Ishayo 33 bob

1 Najot va umid haqida bashorat.

1 Ey talanmagan talonchi! Holingga voy! Ey xiyonatni tatimagan xiyonatkor! Holingga voy! Rosa talab bo‘lganingdan so‘ng, O‘zingni talon–taroj qiladilar. Xiyonatni bas qilganingda, Senga xiyonat qiladilar.
2 Ey Egamiz, bizga marhamat qil, Biz Senga umid bog‘laymiz. Bizga har kun kuch ato qil, Kulfat chog‘i esa bizga najot ber.
3 Gumburlagan ovozingdan xalqlar tarqab ketar, Sen qo‘zg‘alganingda elatlar qochib ketar.
4 Chigirtkalar yig‘ilganday o‘ljalaring yig‘ilar, Chigirtkalar uyumi kabi o‘ljalaringni talon–taroj qilishar.
5 Egamiz yuksalgandir. Ha, Uning maskani yuksakda. To‘ldirgandir U Quddusni adolatu solihlik ila.
6 Ey Quddus, U kunlaringiz tinchligini mahkam tutadi, Uning O‘zi najot, ilm–ma’rifat, donolikning boy manbaidir. Egamizdan qo‘rqish sizlarning xazinangizdir.
7 Ana qarang! Yahudoning jasur yigitlari Ko‘chalarda faryod qiladi, Tinchlik elchilari achchiq–achchiq yig‘laydi.
8 Katta yo‘llar huvullab qolgan, Bu yo‘llardan yurmaydi hech kimsa, Ahdlar buzildi, shaharlar vayron bo‘ldi, Inson o‘z qadrini yo‘qotdi.
9 Yurt aza tutdi, azob chekdi. Lubnon o‘rmonlari isnodga qolib, qurib qoldi. Sharon tekisligi sahroga o‘xshab qoldi, Bashan, Karmil tog‘idagi daraxtlarning yaproqlari qolmadi.
10 “Endi qo‘zg‘alaman, — demoqda Egamiz. — Endi Men yuksalaman, Ha, O‘zimni baland ko‘taraman.
11 Sizlar esa somonga homilador bo‘lganday, Foydasiz poyalar tuqqanday bo‘lasiz. Ruhingiz sizlarni olov kabi yeb bitiradi.
12 Xalqlar yonib, kul bo‘ladi, Kesilib, olovga tashlangan tikanday bo‘ladi.
13 Ey uzoqdagilar, Mening qilganlarimni eshiting, Ey yaqindagilar, qudratimni bilib oling!”
14 “Oramizda kim yamlamay yutadigan olov bilan tura oladi? Oramizdagi kim yonib bitmas alanga yonida qola oladi?” deya Quddusda gunohkorlar vahimaga tushdi, Nopoklarni qo‘rquv egallab oldi.
15 Mana, qarang solih yashayotganlarga! Ular to‘g‘ri gapni gapiradi, Tamagirlik foydasidan yuz o‘giradi, Pora olishdan qo‘llarini tiyadi. Qotillarning fitnalariga qo‘shilmaydi, Ko‘zlarini yovuzlik jalb qila olmaydi.
16 Ha, shundaylarning maskani yuksaklarda bo‘ladi, Tog‘lardagi qoyalar boshpanasi bo‘ladi. Nonu suvi hech qachon yetmay qolmaydi.
17 Mana, ko‘zlaringiz ulug‘vor shohni, Keng yoyilgan yurtni ko‘radi.
18 Shunda o‘tmishdagi qo‘rquvni eslab, deysiz: “Qani ekan o‘sha bosh lashkarboshi? Qani o‘sha o‘ljalarni o‘lchagan odam? Qani endi minoralarni sanaganlar?”
19 Sizlar tillarini tushunmaydigan, Gaplarini anglamaydigan, O‘sha takabbur xalqni endi ko‘rmaysiz!
20 Mana, qarang Quddusga! Bayramlarimiz shahriga boqing. O‘z ko‘zlaringiz bilan Sionni, O‘sha osuda maskanni ko‘rasiz. Bu chodir hech qachon ko‘chmaydi, Uning qoziqlari surilmaydi, Bironta arqoni uzilmaydi.
21 Ha, u yerda qudratli Egamiz bizning shohimiz bo‘ladi, U yerda keng daryolaru irmoqlar bo‘ladi. Eshkakli urush kemalari kechib o‘ta olmaydi, Yelkanli jang kemalari ham u yerda suza olmaydi.
22 Axir, Egamiz hukmronlik qiladi, Uning O‘zi qonun–qoidani o‘rnatadi. Egamiz bizning shohimizdir, Uning O‘zi bizga najot beradi.
23 Kemangizning machtasi mustahkam emas, Uning arqonlari zaiflashgan, Uning yelkani yoyilmaydi. So‘ng mo‘l–ko‘l o‘lja bo‘linadi, Hatto cho‘loq ham o‘ljaga sherik bo‘ladi.
24 Orangizda hech kimsa, “Men xastaman”, demaydi, Quddusdagilarning gunohlari kechiriladi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18