Hakamlar 1 bob

Kirish

“Hakamlar” kitobida Isroil xalqining Xudodan yuz o‘girishi va begona xudolarga sig‘inishi haqida bayon qilinadi. Xudo Isroil xalqini butparastligi uchun jazolab, jazo sifatida ularni yon–atrofda yashovchi Kan’on xalqlariga mag‘lub qiladi. Jabr–zulm ostida qolgan Isroil xalqi Xudoga iltijo qilib, Undan yordam so‘raydi. Shunda Xudo o‘z xalqini ozod qilish uchun ularga ketma–ket hakam, deb atalgan yo‘lboshchilarni yuboradi. Hakamlar boshchiligida Isroil xalqi g‘animlari ustidan g‘alaba qozonadi. So‘ng ular uchun farovonlik davri boshlanadi. Isroil xalqi hakamlarning hayotlari davrida Xudoga sodiq bo‘ladi. Lekin har bir hakamning vafotidan keyin ular yana Xudodan yuz o‘girishadi. Bunday hodisalar qayta–qayta takrorlanadi.

Odatda hakamlar bir nechta qabilaga yo‘lboshchilik qilgan, lekin ayrimlari butun xalqni boshqargan. O‘sha paytda Isroil xalqi tarqoq qabilalardan tashkil topgan bo‘lib, yagona bir xalq, deb hisoblanmasdi. Ularning shohi bo‘lmagani uchun, o‘sha davrda “har bir odam bilganini qilar edi” (21:25). Lekin odamlar yagona Xudoga sajda qilishni o‘rganishlari lozim edi, shuning uchun ular begona xudolarga sig‘inishni boshlaganlarida, Xudo har safar ularni jazolardi.

 

1–BOB - Hakamlar

Yahudo va Shimo‘n qabilalari Odonivazaxni qo‘lga oladilar

1 Yoshuaning o‘limidan so‘ng, Isroil xalqi Egamizdan: “Kan’on xalqiga qarshi jang qilish uchun oramizdan kim birinchi bo‘lib chiqsin?” — deb so‘radi.
2 “Yahudo qabilasi chiqsin, — dedi Egamiz. — Men bu yurtni ularning qo‘liga beryapman.”
3 Shunda Yahudo qabilasi qardoshi bo‘lgan Shimo‘n qabilasiga shunday dedi: “Kelinglar, birgalikda bizga ulush bo‘lib tushgan yerga boraylik. O‘sha yerda birgalashib Kan’on xalqiga qarshi jang qilaylik. Keyin biz ham sizlarga tushgan ulushga ergashib boramiz.” Shunday qilib, Shimo‘n qabilasi ular bilan birga bordi.
4 Yahudo qabilasi jangga chiqdi. Kan’on va Pariz xalqlarini Egamiz ularning qo‘liga bergani uchun, ular Bazax shahrida o‘n mingta dushmanini qirib tashlashdi.
5 O‘sha yerda shoh Odonivazaxga duch kelishdi, unga hujum qilib, Kan’on va Pariz xalqlarini mag‘lub etishdi.
6 Odonivazax qochdi, ammo ular uning ketidan quvib, qo‘lga olishdi va oyoq–qo‘llarining bosh barmoqlarini chopib tashlashdi.
7 Shunda Odonivazax dedi: “Oyoq–qo‘llarining bosh barmoqlari chopib tashlangan yetmishta shoh dasturxonimdan tushgan ushoqlarni terib yurishar edi. Men o‘sha shohlarning boshiga solgan ne–ne kunlarni Xudo qaytarib o‘z boshimga soldi.” Isroil odamlari Odonivazaxni Quddusga olib borishdi, u o‘sha yerda jon berdi.
8 Keyin Yahudo qabilasi Quddusga hujum qilib, shaharni qo‘lga kiritdi. Ular u yerdagilarni qilichdan o‘tkazib, shaharga o‘t qo‘yishdi.
9 So‘ng esa qirlarda, g‘arbdagi qirlar etaklarida va Nagav cho‘lida yashovchi Kan’on xalqiga qarshi jang qilish uchun janubga qarab yurishdi.
10 Yahudo qabilasi Xevron shahrida istiqomat qilgan Kan’on xalqiga hujum qilib, Sheshay, Oximan va Talmay qo‘shinlarini yakson qildi. Xevronning eski nomi Xirat–Arba edi.
11 U yerdan Yahudo odamlari Davir shahriga hujum qilish uchun yo‘lga tushishdi. Davirning eski nomi Xirat–Safar edi.
12 Shunda Xolib: “Xirat–Safarga hujum qilib, qo‘lga kiritgan kishiga qizim Axsani beraman”, — dedi.
13 O‘tniyol shaharni qo‘lga kiritdi, Xolib esa unga qizi Axsani uzatdi. O‘tniyol — Xolibning jiyani, aniqrog‘i, Xanaz ismli kenja ukasining o‘g‘li edi.
14 To‘ydan keyin qiz O‘tniyolga: “Keling, otamdan bir dala so‘rab olaylik”, deb turib oldi. Xolib eshakdan tushayotgan qiziga: “Ha, qizim, biron istaging bormi?” — deb so‘radi.
15 “Menga bir sovg‘a qilsangiz, — dedi Axsa. — Siz menga Nagav cho‘lidagi yerni berdingiz, endi suv buloqlarini ham hadya eting.” Shunday qilib, Xolib unga tepadagi va pastdagi buloqlarni berdi.
16 Yahudo xalqi palma shahri — Erixoni tark etdi. Musoning qaynatasi avlodidan bo‘lgan Xayin xalqi Yahudo xalqiga ergashib, Yahudo cho‘liga yo‘l oldi. Ular Arod shahrining janubida joylashib, u yerda mahalliy xalq orasida o‘rnashib oldilar.
17 Yahudo va Shimo‘n qabilalari birgalikda Zafat shahrida yashaydigan Kan’on xalqiga hujum qilib, shaharni yer bilan yakson qilishdi. Shuning uchun bu shahar Xo‘rmax, deb atalgan.
18 Yahudo qabilasi G‘azo, Ashqalon, Exron shaharlarini va ularning atrofidagi yerlarni qo‘lga kiritdi.
19 Egamizning O‘zi Yahudo qabilasi bilan bo‘lgani uchun, ular qirlarni egallab oldilar. Ammo tekislikda yashaydigan xalqlarni o‘z yeridan quva olmadilar, chunki o‘sha xalqlarning temir jang aravalari bor edi.
20 Muso aytganidek, Xevron shahri Xolibga berildi. Xolib u yerdan Inoqdan kelib chiqqan uchta urug‘ni quvib chiqardi.
21 Benyamin qabilasi esa Quddusda istiqomat qilgan Yobus xalqini haydab chiqarmadi. Shu sababdan Yobus xalqi bugunga qadar Quddusda, Benyamin avlodlari orasida yashab kelmoqda.
22 Yusufning ikki o‘g‘li — Efrayim va Manashedan bino bo‘lgan qabilalar ham Baytil shahriga hujum qilmoqchi bo‘lib, yo‘lga chiqdilar. Egamiz ular bilan edi.
23 Baytil haqida ko‘proq ma’lumot yig‘ish uchun ular o‘z ayg‘oqchilarini shahar tomon yubordilar. Baytil shahrining eski nomi Luz edi.
24 Ayg‘oqchilar shahardan chiqib kelayotgan bir odamni ko‘rib, unga: “Bizga shaharga olib kiradigan yashirin kirish joyini ko‘rsat! Buning evaziga joningni saqlab qolamiz!” — dedilar.
25 O‘sha odam ularga yo‘l ko‘rsatdi. Efrayim va Manashe lashkarlari shahar aholisini bitta qo‘ymay qilichdan o‘tkazishdi. Yo‘l ko‘rsatgan odamni esa butun oilasi bilan birga qo‘yib yuborishdi.
26 O‘sha odam Xet xalqining yurtiga borib bir shahar qurdi, uning nomini esa Luz, deb qo‘ydi. O‘sha shahar bugunga qadar shu nom bilan ataladi.
27 Manashe qabilasi Bayt–Shan, Tanax, Do‘r, Yiblayom, Maxido‘ shaharlari va ularning qishloqlarida yashagan Kan’on xalqini haydab chiqarmadi, ular o‘sha yerlarda yashayverdilar.
28 Vaqti kelib, Isroil xalqi kuchini yig‘ib oldi, shunda Kan’on xalqini o‘ziga bo‘ysundirib, qarol bo‘lib xizmat qilishga majbur qildi. Ammo shunda ham o‘z yeridan haydab chiqarmadi.
29 Efrayim qabilasi ham Gezer shahridagi Kan’on xalqini quvib chiqarmadi. Kan’on xalqi Gezerda ularning orasida yashayverdi.
30 Zabulun qabilasi ham Xitro‘n va Nahalil shaharlarida istiqomat qilgan Kan’on xalqini haydab chiqarmadi. Kan’on xalqi Zabulun qabilasi bilan birga yashab, ularga qarol bo‘lib xizmat qilishga majbur bo‘ldi.
31 Osher qabilasi ham Akko‘, Sidon, Axlob, Axsib, Xelba, Ofiq va Rexob shaharlarida yashaydigan Kan’on xalqini yeridan haydab chiqarmadi.
32 Ular o‘sha yurt aholisini haydab chiqarmaganlari uchun Kan’on xalqi bilan birga yashadilar.
33 Naftali qabilasi ham Bayt–Shamash va Bayt–Onot shaharlarining aholisini haydab chiqarmay, yerli xalq — Kan’on xalqi orasida yashab qoldi. Lekin ular o‘sha shaharlar aholisini o‘ziga bo‘ysundirib, qarol bo‘lib xizmat qilishga majbur qildilar.
34 Biroq Amor xalqlari Dan qabilasini siqib, qirlarga chiqib ketishga majbur qildilar, vodiyga tushishlariga yo‘l qo‘ymadilar.
35 Amor xalqlari Xar–Xares, Oyjavlon va Shalbim shaharlarida yashayverdilar. Lekin Efrayim va Manashe qabilalari ularga o‘z hukmini o‘tkazib, qarol bo‘lib xizmat qilishga majbur qildilar.
36 Amor xalqlari yashagan hududning chegarasi Chayonlar dovonidan Selagacha cho‘zilgan va u yerdan shimolga qarab ketgan edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18