Filippiliklarga maktub 1 bob

Kirish

Filippiliklarga maktub Filippi shahri Gretsiyaning shimolidagi Makedoniya hududida joylashgan edi. Filippi shahri Pavlus Xushxabarni targ‘ib etgan Yevropadagi birinchi shahar edi. Uning faoliyati natijasida bu shaharda imonlilar jamoati yuzaga keldi.

Pavlus bu maktubini Filippiliklar yuborgan hadyalar va ularning ibodatlari uchun minnatdorchiligini bildirish hamda ularga bo‘lgan mehr–muhabbatini izhor etish niyatida yozgan. Bu maktubni yozgan paytda Pavlus qamoqda edi. Bu maktubda u Xushxabarni targ‘ib qilish uchun qamoqdan ozod bo‘lish istagi, ammo o‘limga ham mahkum qilinishi mumkinligi haqida yozadi. Bu maktub yozilgan vaqtda Pavlus jamoatda o‘rgatilayotgan yolg‘on ta’limotlar tufayli ham ko‘p aziyat chekayotgan edi. Bu ta’limot Pavlus targ‘ib qilgan Xushxabarning haqiqatlarining teskarisi edi. Ba’zi odamlar, masihiylar Musoning qonunlariga amal qilmasalar, najot topmaydilar, deb ta’lim berayotgan edilar. Pavlus mana shunday odamlarga nisbatan hushyor bo‘lishni va ularning ta’limotlariga quloq tutmaslikni maslahat beradi.

Bu maktubdan ko‘rinib turibdiki, Pavlus qiyin ahvolda bo‘lsa ham, Iso Masihga bo‘lgan imoni tufayli xursandchilik va ishonchga to‘la. Fursatdan foydalanib, Pavlus o‘z maktubida Filippilik imonlilarga tasalli beradi. O‘zining hayotidagi va ularning boshiga tushgan qiyinchiliklarga qaramay, ularni jasoratli va imonli bo‘lishga undaydi. Ular Muso qonunlariga amal qilish bilan emas, balki Xudoning inoyati tufayli Iso Masihga tegishli ekanliklarini eslatadi. U yana Iso Masihga ishonib yashaganlarga Xudo shodlik va tinchlik berishi haqida ham yozadi. Xudoning xalqi ahil yashashlari kerakligini eslatadi. Shuningdek ularga, xudbinlik va mag‘rurlik ixtiyorida bo‘lmanglar, balki Iso Masihga o‘xshab, kamtarin bo‘linglar, deb iltijo qiladi: “Fikr–zikringiz Iso Masihnikiday bo‘lsin. Iso Masih Xudoning tabiatiga ega edi, shunda ham U Xudo bilan tengligini mahkam tutmadi. Aksincha, U bu ulug‘vorlikdan voz kechib, qul tabiatiga kirdi, inson bo‘lib tug‘ildi. U inson qiyofasida yashab, o‘zini past tutdi. Itoatkorlik bilan yashab, hatto o‘limga, xochdagi o‘limga ham rozi bo‘ldi.” (2:5-8)

 

1–BOB - Filippiliklarga maktub

Duoyi salom

 

1 Iso Masihning qullari Pavlus va Timo‘tiydan Filippi shahridagi barcha Iso Masihning azizlariga hamda jamoat yetakchilari va xizmatchilariga salom!
2 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.
3 Har safar sizlarni yodga olganimda Xudoyimga shukrona aytaman.
4 Hammangiz uchun ibodat qilganimda, har doim shodlik bilan ibodat qilaman,
5 chunki sizlar Xushxabarga ishonganingizdan boshlab to hozirga qadar o‘sha Xushxabarni yoyishda men bilan birga ishtirok etib kelmoqdasizlar.
6 Xudo sizlarning hayotingizda boshlagan ezgu ishini Iso Masih keladigan kungacha bitirishiga aminman.
7 Sizlarni yaxshi ko‘rganim uchun hammangiz haqingizda shunday fikr qilishim o‘rinlidir. Axir, qamoqdaligimda ham, Xushxabar haqiqat ekanligini himoya qilish va ta’kidlashimda ham Xudo bergan inoyatda sizlar menga sheriksizlar.
8 Mana, Xudo shohid: men sizlarni rosa sog‘inganman, chunki sizlarni Iso Masihnikiday bo‘lgan mehr–muhabbat bilan yaxshi ko‘raman.
9 Sizlarning muhabbatingiz yanada oshib, bilim va aql–idrok bilan boyisin, deb ibodat qilyapman,
10 chunki men sizlarning a’lo narsalarni tanlaydigan bo‘lib, Masih keladigan kunda pok va aybsiz bo‘lishingizni istayman.
11 Toki sizlarning hayotingiz Iso Masih kuchi orqali solihlik samarasiga to‘lib, Xudoga sharaf va maqtov keltirsin.
12 Ey birodarlar, shuni bilishingizni istaymanki, boshimga tushganlarning hammasi Xushxabarning yanada ko‘proq yoyilishiga turtki bo‘ldi.
13 Masih tufayli qamalganligim butun saroy qo‘riqchilariga va bu yerdagilarning hammasiga ma’lum bo‘ldi.
14 Mening qamoqdagi vaziyatim ko‘p birodarlarning Rabbimiz Isoga bo‘lgan ishonchini oshirdi, shuning uchun ular qo‘rqmasdan, katta jasorat bilan Masih haqidagi xabarni targ‘ib qilmoqdalar.
15 To‘g‘ri, Masih haqidagi Xushxabarni ba’zilar baxillik va xasadgo‘ylik bilan, ba’zilar esa yaxshi niyat bilan targ‘ib qilyaptilar.
16 Yaxshi niyat bilan targ‘ib qilayotganlar meni yaxshi ko‘rganlari uchun va men Xushxabarni himoya qilishga tayinlanganimni bilib shunday qilyaptilar.
17 Qolganlar esa Xushxabarni raqobat ruhi bilan targ‘ib qilyaptilar. Ular pok niyatda emas, balki mening qamoqda tortayotgan azoblarim ko‘paysin, deb shunday qilyaptilar.
18 Ammo nima farqi bor? Yomon niyatdami, yaxshi niyatdami, muhimi, Masih haqidagi Xushxabar targ‘ib qilinmoqda. Mana shu meni xursand qiladi. Men xursand bo‘lishda davom etaveraman,
19 9chunki bilaman, sizlarning ibodatlaringiz orqali va Iso Masih Ruhining yordami bilan mana shularning hammasi mening ozod bo‘lishimga olib keladi.
20 Ishonch bilan umid qilaman: isnodga qolmayman, aksincha, jasorat ko‘rsataman. Ha, umidim shuki, hozir ham oldingiday, o‘lsam ham, yashasam ham mening tanam orqali Masih ulug‘lanadi.
21 Zotan, men uchun hayot Masihdir, o‘lim esa yutuqdir.
22 Axir, tirik qoladigan bo‘lsam, samarali ishlar qilaveraman, shunday ekan, nimani tanlashni ham bilmayman.
23 Ikki yo‘lning qay birini tanlashni bilmay, boshim qotib qoldi. Mening istagim bu dunyodan ketib, Masih bilan birga bo‘lishdir. Shunday bo‘lsa juda yaxshi bo‘lardi.
24 Ammo tirik qolishim sizlar uchun zarurroqdir.
25 Bunga ishonchim komil, shuning uchun tirik qolishimni bilaman. Sizlarning imoningiz mustahkamlanib, quvonchingiz oshib boraverishi uchun men sizlar bilan birga qolaman.
26 Shunday qilib, men yana sizlarning oldingizga kelganimda, men tufayli Iso Masihdan yanada ko‘proq faxrlanasiz.
27 Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Masih Xushxabariga loyiq tarzda hayot kechirishingiz kerak. Shunday yashanglarki, men sizlarni ko‘rishga borganimda, Xushxabarning samarasi bo‘lgan imon uchun yakdillik bilan kurashib, bir ruhda mustahkam turganingizni ko‘ray! Ammo sizlarni ko‘rishga borolmasam, shunday xabar eshitay.
28 Sizlarga qarshilik ko‘rsatayotganlardan hech hayiqmanglar. Sizlarning qat’iyatingiz ularning halok bo‘lishidan, sizlarning esa najot topishingizdan dalolat beradi. Bu Xudoning ishidir.
29 Zotan Xudo sizlarga nafaqat Masihga ishonish, balki Uning uchun azob–uqubat tortish sharafini ato qilgan.
30 Axir, sizlar azob–uqubatlarimni ko‘rdingiz, hozir ham aziyat chekayotganim haqida eshityapsiz. Endi mana shu kurashda sizlar mening sheriklarimsiz.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак