Shohlar (ikkinchi kitob) 1 bob

Kirish

“1 Shohlar” va “2 Shohlar”ning asl nusxasi bitta ibroniycha kitob bo‘lib, ikkala qismini bitta o‘ramga joylash uzunlik qilganidan, kitob ikki qismga — “1 Shohlar” va “2 Shohlar”ga bo‘lingan. “2 Shohlar”ning ko‘p qismi shoh Dovudning hukmronligi davrida yuz bergan voqealarning tarixidir.

Shoh Shoulning o‘limidan keyin Yahudo qabilasi Dovudni o‘zlariga shoh qilib tanlashadi. Yahudo qabilasidan tashqari barcha Isroil qabilalari Ishbositni o‘zlariga shoh qiladilar. Ishbositning qo‘l ostidagi shohlik Isroil shohligi deb nom oladi. Ishbosit Shoulning o‘g‘li edi. Yetti yil davomida Dovud Ishbosit bilan urush olib borib, jamiki Isroil va Yahudo shohligining shohi bo‘ladi.

Dovud Quddusni Yobus xalqidan tortib olib, o‘z shohligining yangi poytaxti qiladi va ahd sandig‘ini bu yerga olib keladi. U Egamizga atab Ma’badni qurib, u yerni ahd sandig‘i saqlanadigan bir joy qilmoqchi bo‘ladi. Egamiz esa Dovudni bu niyatidan qaytaradi. Buning o‘rniga, Egamiz Dovudga, sen qudratli hukmdor bo‘lasan, sening nasling to abad shoh bo‘ladi, deb va’da beradi.

Dovud Isroilning dushmanlarini mag‘lub qiladi va kuchli shohlikning hukmdori bo‘ladi. Lekin u ham urushga ketgan qo‘shin lashkarboshisining xotini Botsheva bilan zino qiladi. Bu qilmishi uchun Egamiz Dovudga og‘ir kulfat keltiradi. Bu kulfatlarning aksariyati o‘z oilasi ichida yuz beradi. Jumladan, Dovudning o‘g‘illaridan biri Omno‘n o‘gay singlisi Tamaraning nomusiga tegadi. Omno‘nni, esa vaqti, kelib o‘gay akasi Absalom o‘ldiradi. So‘ngra Absalom Dovudga qarshi isyon ko‘taradi.

Dovud benuqson inson emas edi–yu, lekin Egamizga sodiq bo‘lib, yolg‘iz Unga sajda qilardi. Shuning uchun Yahudoda har doim Dovudning nasli hukmdor bo‘lib o‘tdi. Zotan, Egamiz Dovudga shunday va’da bergan edi: “Men, Egang, sen uchun bir xonadon yarataman, deb aytmoqdaman. Sen olamdan o‘tib, ota–bobolaring yoniga dafn qilinganingdan keyin ham, Men o‘zingdan bino bo‘lgan naslingdan birini shoh qilib, uning shohligini mustahkamlayman. ...Uning shohlik taxtini to abad mustahkam qilaman. Men unga ota bo‘laman, u esa Menga o‘g‘il bo‘ladi.” (7:11-14)

 

1–BOB - Shohlar (ikkinchi kitob)

Dovud Shoulning o‘limidan xabar topadi

 

1 Shoul halok bo‘lgandan keyin, Dovud Omolek xalqini yengib, Zixlax shahriga qaytib keldi va u yerda ikki kun qoldi.
2 Uchinchi kuni Shoulning qarorgohidan Dovudning oldiga bir odam keldi. U qayg‘udan kiyimlarini yirtgan, boshiga tuproq sochgan, ayanchli ahvolda edi. O‘sha odam Dovudning oldiga kelgach, muk tushib, unga ta’zim qildi.
3 — Qayerdan kelyapsan? — deb so‘radi Dovud. — Isroil qarorgohidan qochib keldim, — dedi u odam.
4 — Ayt–chi, nima bo‘ldi? — deb so‘radi Dovud. — Sipohlar urush maydonidan qochdilar, odamlarimizdan ko‘plari o‘ldirildi, Shoul bilan o‘g‘li Yo‘natan ham halok bo‘ldi, — dedi u. Shunda Dovud:
5 — Shoul bilan o‘g‘li Yo‘natanning halok bo‘lganini qayerdan bilasan? — deb so‘radi xabarchi yigitdan.
6 — Tasodifan Gilbova tog‘iga borgan edim, — deb gapida davom etdi u. — Shoul nayzasiga zo‘rg‘a suyanib turar, dushman otliqlari va jang aravalari esa unga tomon yopirilib kelayotgan ekan.
7 Shoul orqasiga qarab, meni ko‘rib qolib chaqirdi. “Labbay”, dedim men.
8 “Sen kimsan?” deb so‘radi Shoul. “Omolek xalqidanman”, dedim men.
9 So‘ng u: “Bu yoqqa kel, meni o‘ldir. Tarashaday bo‘lib serrayib qoldimu, lekin jonim chiqmayapti”, dedi.
10 Shoh og‘ir yaralangani uchun, endi yashay olmasligiga ko‘zim yetib, uni o‘ldirdim. Boshidagi tojini va qo‘lidagi bilakuzugini olib, sizga — janobi oliylariga keltirdim.
11 Dovud bu gapni eshitib, qayg‘udan kiyimlarini yirtdi. Boshqalar ham shunday qildilar.
12 Shoul va uning o‘g‘li Yo‘natan, Egamizning lashkari — Isroil xalqidan ko‘pchiligi jangda halok bo‘lgan edilar. Shuning uchun hammalari oqshomgacha aza tutib faryod qildilar, ro‘za tutdilar.
13 Dovud shum xabarni olib kelgan yigitdan: — Qayerliksan? — deb so‘radi. — Men Omolek xalqidanman, begona xalqdanman, — dedi yigit.
14 — Egammoy surtib Shoulni shoh qilib tanlagan edi–ku! Shunday shohga qo‘l ko‘tarib, o‘ldirishdan qo‘rqmadingmi? — dedi Dovud unga.
15 Keyin Dovud bitta sipohini chaqirdi–da: — Qani, o‘ldir uni! — deb buyurdi. Yigit Omolekka bir qilich urib o‘ldirdi. Dovud unga qarata:
16 — Tiling o‘zingning boshingga yetdi. Egam moy surtib tanlagan shohni men o‘ldirdim, deb o‘z og‘zing bilan guvohlik berding, — dedi.
17 Dovud Shoul bilan uning o‘g‘li Yo‘natan uchun marsiya kuyladi.
18 So‘ng, ushbu marsiya Yahudo xalqiga o‘rgatilsin, deb farmon berdi. Bu marsiya “Yoshur” kitobida yozilgan.
19 “Ey, Isroil, yo‘q bo‘ldi G‘ururing sening tepaliklaringda, Qanday qulagan ekan dovyuraklar!
20 Bu xabarni Gatliklarga eshittirmang, Ashqalon ko‘chalarida yoyib yurmang. Toki Filist qizlari sevinmasin, Sunnatsizlar qizlari shod bo‘lmasin.
21 Ey, Gilbova tog‘lari, Tepangizga shudring, yomg‘ir tushmasin, Hosildor yerlaringiz hosilsiz qolsin! O‘sha yerlarda yo‘qotdi shuhratini Bahodirlarning qalqoni, Shoulning qalqoniga moy surtilmas endi.
22 Bir dam tinmadi Yo‘natanning yoyi Yer tishlaganlar qonidan Va yigitlarning tanasidan. Shoulning qilichi behuda ko‘tarilmasdi.
23 Shoul bilan Yo‘natan aziz va dilkash edilar, Hayotda ham, o‘lganda ham birga bo‘ldilar. Burgutdan chaqqon, Sherdan kuchli edilar ular.
24 Shoul uchun aza tuting, ey, Isroil qizlari! U sizlarga shohona liboslar kiydirgandi, Libosingizni oltin taqinchoqlar–la bezagandi.
25 Urushda qanday qulagan ekan dovyuraklar! Elim tepaligida Yo‘natan jonsiz yotar.
26 Qayg‘uraman sen uchun, birodarim Yo‘natan, Menga ko‘p azizu qadrdon eding sen, Naqadar ajoyib edi menga bo‘lgan muhabbating, Ayollarning sevgisidan ham edi ortiq.
27 Qanday qulagan ekan dovyuraklar! Qanday yo‘q bo‘ldi jang qurollari.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18