Ishayo 29 bob

1 Quddus qamalga olinadi. 17 Kelajakka umid.

1 Egam aytar: “Holingga voy, ey Dovud yashagan shahar! Ey Oriyol, Oriyol! Yillar ortidan yillar o‘taveradi, Bayramlarni nishonlashaveradi.
2 Ammo boshingga kulfat keltiraman, Faryod qilib, nola chekasan, Seni qurbongoh qilaman.
3 Atrofingda senga qarshi lashkar to‘playman, Qamal inshootlarini o‘rnataman. Minoralar qurib, seni o‘rab olaman.
4 Yerning ostidan sen gapirasan, Tuproq ostidan so‘zlaring keladi, Ovozing sharpa ovoziday yer ostidan chiqadi, Gaplaring tuproq ostidan shivirlab keladi.
5 Ammo shunda shafqatsiz dushmanlaring Birdaniga chang kabi uchib ketadi, To‘satdan bo‘rondagi xas–cho‘pday Ular to‘zib ketadi.
6 Keladi Men, Sarvari Olam, gumbur–gumbur, Zilzila, shovqin–suron, dovul, Bo‘ronu yutib yuboruvchi alanga bilan.
7 Ey Quddus, sizga qarshi chiqqan xalqlar yo‘q bo‘lib ketadi. Sizning qal’angizga hujum qilgan vahshiy elatlar Tundagi tush kabi o‘tib ketadi.
8 Ha, och odam tushida ovqat yesa ham, Uyg‘onganda, ochligicha qolaveradi. Chanqagan odam tushida suv ichadiyu Chanqog‘i qonmasdan uyg‘onadi. Ey Sion tog‘i, sizga qarshi chiqqan Jamiki elatlar ham shu ahvolga tushadi.”
9 O‘zingizni kar qiling, dong qotib qoling, O‘zingizni ko‘r qiling, ko‘rmas bo‘ling, Mast bo‘ling, ammo sharobdan emas, Gandiraklab yuring, ammo bo‘zadan emas.
10 Egam sizni qattiq uxlatib qo‘ydi, Ey payg‘ambarlar, Egam ko‘zlaringizni uyquga bostirdi. Ey valiylar, Egam boshu ko‘zlaringizni o‘rab qo‘ydi.
11 Mana, bu vahiyning hammasi sizlar uchun muhrlangan o‘rama qog‘ozday bo‘lib qoldi. Bu o‘rama qog‘oz o‘qiy oladiganlarga berilib: “Buni o‘qing!” deb buyurilsa, ular: “Yo‘q, muhrlangan ekan”, deydilar.
12 U o‘qiy olmaydiganlarga berilib: “Buni o‘qing”, deb aytilgan bo‘lsa, ular: “Biz o‘qishni bilmaymiz”, deb javob beradilar.
13 Ha, Rabbiy aytdi: “Bu xalq faqat so‘zdagina Menga yaqinlashadi, Tildagina Meni izzat qiladi, Yuraklari esa Mendan uzoqdir. Inson yaratgan qoidalar orqali Menga sajda qiladi.
14 Mana, Men yana shunday bir ish qilamanki, Bu xalq hayratda qoladi, Lol bo‘lib, dong qotadi. Donolari donolikdan mahrum bo‘ladi, Idroklilari idrokidan ayriladi.”
15 Holingizga voy! Egamizdan rejalaringizni yashiryapsiz, Ishlaringizni qorong‘ilikda qilyapsiz. “Kim bizni ko‘rardi, kim bizni bilardi?” deysiz.
16 Hammasini ag‘dar–to‘ntar qilyapsiz, Axir, kulolni loyga tenglashtirib bo‘ladimi?! Nahotki buyum o‘zini yaratganga: “Meni yaratganing yo‘q”, deb aytsa?! Nahotki idish kulolga: “Sen tushunmaysan”, deb aytsa?!
17 Mana, qisqa vaqt ichida Lubnon o‘rmoni dalaga aylanadi. Dala esa qalin o‘rmon bo‘ladi.
18 O‘sha kuni kitobdagi so‘zlarni karlar eshitar, Ko‘rlarning ko‘zlari zulmatda nur ko‘rar.
19 Bechoralarga Egam yangi quvonch ato etadi, Isroil xalqining muqaddas Xudosi tufayli Muhtojlar shod bo‘ladi.
20 Zolimlar to abad yo‘q bo‘ladi, Mazaxchilar halok bo‘ladi, Yomonlik istovchilar qirib tashlanadi.
21 Ular odamlarga tuhmat yog‘dirar, Hakamlarga tuzoq qo‘yar, Solihlarni adolatdan mahrum qilar.
22 Shu bois Ibrohimni qutqargan Egam Yoqub xonadoniga shunday deb aytmoqda: “Yoqub nasli endi hech qachon sharmanda bo‘lmaydi, Qo‘rquvdan uning rangi oqarmaydi.
23 Men yaratganlarni, ha, farzandlarini Isroil xalqi o‘zining orasida ko‘rganda, Mening nomimni muqaddas deb biladi, Men, Yoqub naslining Xudosini muqaddas deb biladi. Ha, Isroil xalqining Xudosi — Mening oldimda hayratda turadi.
24 Yo‘lidan adashganlar o‘shanda tushunib yetadi, Noliganlar yo‘l–yo‘riqlarimni o‘rganadi.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18