Ishayo 8 bob

1 Ishayoning o‘g‘li xalq uchun nishona.

1 Shunda Egamiz menga aytdi: — Katta lavha olib, unga: “Moxirshalolxoshbozga tegishli”, deb tushunarli qilib yoz.
2 Men ruhoniy Uriyo bilan Yabarakiyo o‘g‘li Zakariyoni O‘zimga ishonchli guvohlar qilib tayinlayman.
3 Shundan keyin men xotinim bilan yotdim. U homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. Shunda Egamiz menga dedi: — Uning ismini Moxirshalolxoshboz, deb qo‘y.
4 Bola hali “ota”, “ona”, deb aytishni o‘rganmasdan oldin, Ossuriya shohi Damashqning boyliklarini va Samariyadan tortib olgan o‘ljalarini olib ketadi.
5 Egamiz yana menga gapirib:
6 Bu xalq tinch oqadigan Shilo‘vax suvlaridan voz kechdi, Ratan va Ramaliyo o‘g‘li Pekaxdan ko‘ngillari shod bo‘ldi, — dedi.
7 — Shuning uchun, Men, Rabbiy, xalqimga qarshi Ossuriya shohini va uning butun shavkatli lashkarini boshlab kelmoqdaman. Ular Furot daryosining bahaybat to‘lqinlari kabidir. Hamma irmoqlardan oshib, hamma qirg‘oqlardan toshib ketadi.
8 Sel kabi Yahudoni bosadi, uning bo‘g‘ziga yetib keladi. Ey Immanuil! Yoyilgan qanotlari butun yeringni to‘ldiradi!
9 Ey xalqlar, yig‘ilavering, halokatga yo‘liqasiz! Ey jamiki uzoq yurtdagilar, eshiting! Belingizni bog‘layvering, ammo halokatga yo‘liqasiz! Belingizni bog‘layvering, ammo halokatga yo‘liqasiz!
10 Puxta reja qilavering, ammo puchga chiqadi, So‘z beravering, ammo amalga oshmaydi, Chunki Xudo biz bilandir!
11 Egam qudrati bilan meni O‘ziga tortib, menga ko‘rsatma berdi: — Bu xalqning yo‘lidan bormanglar.
12 Bu xalq, isyon, deb aytadigan hamma narsani sizlar, isyon, deb bilmanglar. Ularni qo‘rquvga soladigan narsalardan sizlar qo‘rqmanglar, vahimaga tushmanglar.
13 Sizlar Men, Sarvari Olamnimuqaddas deb izzat qilinglar. Faqat Mendan qo‘rqing, faqatgina Men sizni vahimaga solay.
14 O‘shanda Mening O‘zim panoh bo‘laman. Ammo Isroilning ikkala xonadoni uchun Men qoqiltiradigan tosh, to‘sqinlik qiladigan qoya, Quddus aholisi uchun tuzoq va to‘r bo‘laman.
15 Ulardan ko‘plari qoqiladi, yiqilib, burda–burda bo‘ladi. Ular tuzoqqa tushib, asir bo‘ladi.
16 Dalilimni o‘rab bog‘la, shogirdlarim orasida ta’limotimni muhrla.
17 Sarvari Olam Sion tog‘ida maskan qilgan. U Yoqub xalqidan yuzini yashiryapti, ammo men Uni kutaman,
18 umidim Undadir. Mana, qarang, Egam bergan farzandlarim bilan birga men shu yerdaman! Isroilda biz belgi va nishonamiz.
19 Xalqlar sizlarga: “Otalar ruhiga, folbinlarga, azayimxonlarga va afsungarlarga boringlar”, deb aytsalar, sizlar o‘z Xudoyingizga bormaysizmi?! Axir, tiriklar o‘liklardan nasihat izlab boradimi?!
20 Shunday deganlarga yorug‘lik bo‘lmaydi. Xudoning yo‘l–yo‘riqlari va ta’limotiga maslahat soling.
21 Ular bu yurt bo‘ylab o‘tadi, ular och, iztirobda. Och qolib, g‘azablanib, shohini va xudolarini la’natlaydi. Yuqoriga qaraydi,
22 yerga qaraydi. Ana, kulfat va zulmat, g‘am va ofat. Ular yo‘q bo‘lib ketadi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18