbinlarga to‘la. Ular begona xalqlar bilan hamtovoq bo‘ldilar.
7 Qarang, Yoqub xonadoni to‘la kumush, oltinga, Chek–chegarasi yo‘q xazinalarining, Ularning yurti to‘ladir otlarga, Chek–chegarasi yo‘q jang aravalarining.
8 Ularning yurti to‘la behuda butlarga! Ular ta’zim etarlar Qo‘llarining ijodiga, O‘zlari yasab, yaratganlarga.
9 Evoh, mana inson past bo‘ldi, Shu tariqa odamzod tiz cho‘ktirildi, Ularning qaddini ko‘tarma, ey Egam!
10 Egamdan qo‘rqib qochinglar, Qoyaning ichiga kirib olinglar, Tuproq ostiga yashirininglar, Egamning ulug‘vorligi buyukdir!
11 Ha, insonning mag‘rurligi yerga uriladi, Odamzodning yuksakligi past bo‘ladi, Yolg‘iz Xudo o‘sha kuni yuksaladi.
12 Zotan, Sarvari Olamning bir kuni bor, Qarshi chiqar U jamiki kibor, kekkayganlarga. O‘sha mag‘rurlarga qarshi bo‘lar, Ularning har birini yerga urar.
13 Qarshi bo‘lar U barcha yuksak, mag‘rurlarga! Ha, o‘sha Lubnon sadrlariyu Bashan emanlarining hammasiga.
14 Qarshi bo‘lar U hamma baland tog‘larga, Hamma yuksak tepaliklarga.
15 Qarshi bo‘lar U har bir baland minoraga, Har bir mustahkam qal’aga.
16 Qarshi bo‘lar o‘sha mashhur Tarshish kemalariyu Inson yaratgan barcha ajoyibotlarga.
17 Ha, yerga uriladi o‘sha odamzod faxri, Past bo‘ladi insonning yuksakligi! Yolg‘iz Xudo o‘sha kuni yuksaladi!
18 Behuda butlar tamomila yo‘q bo‘lib ketadi.
19 Egamiz qo‘zg‘alganda Yerni larzaga solay, deya Inson kirib ketar qoyalardagi g‘orlarga Egamizdan qo‘rqqanidan, Kirib ketar yerdagi chuqurlarga Uning buyuk ulug‘vorligidan.
20 Odam, o‘zim sajda qilay, deb yasagan Oltinu kumush butlarini Berar o‘sha kuni yumronqoziq Hamda ko‘rshapalaklarga.
21 Ha, Egamiz qo‘zg‘alganda Yerni larzaga solay, deya Inson qoyalardagi g‘orlarga kirar Egamizdan qo‘rqqanidan, Cho‘qqilarning yoriqlariga yashirinar Uning buyuk ulug‘vorligidan.
22 Endi uzoqda yuring Tuproqdan yaratilganlardan. Bormi ularning biron qiymati?!


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18