Ishayo 43 bob

1 Isroil xalqining qutqaruvchisi Egamizdir. 14 Bobildan xalos bo‘lish. 22 Isroil xalqining gunohlari.

1 Endi ey Yoqub nasli, seni yaratgan Egamiz gapirmoqda! Ey Isroil xalqi, seni barpo qilgan Egamiz shunday aytmoqda: “Men seni qutqardim, Sening ismingni aytib chaqirdim, Sen Menikisan, qo‘rqma!
2 Suvlardan o‘tganingda Men sen bilan birga bo‘laman. Daryolardan o‘tganingda Suvlar seni ko‘mmaydi. Olovdan o‘tganingda yonmaysan, Olov seni kuydirmaydi.
3 Ha, Men sening Egang Xudoman, Isroil xalqining muqaddas Xudosi — Qutqaruvchingman. Sen uchun to‘lov qilib Misrni berdim, Habashiston, Savo yurtlarini sening o‘rningga berdim.
4 Ko‘z oldimda azizsan, qadrlisan, Men seni sevaman. Shu bois sening evazingga odamni, Joning evaziga xalqlarni beraman.
5 Qo‘rqma, Men sen bilan birgaman, Naslingni sharqdan olib kelaman, Sizlarni g‘arbdan yig‘ib kelaman.
6 Shimolga: ‘Ularni ber’, deyman. Janubga: ‘Ularni ushlab qolma’, deb aytaman. O‘g‘illarim uzoqlardan, Qizlarim yerning chetlaridan kelsin.
7 Menga tegishli bo‘lganlarni O‘z shuhratim haqi yaratdim, O‘zim ijod qilib, ularni bino qildim.”
8 O‘sha xalqni ozod qilgin. Ko‘zi bor, ammo ko‘r bo‘lgan, Qulog‘i bor, ammo kar bo‘lgan O‘sha xalqni ozod qilgin.
9 Jamiki elatlar birga yig‘ildi. Qani, xalqlar kelib qo‘shilsin. Ularning orasidan kim buni aytib beradi?! O‘tib ketgan narsalarni kim bizga bildiradi?! Guvohlarini chaqirib, haqligini isbotlasin, Boshqalar eshitib: “Bu to‘g‘ri”, deb aytsin.
10 Egamiz shunday aytmoqda: “Sizlar mening shohidimsizlar, Sizlar mening qulimsizlar. Meni bilsin, Menga ishonsin, deb Tanho Xudo Men ekanligimni bilsin, deb Sizlarni tanladim. Mendan oldin biron xudo bo‘lmagan, Mendan keyin ham bo‘lmaydi.
11 Men Egangizman! Yolg‘iz Men Egangizman, Mendan boshqa qutqaruvchi yo‘q.
12 Men O‘zim aytdim, qutqardim, bildirdim, Orangizda boshqa biron xudo yo‘q.” Egamizning kalomi shudir: “Men Xudoman, sizlar Mening shohidimsiz.
13 Ha, azaldan buyon Men O‘shaman, Hech kim Mening qo‘limdan qutqara olmaydi. Men qilganimni kim bekor qila oladi?!”
14 Isroil xalqining muqaddas Xudosi, Qutqaruvchingiz — Egamiz shunday demoqda: “Sizlarni deb Bobil ustiga lashkar yuboraman, O‘zlari faxrlangan kemalarda Bobilliklar qochishga majbur bo‘ladilar.
15 Men muqaddas Xudoyingiz — Egangizman, Isroil xalqining Yaratuvchisi — Shohingiz Menman.”
16 Egamiz shunday demoqda: “Men dengizni bo‘lib, yo‘l qildim, Bahaybat suvlar ichra so‘qmoq ochdim.
17 Jang aravalariyu otlarni, Lashkaru jangchilarni olib chiqdim. Ana ular yotibdilar, turmaydilar. Pilikday miltirab, o‘chib qolganlar.
18 O‘tmishdagilarni yodga olmang, Qadimgilarni o‘ylayvermang.
19 Mana, Men yangi bir ish qilyapman. Shu paytning o‘zidayoq sodir bo‘lyapti! Ko‘rmayapsizmi?! Men sahroda yo‘llar ochaman, Ha, cho‘lda daryolar yarataman.
20 Hatto yovvoyi hayvonlar Meni ulug‘laydi, Chiyabo‘ri, tuyaqushlar ham Meni sharaflaydi. Zotan, tanlagan xalqimga suv beray, deya Sahroga suvlar yubordim, Cho‘lda daryolar yaratdim.
21 Bu xalqni O‘zim uchun yaratganman. Ular Menga hamdu sano aytsinlar.
22 Sen esa, ey Yoqub nasli, Menga sajda qilmading! Ey Isroil xalqi! Sen Mendan bezor bo‘lding.
23 Kuydiriladigan qurbonlik qilib, Qo‘ylaringni Menga olib kelmading. Qilgan qurbonliklaring bilan Meni ulug‘lamading. Don nazrlarini og‘ir yuk qilmadim–ku! Tutatqilar so‘rab, seni charchatmadim–ku!
24 Menga xushbo‘y hidli qamish sotib olmading. Qurbonliklar yog‘i bilan Meni to‘ydirmading. Evoh, gunohlaring bilan Menga yuk bo‘lding, Ayblaring bilan Meni charchatding.
25 O‘zimning haqi–hurmatim Ayblaringni kechiradigan Menman. Gunohlaringni yodga olmayman.
26 Qani, birga da’volashaylik. Gapir! Aybsizligingni isbotla–chi! Yodimga sol–chi!
27 Axir, eng katta bobong gunoh qilgandi. Payg‘ambaru ruhoniylaring Menga qarshi chiqqandi.
28 Shu bois muqaddas maskanning Boshliqlarini harom qilaman. Ha, Yoqub naslini halokatga, Isroil naslini haqoratga hukm etaman.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18