Ishayo 40 bob

1 Xudoning xalqini yupatish. 12 Isroilning tengi yo‘q Xudosi.

1 “Yupating, xalqimni yupating, — demoqda Xudoyingiz. —
2 Quddusning ruhini ko‘tarib, unga ayting: ‘Azob kosang to‘lib bo‘ldi, Ayblaring uchun jazo olib bo‘lding. Hamma gunohlaring evaziga Men, Egangdan ikki karra olding.’”
3 Bir ovoz shunday hayqirmoqda: “Sahroda Egamizga yo‘l hozirlang, Cho‘lda Xudoyimizga to‘g‘ri yo‘l oching.
4 Har bir jarlik yuksaladi, Har bir tog‘u tepalik pasayadi. O‘nqir–cho‘nqir joylar tekis bo‘ladi, O‘ydim–chuqur yer tekislik bo‘ladi.
5 O‘shanda Egamizning ulug‘vorligi zohir bo‘ladi, Butun jonzot birgalikda buni ko‘radi. Ha, Egamiz O‘z og‘zi bilan shuni aytdi.”
6 Bir ovoz: “E’lon qil!” deb aytdi, Ikkinchisi: “Nimani e’lon qilaman?” deb so‘radi. Birinchi ovoz shunday dedi: “Inson zotining hammasi maysaday, Ularning barcha sodiqligi dala guli kabidir.
7 Ularning ustidan Egamizning nafasi esganda O‘tlar quriydi, gullar so‘lib qoladi. Mana, bu xalq maysaning o‘zi.
8 O‘tlar quriydi, gullar so‘lib qoladi, Xudoyimizning kalomi esa abadiy turadi.”
9 Ey xushxabar keltirgan Quddus, Baland toqqa chiq! Ey xushxabar keltirgan Sion, Baland ovozda e’lon qil! Qo‘rqmagin, jar solgin! Yahudo shaharlariga: “Mana sizning Xudoyingiz”, deb aytgin.
10 Mana, Egamiz Rabbiy qudrat ila keladi, Qudrati ila hukmronlik qiladi. Uning O‘zi taqdirlaydi, Mukofotini O‘zi bilan olib kelmoqda.
11 Cho‘pon kabi U O‘z suruvini boqadi, Qo‘zilarni qo‘llarida ko‘taradi. Ularni ko‘tarib, bag‘riga bosadi, Qo‘zilari bilan birga ona qo‘yni Ehtiyotlab haydab boradi.
12 Kim hovuchi ila suvlarni o‘lchagan?! Kim qarichlab osmonni o‘lchagan?! Zamin tuprog‘ini o‘lchagan bormi?! Kim tog‘larni tarozida tortib ko‘rgan?! Tepaliklarni tarozi pallasida tortgan?!
13 Kim Egamizning Ruhiga yo‘l ko‘rsatadi?! Kim Unga maslahat beradi?!
14 U kimga maslahat solgan?! Kim Unga nasihat bergan?! Kim Unga adolat yo‘lini o‘rgatgan?! Unga bilim bergan bormi?! Idrok yo‘llarini Unga ko‘rsatgan bormi?!
15 Axir, elatlar chelakdagi bir tomchi suvdaydir, Ular tarozi pallasidagi chang kabidir. Mana, orollarni ham Egamiz changday ko‘taradi.
16 Lubnon yurtidagi hayvonlar qurbonlikka ozlik qiladi, O‘rmonlarining daraxtlari esa yetarli o‘tin bo‘lmaydi.
17 Jamiki elatlar Egamiz oldida hech nima emas, Egamiz nazarida ular arzimas, bo‘shliqdir.
18 Xo‘sh, Xudoni kimga o‘xshatasiz?! Unga qanday qiyofani berasiz?!
19 Hunarmand yasagan butnimi?! Axir, usta uni oltin bilan qoplagan. Unga kumush zanjirlar yasab bergan.
20 Unday qilishga qurbi yetmagan esa Chirimaydigan yog‘och topadi. Mohir usta tanlab, Yiqilib tushmaydigan but yasatadi.
21 Bilmaysizmi?! Eshitmaganmisiz?! Boshidan sizga aytilmaganmi?! Dunyo poydevoriga qarab ham tushunib yetmaysizmi?!
22 Xudo osmon gumbazi ustida o‘tiradi, Zamin ahli chigirtka kabidir. Xudo osmonni parda kabi yoygan, Odamzod makon qilsin, deya chodir kabi qurgan.
23 Shahzodalarni U pastga uradi, Zamin hukmdorlarini yo‘qqa chiqaradi.
24 Evoh, ular ekilishi bilanoq qurib qoladi. Yerga o‘tqazilishi bilanoq so‘lib qoladi. Ildiz otishi bilanoq qurib qoladi. Ha, Egamizning nafasi ularni quritadi. Bo‘ron ularni somonday uchirib ketadi.
25 “Meni kimga qiyoslaysiz? Kim Menga teng kela olar?” — deb aytadi muqaddas Xudo.
26 Ko‘zlaringizni osmonga tiking, qarang: Axir, bularni kim yaratgan? Xudo osmonga yulduzlarni terib qo‘ygan–ku! Uning O‘zi har biriga nom bergan–ku! O‘zining buyuk kuchi, ulug‘ qudrati bilan Har birini o‘z joyiga chiqarmay qo‘ymaydi.
27 Ey Yoqub nasli, nima uchun sen: “Boshimga tushganni Egamiz ko‘rmaydi”, deysan? Ey Isroil xalqi, nima uchun sen: “Mashaqqatlarimni Xudoyim unutgan”, deb aytasan?
28 Nahotki bilmaysan? Nahotki eshitmagansan? Egamizning O‘zi abadiy Xudo–ku! Butun olamni U yaratgan–ku! U charchamaydi, holdan toymaydi, Uning donoligini bilib bo‘lmaydi.
29 U toliqqanga kuch beradi, Zaifning kuchiga kuch qo‘shadi.
30 Hatto yoshlar charchaydi, holdan toyadi, Yigitlar qoqilib, yiqiladi.
31 Xudodan umid qilganlar esa Yangidan kuch oladi, Burgut singari qanot qoqadi. Ular yugurib, charchamaydi, Yurib ham hech toliqmaydi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18