Timo‘tiyga birinchi maktub 1 bob

Kirish

Timo‘tiyga birinchi maktub Mazkur xatning muallifi havoriy Pavlusdir. Pavlus bu maktubini o‘z o‘g‘liday bo‘lib qolgan yaqin xizmatdoshi va yordamchisi Timo‘tiyga yozgan.

Timo‘tiy Listra shahridan edi. Listra shahri hozirgi Turkiya hududida joylashgan. Timo‘tiyning onasi Iso Masihga imon keltirgan yahudiy, otasi esa yunon edi. Timo‘tiy Pavlus bilan birga Efes va Korinf shaharlariga, shuningdek, Makedoniya o‘lkasiga borib, Xushxabarni targ‘ib qilish xizmatida Pavlusga yordam bergandi. Safarga chiqishdan oldin Pavlus u yerdagi yahudiylarni vasvasaga solmaslik uchun Timo‘tiyni hatto sunnat ham qildirgandi (Havoriylar 16:1-3 ga qarang). Timo‘tiy havoriy hisoblanmasa–da, imonlilar jamoati uchun ko‘p xizmat qilgan sadoqatli masihiy bo‘lgan.

O‘sha davrda jamoatlarda soxta ta’limotlar keng tarqalgandi. Bu ta’limotlar yahudiy va g‘ayriyahudiy e’tiqodlarining chatishuvidan paydo bo‘lib, moddiy dunyoharom, najotga esa faqat sirli bilimga ega bo‘lish orqali erishsa bo‘ladi degan g‘oyani ilgari surardi. Bunday bid’atlar ba’zi ovqatlarni iste’mol qilishni va uylanishni man etardi. Pavlus bu ta’limotlarni fosh etib, Timo‘tiyga haqiqiy xudojo‘ylik bilan hayot kechirishni, jamoatda to‘g‘ri, sog‘lom ta’limot o‘rgatish haqida nasihat qiladi. Bulardan tashqari, Pavlus ushbu maktubida imonlilar jamoatining yetakchilari va xizmatkorlari zimmasiga qo‘yilgan talab hamda mas’uliyatlar to‘g‘risida so‘z yuritadi. U bevalar, xo‘jayinlar va qullar, boy birodarlar munosabatlari haqida ko‘rsatmalar berib, duo va ibodat mavzusini yoritib o‘tadi.

 

1–BOB - Timo‘tiyga birinchi maktub

Duoyi salom

 

1 Najotkorimiz Xudoning va biz umid bog‘lagan Iso Masihning amriga ko‘ra, Masihning havoriysi etib tayinlangan men — Pavlusdan
2 imondagi sodiq o‘g‘lim Timo‘tiyga salom! Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih senga inoyat, marhamat va tinchlik ato qilsin.
3 Men Makedoniyaga ketayotganimda, senga tayinlaganimday, Efes shahrida qol. U yerdagi ba’zi kishilar soxta ta’limotni o‘rgatayotgan ekanlar. Ularning bu qilmishlariga barham ber.
4 Ularga, afsonalar va shajaralar xususidagi bema’ni bahslar bilan band bo‘lmanglar, deb buyur. Axir, bunday bahslar faqat janjallarga sabab bo‘ladi. Odamlar Xudoning najot rejasini anglashlariga bular yordam bermaydi. Zero, inson Xudoning najotini imon orqaligina anglab oladi.
5 Men bu nasihatim bilan sizlarda mehr–muhabbat uyg‘otmoqchiman. Mehr–muhabbat sof yurakdan, toza vijdondan, xolis imondan hosil bo‘ladi.
6 Orangizdagi ba’zi odamlar esa bulardan yuz o‘girib, ahmoqona bahslarga berilib ketganlar.
7 Ular odamlarga Xudoning qonunini o‘rgatishni orzu qiladilar, qonunga tishi o‘tmasa–da, u haqda so‘zlab, ishonch bilan gapiradilar.
8 Biz bilamizki, Xudoning qonuni yaxshi, agar undan Xudo ko‘zlaganday foydalanilsa!
9 Qonun solihlar uchun emas, balki qonunsizu itoatsizlar uchun berilgani hammamizga ma’lum. Darhaqiqat, qonun betavfiqu gunohkorlar, diyonatsizu xudobezorilar, ota yoki onasini o‘ldirganlar, qotillar,
10 fahshbozlar, bachchabozlar, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar, yolg‘onchilaru soxta guvohlik beruvchilar, xullas, sog‘lom ta’limotga zid ish qilayotganlarning hammasi uchun berilgan.
11 Xudo menga ishonib topshirgan bu haqiqat Xushxabarda bayon qilingan. Muborak Xudoning ulug‘vorligi Xushxabarda ayon etilgan.
12 Ishimni bajarishda menga kuch–quvvat bergan Rabbimiz Iso Masihga shukrlar aytaman. U meni ishonchli deb bilib, O‘z xizmatiga olgani uchun g‘oyatda minnatdorman.
13 Men ilgarilari Masihga qarshi chiqar edim, Uning izdoshlarini ta’qib etib, ularga jabr–zulm qilardim. Biroq, shularga qaramay, Xudo menga rahm qildi, axir, men Masihga ishonmaganim uchun nima qilayotganimni o‘zim ham bilmasdim.
14 Rabbimiz Iso Masih menga cheksiz inoyat ko‘rsatdi. Uning O‘zi menga imon ato qilib, mehru oqibatni o‘rgatdi.
15 “Iso Masih gunohkorlarni qutqarish uchun dunyoga keldi”, degan gap to‘g‘ri va asoslidir, har jihatdan qabul qilinishga loyiqdir. Men o‘zim o‘sha gunohkorlarning eng ashaddiysi edim!
16 Ammo Iso Masih menga rahm qildi. Men kabi o‘taketgan gunohkorlarga nisbatan U nihoyatda sabrli ekanini ko‘rsatdi, toki boshqalar ham mendan ibrat olib, Unga ishonsinlar, abadiy hayotga ega bo‘lsinlar.
17 Mangu Shohga hamdu sanolar bo‘lsin! O‘lmas, ko‘rinmas, yagona Xudoga abadulabad shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.
18 Ey o‘g‘lim Timo‘tiy, sen haqingda ilgari aytilgan bashoratlarga binoan senga buyuraman: o‘sha bashoratlarga tayanib, ulug‘ kurashda jang qilgin.
19 Imoningni mahkam tut, vijdonli bo‘l. Ba’zi odamlar vijdonini sotdilar, ularning imoni halokatga uchragan kemaday barbod bo‘ldi.
20 Imeney va Iskandar shular jumlasidandir. Men ularni shaytonga topshirdim. Bu ularga saboq bo‘lib, ular Xudoga va Uning azizlariga qarshi chiqishni bas qiladilar.


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18