Ishayo 41 bob

1 Xudoning Isroil xalqiga bergan va’dasi. 21 Butlar foydasizdir.

1 Egam aytar: “Mening oldimda sukut saqlang, Ey dengiz ortidagi yurtlar! Xalqlarning kuchi qayta tiklansin. Ular yaqinroq kelib, gapirsinlar. Hukm qilishga birga yig‘ilaylik.
2 Kim sharqdan g‘olib shohni chaqirdi? Kim uni o‘z xizmatiga chaqirdi? Kim unga elatlarni bo‘ysundiradi? Kim shohlarni oyog‘i ostida ezadi? Qilichi bilan ularni chopib tashlaydi, Yoyi bilan ularni somonday uchiradi.
3 Ularni ta’qib qiladi, Oyoq bosmagan yo‘ldan yuradi, O‘sha joylardan eson–omon o‘tadi.
4 Bularni qiladigan kim, bajaradigan kim?! Boshidan avlodlarni dunyoga keltirgan kim?! Men emasmi?! Azaldan Men sizning Egangizman, Oxirgacha ham Egangiz bo‘laman.
5 Dengiz ortidagi yurtlar Buni ko‘rib, qo‘rqadi. Yer yuzining to‘rt burchidan titrab, Ular yaqinlashib keladi.
6 ‘Qo‘rqmagin’, deya hamma Bir–biriga dalda beradi.
7 Mana, hunarmand odam Tilla ustasiga dalda beradi. ‘Ha, yaxshi chiqdi’, deb misgar Temirchiga dalda beradi. Yiqilib tushmasin, deb butni mixlab qo‘yadi.
8 Ammo sen–chi, ey qulim Isroil, Ey O‘zim tanlagan Yoqub nasli, Do‘stim Ibrohimning avlodi!
9 Seni yerning to‘rt burchidan olib keldim, Yerning olis burchaklaridan chaqirdim. Aytdimki: ‘Sen Mening qulimsan, Seni tanladim, rad etmadim.’
10 Qo‘rqma, Men sen bilan birgaman, Vahimaga tushma, Men sening Xudoyingman. Senga kuch beraman, O‘zim yordamga kelaman, G‘olib o‘ng qo‘lim bilan seni qo‘llayman.
11 Ha, senga qarshi bo‘lganlarning hammasi Sharmandayu sharmisor bo‘lib qoladi, Dushmanlaring yo‘q bo‘ladi, nobud bo‘ladi.
12 Urush qiladiganlarni izlab ham topa olmaysan, Sen bilan jang qilganlar tamomila tugab bitadi.
13 Men O‘zim, Egang Xudo, o‘ng qo‘lingni kuchaytiraman, Senga: ‘Qo‘rqma, O‘zim yordamga kelaman’, degan Menman.”
14 Egamiz shunday aytmoqda: “Qo‘rqma, ey Isroil xalqi, Yoqub nasli! Sen kichkina bir chuvalchangdaysan. Ammo O‘zim senga yordam beraman. Men, Isroil xalqining muqaddas Xudosi, Sening Qutqaruvchingman.
15 Sendan bug‘doy yanchadigan xo‘ptir yasayman, Yangi, o‘tkir, tishli xo‘ptir qilaman, Sen tog‘larni yanchasan, ezasan, Tepaliklarni somon qilasan.
16 Sen ularni sovurib tashlaysan, Ularni shamol uchirib ketadi. Bo‘ron ularni to‘zg‘itadi, Sen esa Men, Egang, tufayli sevinch topasan, Isroil xalqining muqaddas Xudosi ila maqtanasan.
17 Qashshoqlaru muhtojlar suv izlar, Ammo suv yo‘q. Og‘izlari chanqoqdan qurib ketgan. Men, Egangiz, ularga javob beraman, Men, Isroil xalqining Xudosi, ularni tark etmayman.
18 Yalang‘och tepaliklar ustidan daryolar o‘tkazaman, Vodiylar o‘rtasida buloqlar ochaman. Sahrolarni suv to‘la hovuzlarga aylantiraman, Qaqragan yerda buloqlar ochaman.
19 Cho‘lda sadr, akas, zaytun daraxtlarini, Hamda mirta butalarini o‘stiraman, Sahroda sarv, archa, qarag‘ay daraxtlarini o‘stiraman.
20 Mana, hamma ko‘rib bilsin, Bularni Men, Egasining qo‘li qilganini tushunsin. Men, Isroil xalqining muqaddas Xudosi, Bularni yaratganimni ular anglab yetsin.”
21 Yoqub naslining Shohi — Egamiz, shunday deydi: “Da’volaringizni ayting, Isbotingizni keltiring.
22 Qani, butlaringizni olib keling, Kelajakda nima bo‘lishini Butlaringiz aytib bersin. O‘tmishda bo‘lganlarni tushuntirsin–chi! O‘shalar haqida o‘ylab ko‘raylik. Oxiri nima bo‘lishini bilaylik. Ha, bo‘ladiganlarni bizga aytsin.
23 Ey butlar! Kelajakni bizga bildiring, Shunda xudo ekanligingizni bilamiz. Biron yaxshilik yoki yomonlik qilib ko‘ring–chi, Ko‘rib, birgalikda vahimaga tushaylik.
24 Axir, sizlar hech nima emassiz, Ishlaringiz esa undan ham battar. Sizni tanlaganning o‘zi jirkanchdir.
25 Men shimoldan bir yetakchi chaqirdim. Ana, u keladi. Sharqdan kelib, Mening nomimga shuhrat keltiradi. Hukmdorlarni u tuproqday oyoq osti qiladi, Kulolning loyiday qilib tepkilaydi.
26 Kim buni oldindan aytibdiki, biz bilibmiz?! Kim buni ilgari bildiribdiki, ‘U haq edi’, deb aytsak?! Sizlar gapirganingizni hech kim eshitmadi, Hech kim aytmadi, xabar bermadi.
27 Quddusga bashorat qilinganlar, Qarang, mana o‘shalar! Ha, Sionga yana xushxabar elchisini Men yubordim.
28 Qaradim, lekin birontasi yo‘q, Orasida birorta maslahatchi yo‘q, So‘raganda javob beradigani yo‘q.
29 Qarang, butlarining hammasi soxta, Qilgan ishlari hech nima emas, Hamma butlari shamolday behuda.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18