Hizqiyo 1 bob

Kirish

Hizqiyol ruhoniy edi. U Bobilga asir qilib olib ketildi, shundan so‘ng o‘sha yerda surgunda bo‘lgan Yahudo xalqi orasida yashadi. U Xudo tomonidan payg‘ambar qilib tayinlandi. U nafaqat Bobil surgunidagi Yahudo xalqiga, balki Quddusda qolgan odamlarga ham Xudoning so‘zini va’z qildi. Hizqiyol o‘z xizmatini miloddan avvalgi 593 yillarda boshlab, miloddan avvalgi 570 yillarda tugatdi. Bu davr Yahudo shohligining oxirgi yillaridan tortib, to miloddan avvalgi 586 yildagi Quddus qulashidan keyingi davrni o‘z ichiga oladi. Hizqiyol Quddusning qulashidan oldin ham, undan keyin ham va’z qilgan. Shuning uchun, uning ba’zi va’zlari Xudoning dahshatli hukmidan xabar beradi, boshqa va’zlari esa xalqqa umid bag‘ishlaydi.

“Hizqiyol” kitobini beshta asosiy qismga bo‘lish mumkin. Birinchi qismda (1-3–boblar) Hizqiyolga vahiyda ayon bo‘lgan Xudoning ulug‘vorligi tasvirlanadi, shuningdek, Xudo Hizqiyolni payg‘ambar qilib tayinlagani bayon etiladi. Ikkinchi qism (4-24–boblar) o‘z ichiga bir nechta xabarni oladi. Bu xabarlar Yahudo xalqining Xudodan yuz o‘girgani uchun oladigan jazolardan tashkil topgan. Hizqiyol bu ogohlarning aksariyat qismini saxnalashtirgan. Kitobning uchinchi qismida (25-32–boblar) Isroil yurti atrofidagi xalqlarni Xudo jazolashi to‘g‘risida yozilgan.

Kitobning to‘rtinchi qismi (33-39–boblar) Quddusning qulashidan keyingi davrni o‘z ichiga oladi. Bu parchadagi so‘zlar umid baxshida etadi. Xudo O‘z xalqini kechirishi, so‘ng ularni Yahudo va Quddusga qaytarib olib kelishi to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Nihoyat, beshinchi qismda (40-48–boblar) Hizqiyolning Quddusdagi yangi Ma’bad to‘g‘risida ko‘rgan vahiysi haqida yozilgan. Bu qismda to‘g‘ri sajda qilishning qoidalari ko‘rsatilgan. Shuningdek, qayta tiklangan Isroil yurtining Yahudiy qabilalari orasida qay tarzda bo‘linishi haqida batafsil aytib o‘tilgan.

Xudo Hizqiyolga gapirganda, unga “ey inson” deb murojaat qiladi. Shu orqali biz Hizqiyolning nafaqat oddiy odam ekanligini, balki u Yahudo xalqi va Quddus aholisiga Xudoning xabarini yetkazuvchi odam qilib tayinlanganini bilamiz.

Mazkur kitobdagi Hizqiyolning qurigan suyaklar to‘g‘risida ko‘rgan vahiysi juda keng tanilgan. Bu vahiyda Xudoning Ruhi suyaklarga jon ato etib, ularni tiriltiradi. Hizqiyol buning guvohi bo‘lgandan keyin, Xudo unga shu gaplarni aytadi: “Ey inson, butun Isroil xalqi mana shu suyaklarga o‘xshaydi. Ular, suyaklarimiz qurib ketdi, kelajakka hech qanday umid yo‘q, deb nola qilishadi. Shuning uchun xalqimga bashorat qilib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey xalqim Isroil, Men qabrlaringizni ochib, sizlarni go‘rdan chiqaraman. So‘ng Isroil yurtiga qaytarib olib boraman... Men sizlarning ichingizga Ruhimni solaman, sizlarni tiriltiraman. Ona yurtingizga olib borib, u yerda o‘rnashtiraman.” (37:11-12,14)

 

1–BOB - Hizqiyo

Xudoning taxti

 

1 O‘ttizinchi yil, to‘rtinchi oyning beshinchi kuni. Men, Buzi o‘g‘li ruhoniy Hizqiyol, surgunda yashayotgan odamlar bilan birga Bobildagi Kavor daryosining bo‘yida edim. Shunda osmon qopqasi ochildi–da, Xudodan menga vahiylar keldi. Bu voqea shoh Yohayixin surgundaligining beshinchi yilida sodir bo‘ldi. O‘sha kuni Kavor daryosi bo‘yida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi. Men Egamizning qudratini yaqqol sezib turar edim.
2 -
3 -
4 Qarasam, shimoldan bo‘ron turdi. Ulkan bir bulutdan chaqmoq chaqar edi, bulut atrofi yarqirab turardi. Bulutning olovli markazi sayqal misday tovlanardi.
5 O‘shaning o‘rtasida men to‘rtta jonli mavjudotni ko‘rdim. Ular inson qiyofasida edi.
6 Ammo har birining to‘rtta yuzi va to‘rtta qanoti bor edi.
7 Ularning oyoqlari tekis bo‘lib, buzoqning tuyoqlariga o‘xshash tuyoqlari bor edi. Tuyoqlar yaltiroq bronza kabi tovlanib turardi.
8 Qanotlari ostida odam qo‘liga o‘xshagan qo‘llari bor edi.
9 Mavjudotlar bir–biriga orqa o‘girib turar edilar, qanotlarining uchlari bir–biriga tegib turardi. Ular har tomonga birgalikda yurardilar, yurganlarida burilmas edilar.
10 Mavjudotlarning yuzlariga kelsak, ular to‘rt xil edi: old tomonida inson yuzi, o‘ng tomonida sher yuzi, chap tomonida buqa yuzi va orqa tomonida burgut yuzi bor edi.
11 Mavjudotlarning bir juft qanoti tepaga yoyilgan bo‘lib, yonidagi mavjudotlarning qanotlariga tegib turardi. Qolgan bir juft qanoti esa tanasini yopib turardi.
12 Mavjudotlar to‘g‘riga qarab yurishar edi. Ruh ularni qayerga yo‘naltirsa, ular o‘sha yerga borishardi, yurganda burilmasdi.
13 Jonli mavjudotlarning ko‘rinishi yonayotgan ko‘mirga yoki mash’alaga o‘xshar edi. Mavjudotlarning orasida olov aylanib yurardi. Bu olov chaqnardi, undan chaqmoq chaqib turar edi.
14 Mavjudotlarning o‘zlari ham chaqmoq tezligi bilan u yerdan bu yerga borib kelishardi.
15 Men to‘rtta mavjudotni tomosha qilib turganimda, mavjudotlar yonidagi g‘ildiraklarni ko‘rdim. Har bir mavjudotning yonida bittadan g‘ildirak bor edi. G‘ildiraklar yerga tegib turardi.
16 To‘rttala g‘ildirakning ko‘rinishi va tuzilishi bir xil edi. Ular qimmatbaho toshday tovlanardi. Har bir g‘ildirakning ichida ko‘ndalangiga solingan yana bittadan g‘ildiragi bor edi.
17 Shu sababdan g‘ildiraklar harakatga kelganda, to‘rt tomonga yura olar edi, yurganda burilmasdi.
18 G‘ildiraklarning gardishlari baland va bahaybat edi. Ularning gir aylanasi ko‘zlar bilan qoplangan edi.
19 Jonli mavjudotlar yurganda, yonlaridagi g‘ildiraklar ham harakatga kelardi. Yerdan ko‘tarilganda, g‘ildiraklar ham ular bilan birga ko‘tarilardi.
20 Mavjudotlardagi ruh g‘ildiraklarda ham edi. Shu sababdan ruh mavjudotlarni qayerga yo‘naltirsa, mavjudotlar o‘sha yerga borishardi, g‘ildiraklar ham ular bilan birga harakatga kelardi.
21 Mavjudotlar yurganda, ular ham yurar edi, to‘xtaganda to‘xtar edi, yerdan ko‘tarilganda ko‘tarilar edi.
22 Mavjudotlarning boshlari uzra gumbazga o‘xshash bir narsa bor edi, o‘sha narsa billurdek tovlanardi.
23 Qanotlarini yoygan mavjudotlar gumbaz ostida edi. Ularning qanotlari bir–biriga tegib turardi. Ikkinchi juft qanotlari esa badanlarini yopib turardi.
24 Ular qanot qoqib uchardilar. Qoqqan qanotlarining tovushi shovullagan dengiz tovushiday, Qodir Xudoning gumburlagan ovoziday, ulkan lashkarning shovqin–suroniday edi. Mavjudotlar to‘xtaganda qanotlarini yig‘ishtirib olishardi.
25 Ular to‘xtab, qanotlarini yig‘ishtirib oldilar. Shunda boshlari tepasidagi gumbaz uzra bir ovoz yangradi.
26 Gumbaz ustida zangori yoqutdan yasalgan taxtga o‘xshash bir narsa bor edi. Taxt ustida inson qiyofasidagi bir zot o‘tirardi.
27 O‘sha kimsaning belidan yuqori qismi sayqal misday yarqirardi, atrofini olov o‘ragandi. Belidan pastki qismi esa otash kabi porlardi. Uning butun borlig‘i nur taratib turardi.
28 O‘sha nur yomg‘irdan keyin bulutlar orasida paydo bo‘ladigan kamalakdek jilvalanardi. Bu yog‘du Egamizning ulug‘vorligini aks etardi. Men buni ko‘rishim bilanoq yerga muk tushdim, so‘ng bir ovoz eshitdim.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак