Ishayo 60 bob

1 Quddusning kelajakdagi ulug‘vorligi. 19 Xudoning O‘zi Quddusning ulug‘vorligidir.

1 Ey Quddus xalqi, tur, porlagin! Axir, nuring keldi, Egamizning ulug‘vorligi ustingga yog‘ildi.
2 Mana, yer yuzini zulmat qopladi, Xalqlarni quyuq zulmat bosdi. Ammo Egamiz senga keladi, Sen uzra Uning ulug‘vorligi porlaydi.
3 Xalqlar sening nuringga keladi, Tonggi yorug‘ligingga shohlar keladi.
4 Boshingni ko‘tarib, atrofingga boq! Hammasi to‘planib, senga kelmoqda. O‘g‘illaringni uzoqlardan olib keladilar, Qizlaringni chaqaloqlarday qo‘llarda ko‘tarib keladilar.
5 O‘shanda shularni ko‘rib, nur sochasan, Yuraging hapriqib, qinidan chiqquday bo‘ladi. Zotan, dengiz orqali keladigan boyliklar senga nasib etadi, Xalqlarning boyligi senga keladi.
6 Yurting tuya suruvlariga to‘lib ketadi, Midiyon, Efaxning bo‘taloqlari bilan to‘ladi. Ularning hammasi Shava yurtidan keladi, Oltinu tutatqilar olib keladi. Ular Egamizga madhlar aytadi.
7 Kedarning hamma qo‘y suruvlari senga keladi, Navayotning qo‘chqorlari senga xizmat qiladi. Egamizning qurbongohida Ular qurbonlik, deb qabul qilinadi. Egamiz O‘z uyini yanada ulug‘vor qiladi.
8 Bulutlar kabi uchayotgan nima u? Inlariga uchayotgan kaptarlarga o‘xshash nima u?
9 Shubhasiz, dengiz ortidagi yurtlar Egamizga muntazir bo‘ladi. Isroil xalqining muqaddas Xudosi — Egangiz Xudoning sharafiga Tarshish kemalari boshchiligida Bolalaringni uzoqdan olib kelishadi, Oltinu kumushlari bilan birga olib kelishadi. Zotan, Egamiz seni ulug‘vorlik bilan qoplagan.
10 Egamiz Quddusga shunday deydi: “Begonalar devorlaringni tuzatadi, Shohlari senga xizmat qiladi. G‘azablanganimda senga jazo bergan bo‘lsam ham, Endi marhamat qilib, senga shafqat qilaman.
11 Darvozalaring doimo ochiq bo‘ladi, Ular kechayu kunduz yopilmaydi. Shunda xalqlar senga boyliklarini olib keladi, Ularni o‘z shohlari boshlab keladi.
12 Senga xizmat qilmagan elatu shohlik yo‘q bo‘ladi, Ha, u xalqlar butunlay vayronaga aylanadi.
13 Lubnonning faxrlangan daraxtlari senga keladi. Sarv, chinor, sadr yog‘ochlari Muqaddas maskanimni bezatish uchun keltiriladi. Oyog‘im turgan shu joyga Men shuhrat keltiraman.
14 Senga zulm qilganlarning o‘g‘illari kelib, Senga ta’zim qiladilar. Sendan nafratlanganlarning hammasi Oyoqlaringga yiqiladi. Ular seni: ‘Egamizning shahri, Isroil xalqining muqaddas Xudosining shahri — Sion’, deb atashadi.
15 Ilgari sen tashlab ketilgan, Hamma nafrat etgan, Biror kimsa o‘tmaydigan joy eding. Endi Men seni abadiy ulug‘vor qilaman, Jamiki nasllarning shodligi qilaman.
16 Elatlar, shohlar seni ona kabi emizadilar, O‘shanda Men, Egang, sening najotkoring ekanligimni bilib olasan, Yoqub naslining qudratli Xudosi — Qutqaruvching Men ekanligimni anglaysan.
17 Senga bronza o‘rniga oltin, Temir o‘rniga kumush, Yog‘och o‘rniga bronza, Tosh o‘rniga temir keltiraman. Tinchlik sening hakaming, Solihlik hukmdoring bo‘ladi.
18 Yurtingda endi zo‘ravonlik tovushi eshitilmaydi, Chegarang ichida vayronagarchilik, halokat bo‘lmaydi. Devorlaringga, Najot, deya nom qo‘yasan, Darvozalaringga, Sharaf, deya nom berasan.
19 Endi kunduzi nuringni quyosh bermaydi, Oy ham yorug‘lik manbaing bo‘lmaydi. Senga Mening O‘zim to abad nur manbayi bo‘laman, Men, Xudoying, sening ulug‘vorliging bo‘laman.
20 Quyoshing hech qachon botmaydi, Oying endi boshqa yashirinmaydi. Ha, Men sening to abad nuring bo‘laman, Qayg‘uli kunlaring tamom bo‘ladi.
21 Xalqingning hammasi solih bo‘ladi, Ular yurtni to abad mulk qilib oladi. O‘zim o‘tqazgan niholdir ular, Menga shuhrat keltirsin, deb yaratgan Qo‘llarimning ijodi ular.
22 Eng kichik odamingdan mingta odam chiqadi, Eng zaif odamingdan kuchli xalq paydo bo‘ladi. Men, Egang, buni o‘z vaqtida tez bajo qildiraman.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак