Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i 1 bob

Kirish

Ba’zi tarjimalarda bu kitob “Qo‘shiqlarning qo‘shig‘i”, deb ham atalgan. Kitobning nomi esa ibroniychada “eng go‘zal qo‘shiq” degan ma’noga egadir.

Bu kitob bir qiz bilan yigitning bir–birlariga sevgi izhor qilib aytgan qo‘shiq va she’rlardan iboratdir. Bu kitobda yigit va qiz ba’zan o‘zlariga o‘zlari gapiradilar. Ba’zan esa bir–birilariga yoki do‘stlariga gapiradilar. Ba’zi she’rlarda ular o‘z munosabatlarining boshida sodir bo‘lgan voqealarni eslayotganga o‘xshaydilar.

Bu qo‘shiqlarni har xil tushunish mumkin. Ba’zilar, qo‘shiqlardagi yigit Sulaymonning o‘zi, deydilar. Boshqalar esa bu qo‘shiqni Sulaymonning saroyida yuz berayotgan voqeaday tushunadilar. Ya’ni qiz shohning saroyiga keltirilgan, lekin o‘z qishlog‘ida sevgilisi bor. Kitobda bayon etilishi bo‘yicha sevishganlar oxiri topishadilar. Ba’zilar bu qo‘shiqdagi yigit va qizni, “Xudo va Uning xalqining yoki Masih va Uning jamoatining tasviri”, deb tushunadilar.

Bu kitobni yigit va qiz bir–biriga nisbatan qanchalik chuqur va kuchli sevgiga ega bo‘lishi mumkinligini izhor etadigan qo‘shiqlar to‘plami deb aytish ham mumkin. Bu qo‘shiqlar qadimgi Isroilda to‘ylarda aytilgan bo‘lishi ham mumkin. Bu kitobning sakkizinchi bob, oltinchi, yettinchi oyatlarida shunday deyiladi:

Qo‘lingdagi muhr uzugingday,

Meni ham yuragingga muhrlab olgin.

Axir, sevgi o‘limday kuchli,

Ishq ajalday shiddatlidir.

Sevgining uchqunlari olov uchqunlariday,

Lovullagan alangadaydir.

Suv sevgini o‘chirolmaydi,

To‘fonlar uni cho‘ktirolmaydi.

Birortasi sevgi uchun

Uyidagi bor boyligini bersa ham,

Mazaxdan boshqa hech narsaga erishmaydi.

 

1–BOB - Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i

Birinchi qo‘shiq

 

1 Sulaymonning eng go‘zal qo‘shig‘i. O‘pgin meni lablaring bilan, Sening sevging sharobdan ham shirinroqdir.
2 Atir moylaring qanchalik xushbo‘y! Yoqimli atir kabi noming har tarafga taralar. Shuning uchun qizlar seni sevarlar.
3 Meni o‘zing bilan olib ket, tezroq boraylik. Ey shohim, meni o‘z yotog‘ingga olib kirgin. Ey shohimiz, biz quvonamiz. Siz bilan sevinamiz, Sharobdan ham ko‘proq sizning sevgingizni maqtaymiz. Ey sevgilim! Qizlar seni sevib, to‘g‘ri qilishadi.
4 Ey Quddus qizlari! Men qorachadan kelgan bo‘lsam ham go‘zalman, Kedar chodirlariday qora bo‘lsam ham, Sulaymon pardalariday chiroylidirman.
5 Qoraligim uchun menga past nazar bilan qaramanglar. Quyosh nurlari meni qoraytirdi. Aka–ukalarimning mendan jahli chiqib, Meni uzumzorlar qorovuli qilib qo‘yishdi, Ammo o‘z uzumzorimga qaray olmadim!
6 Sevgilim, menga aytgin–chi, Qayerda o‘z podangni boqasan? Tush vaqti ularni qayerga yotqizasan? Ayt menga, yana podachi do‘stlaring oldida Uyatsiz ayollarday bo‘lib yurmay axir.
7 Qayerdaligimni bilmasang, Ey go‘zallarning go‘zali, Podaning izlaridan borgin. Cho‘ponlarning chodirlari oldida O‘z echkilaringni o‘tlatgin.
8 Ey sevgilim, Sen fir’avn aravasiga qo‘shilgan uchqur otday go‘zalsan.
9 Ziraklaring tufayli yonoqlaring go‘zaldir, Marvaridlar bo‘yningni qanday chiroyli qilar.
10 Senga atab tilladan bezaklar, Kumushdan taqinchoqlar yasattiraman.
11 Shohim yonboshlab yotganda, Atirlarim o‘z hidini taratdi.
12 Ko‘kraklarim orasida yotgan, Xushbo‘y mirraga to‘la xaltacha kabidir mening sevgilim.
13 U men uchun Engedi bog‘laridagi Xina gullaridaydir.
14 Go‘zaldirsan, ey sevgilim, Sen go‘zalsan! Ko‘zlaring kabutar ko‘zlariday nazokatlidir.
15 Chiroylisan, ey sevgilim, Juda ham xushro‘ydirsan, Yam–yashil maysalar bizning to‘shagimizdir.
16 Sadr daraxtlari tomimiz bo‘lsa, Archalar tomimiz sinchlaridir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18