Ishayo 30 bob

1 Misrdan yordam kutish befoyda. 8 Isroil quloq solishdan bosh tortadi. 27 Egamiz Ossuriyani jazolaydi.

1 Egam aytar: “Eh, itoatsiz xalqim! Ularning holiga voy! Mensiz maslahatlar qilishadi. Sulhlar tuzadi, lekin Mening Ruhim yo‘q–ku ularda! Ha, xalqim gunoh ustiga gunoh orttiraveradi.
2 Axir, Mendan so‘ramasdan Misrga boryaptilar, Fir’avndan panoh so‘ryaptilar, Misrdan boshpana istayaptilar.
3 Ammo fir’avnning himoyasi ularga sharmandalik bo‘ladi, Misrning boshpanasi ularni uyatga qoldiradi.
4 Mana, xalqimning a’yonlari Zo‘vanga yetib keldilar, Elchilari Xanesga kirib keldilar.
5 Lekin ularning hammasi sharmanda bo‘ladi, Axir, Misr ularning xalqiga yordam bermaydi. Hech qanday madad, foyda yo‘q, Ular sharmanda bo‘lib, ta’na tagida qoladi.”
6 Nagav cho‘lidagi hayvonlar haqida bashorat: Eshagu tuyalarga xazinalarini ortib, Misrga olib ketmoqda. Vahimali sahro bo‘ylab sekin Misr tomon bormoqda. Ular bormoqdalar sherlaru zaharli ilonlar Yashaydigan sahro bo‘ylab. Ammo Misr ularga yordam bermaydi.
7 Misr bergan madad bekor, foydasiz, Shu bois Men Misrni “Jim o‘tirgan Rahob”, deb atayman.
8 Egam aytar: “Endi bor, so‘zlarimni bir lavhaga yozib, Bu xalq uchun kitob qilib ber. Bu kelgusi vaqtlar uchun bo‘lsin, Yozilganlar to abad bo‘lsin.”
9 Ular isyonkor xalq, yolg‘onchi bolalar! Egasining yo‘l–yo‘riqlariga Quloq solishni rad etgan bolalar ular.
10 Ular valiylarga aytar: “Endi vahiy ko‘rmanglar.” Ular payg‘ambarlarga aytar: “Bizlarga haqiqiy bashoratlarni aytmanglar. Bizga shirin so‘zlaru soxta vahiylar ayting.
11 Bu yo‘ldan yurmang endi! Qayting bu yo‘ldan. Isroil xalqining muqaddas Xudosi haqida endi Eshitmaylik hech bir narsa!”
12 Shu bois Isroil xalqining muqaddas Xudosi aytar: “Sizlar Mening so‘zlarimni rad qildingiz, Zulmga, yolg‘onga umid bog‘ladingiz, Ularga ishondingiz.
13 Shu bois sizlar uchun bu gunohingiz Yorilgan, shishib ketgan devor kabi bo‘ladi. Birdan, bir lahzada qulab tushadi.
14 Sopol idish kabi u parcha–parcha bo‘lib ketadi. Shunchalik ezilib ketadiki O‘choqdan cho‘g‘ yoki hovuzdan suv olgani Biron parchasini ham topib bo‘lmaydi.”
15 Egamiz Rabbiy, Isroil xalqining muqaddas Xudosi shunday demoqda: “Menga qaytsangiz najot topasiz, Halovatli bo‘lsangiz qutqarilasiz. Sokinligu ishonchingiz sizning kuchingiz bo‘ladi. Ammo sizlar buni xohlamadingiz.
16 Aytdingizki: ‘Yo‘q, otlarga minib uchib ketamiz’, Mana, endi otlarga minib uchib ketasiz! Aytdingizki: ‘Uchqur otlarga minib ketamiz’, Endi esa sizni ta’qib qiladiganlar uchqur bo‘ladi!
17 Qaranglar, xalqingizdan besh–oltitasi qolmaguncha Bir kishining tahdidi mingtangizni qochiradi. Besh kishining tahdidi sizlarni qochiradi. Ammo qolganlar tepalikdagi bayroq dastasiday bo‘ladi. Ular tog‘ cho‘qqisidagi bayroq kabi ishora bo‘ladi.”
18 Shuning uchun Egam kutmoqda, Sizlarga shafqat ko‘rsatay, deb. Mana U qo‘zg‘almoqda, O‘z mehrini ko‘rsatay, deb. Axir, Egam adolatli Xudodir. Unga umid bog‘laganlar baxtiyordir.
19 Ey Quddusda makon qilgan Sion xalqi! Sizlar endi yig‘lamaysizlar. Faryodingizni eshitib, Egam albatta marhamat ko‘rsatadi. Ovozingizni eshitib, javob beradi.
20 Rabbiy sizlarga kulfatni non qilib, qayg‘uni suv qilib bersa ham, endi O‘sha Ustozingiz O‘zini yashirmaydi. Sizlar o‘z ko‘zlaringiz bilan Uni ko‘rasizlar.
21 Sizlar o‘ngga yoki chapga burilganingizda, shunday ovozni eshitasizlar: “Mana yo‘l, shu yo‘ldan yuringlar.”
22 Keyin hamma kumush butlar, oltin tasvirlaringizni yo‘q qilib tashlaysiz. Siz o‘sha narsalarni iflos latta–puttaday uloqtirib tashlaysiz. “Ey, daf bo‘l ko‘zimdan!” deysiz o‘sha narsalarga.
23 Egam yerga ekkan urug‘ingizga yomg‘ir beradi. Yerdan keladigan oziq–ovqat mo‘l, barakali bo‘ladi. O‘sha kuni chorvangiz keng yaylovlarda o‘tlaydi.
24 Tuproqqa ishlov bergan ho‘kiz, eshaklar eng yaxshi yemni yeydilar.
25 O‘sha kuni, dushmanlaringiz o‘ldirilgan, minoralar qulagan kuni har bir tog‘dan, har bir tepalikdan irmoq oqib tushadi.
26 Oy quyoshga o‘xshab nur sochadi. Quyosh esa yetti barobar ko‘proq nur beradi, yetti kunlik yorug‘ligini sochadi. Egam O‘z xalqining yaralarini bog‘lab, O‘zi keltirgan jarohatlarga shifo bergan kun shunday bo‘ladi.
27 Ana, Egamizning O‘zi uzoqdan kelmoqda, Qalin bulut ichida, g‘azabga minib kelmoqda. Lablari g‘azabga to‘la, Tili — yamlamay yutadigan olovday.
28 Uning nafasi bo‘yingacha keladigan Toshqin daryoga o‘xshar, U xalqlarni halokat elagida elaydi. U elatlarning og‘ziga suvluq soladi–da, Ularni yo‘ldan adashtiradi.
29 Sizlar esa muqaddas bayram oqshomidagiday qo‘shiqlar kuylaysiz. Egamizning tog‘iga, Isroil xalqining Qoyasiga nay sadolari ostida borayotganlarday yuraklaringiz shodlikka to‘ladi.
30 Egamiz O‘z ulug‘vor ovozini eshittiradi. Ha, qo‘lining zarbasi og‘irdir. Uning kuchli g‘azabi, yamlamay yutay degan olovga o‘xshaydi. Ha, Uning g‘azabi bo‘ronu dovul, momaqaldiroq kabidir.
31 Egamiz hassasi bilan Ossuriyani uradi. O‘z ovozi bilan uni dahshatga tushiradi.
32 Egamiz qayta–qayta Ossuriyani doira va arfa sadolari ostida hassasi bilan jazolaydi. Egamiz O‘z qo‘lining zarbi bilan jang qilib, ular bilan urishadi.
33 Tofat allaqachon tayyorlangan. Ha, u hatto Ossuriya shohi uchun ham tayyor turibdi. Bu keng chuqurda alangayu o‘tin mo‘l–ko‘l. U yerda Egamizning nafasi vulqondan chiqqan olov kabi yondiradi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак