Levilar 1 bob

Kirish

“Levilar” kitobi Xudoning Muso payg‘ambarga bergan qonun–qoidalar majmuasidan tashkil topgan. Levi qabilasiga mansub bo‘lgan xalq levilar deb ataladi, kitobga shu qabilaning nomi asos bo‘lgan. Levilar Muqaddas chodirda Xudoning maxsus xizmatkorlari edilar. Ruhoniylar Levi qabilasining bitta urug‘idan kelib chiqqan. Kitobning ko‘p qismida ruhoniylarning va boshqa levilarning majburiyatlari bayon qilingan. Ularning majburiyatlari: Xudoga bag‘ishlab qurbonlik va nazrlar keltirish, shuningdek bayramlar va turli marosimlar o‘tkazishdan iborat edi. Kitobdan yana halol va harom hayvonlarga oid qonunlar, kiyim uchun qanday matodan foydalanish kerakligi to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar va kambag‘allarga g‘amxo‘rlik qilish qoidalari o‘rin olgan.

Kitobning asosiy qismi qonunlardan iborat. Shu bilan birga, unda bir nechta hikoyalar ham bor. Xalq yoki ruhoniylar Xudoning qonunlariga itoat etganda yoki itoat etmaganda, qanday hodisa sodir bo‘lishi to‘g‘risida bu hikoyalarda bayon qilinadi. Xudo isyonchilarga g‘azabini sochishda hozirjavob edi, lekin U O‘ziga itoat etadiganlarga quyidagi va’dasini berdi: “Doimo orangizda bo‘laman. Men sizning Xudoyingiz, sizlar esa Mening xalqim bo‘lasizlar. Men Egangiz Xudoman. Sizlar bundan buyon qul bo‘lmasligingiz uchun Men sizlarni Misrdan olib chiqqanman. Qaddingizni rostlab yurishingiz uchun bo‘yinturug‘ingizni sindirganman.” (26:12-13)

 

1–BOB - Levilar

Kuydiriladigan qurbonliklar

1 EgamizUchrashuv chodiridan Musoni chaqirib, unga
2 Isroil xalqi uchun quyidagi qonunlarni berdi: birontangiz Egamizgaqurbonlik qilmoqchi bo‘lsangiz, podangizdagi yoki suruvingizdagi hayvonni olib keling.
3 Bordi–yu, qoramol podasidan birorta hayvonni qurbonlik qilib, kuydirmoqchi bo‘lsangiz, nuqsonsiz bir buqani tanlab oling. Egamiz bu qurbonligingizni qabul qilishi uchun buqani Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib keling.
4 Qo‘lingizni kuydiriladigan hayvonning boshiga qo‘ying, shunda Egamiz sizni gunohingizdan poklash uchun bu qurbonligingizni qabul qiladi.
5 So‘ng buqani Egamizning oldida so‘ying. Horunning ruhoniy o‘g‘illari buqaning qonini keltirib, Uchrashuv chodiriga kiraverishda turgan qurbongohning to‘rtta yon tomoniga sepib chiqishsin.
6 Siz esa kuydiriladigan qurbonlikning terisini shilib, tanasini bo‘laklarga bo‘ling.
7 Ruhoniy Horunning o‘g‘illari qurbongohga cho‘g‘ solib, ustiga o‘tin qalashsin.
8 So‘ng qurbonlikning bo‘laklarini, shuningdek, kallasini va yog‘larini qurbongohdagi yonib turgan o‘tinlar ustiga qo‘yishsin.
9 Siz esa qurbonlikning ichak– chovoqlari va oyoqlarini yuving. So‘ng ruhoniy bularning hammasini qurbongohda kuydirsin. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid boradi.
10 Bordi–yu, siz suruvingizdagi qo‘y yoki echkini qurbonlik qilib kuydirmoqchi bo‘lsangiz, nuqsonsiz qo‘chqor yoki takani olib keling.
11 Uni qurbongohning shimol tomonida, Egamizning oldida so‘ying. Horunning ruhoniy o‘g‘illari qurbonlikning qonini qurbongohning to‘rtta yon tomoniga sepib chiqishsin.
12 Siz qurbonlikni bo‘laklarga bo‘ling. Ruhoniy esa bo‘laklarni qurbonlikning kallasi va yog‘lari bilan birga qurbongohdagi yonib turgan o‘tinlar ustiga qo‘ysin.
13 Siz qurbonlikning ichak–chovoqlari va oyoqlarini yuving. Ruhoniy bularning hammasini keltirib, qurbongohda kuydirsin. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid boradi.
14 Agar qushni Egamizga qurbonlik qilib, kuydirmoqchi bo‘lsangiz, kaptar yoki musichani olib keling.
15 Ruhoniy uni qurbongoh oldiga olib kelib, bo‘ynini uzsin, so‘ng boshini qurbongohda kuydirsin. Qonini esa qurbongohning yoniga oqizsin.
16 Jig‘ildonini ichidagi narsalari bilan birga sug‘urib olib, qurbongohning sharq tomoniga, kul turgan yerga tashlasin.
17 Keyin qanotlaridan tortib, tanasini yarmigacha bo‘lsin, lekin ikki qismga ajratmasin. So‘ng uni qurbongohdagi yonib turgan o‘tinlar ustiga qo‘yib kuydirsin. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid boradi.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак