Ishayo 28 bob

1 Xudo Samariyani jazolaydi. 7 Xudo buzuq yo‘lboshchilarni jazolaydi. 14 Quddus hukmdorlariga murojaat. 23 Barcha donolik Egamizdandir.

1 Ey ulug‘vorlik toji bo‘lgan shahar! Holingga voy! Efrayim, mast–alastlarining ulug‘vorligi eding sen! Eh, ajoyib, go‘zal shahar eding! Shuhrating gulday so‘lmoqda! Serhosil vodiydagi unumdor shahar eding. Tubanlashding sharobdan!
2 Mana, Rabbiyning kuchli bir bahodiri bor. U selga, vayron keltiradigan quyunga o‘xshaydi. Yuvib ketadigan, toshqin jalalarga o‘xshaydi. O‘z qo‘llari bilan u Efrayimni yakson qiladi.
3 Eh, Efrayim mast–alastlarining ulug‘vorlik toji! Ana endi oyoq ostida toptaladi!
4 Serhosil vodiydagi unumdor shahar edi! Endi ularning shuhrati gullar kabi so‘nadi. Ular ilk pishgan anjirlarga o‘xshaydi, Pishgan zahoti yulinib, yutib yuboriladi.
5 O‘sha kuni Sarvari Olam O‘zining xalqidan qolganlari uchun Shuhrat tojiyu ajoyib gulchambar bo‘ladi.
6 Hukm kursisida o‘tirganlarga U adolat ruhini beradi. Darvozadan dushmanga zarba beradiganga U jasorat manbayi bo‘ladi.
7 Ruhoniy, payg‘ambarlar sharob tufayli, O‘tkir ichimliklardan gandiraklab yuradi. Ha, sharob, bo‘zalardan ularning boshi aylanadi, May dastidan ular yo‘llaridan adashadi, O‘tkir ichimlikdan gandiraklab yuradi. Ular vahiy ko‘rganlarida xato qiladi, Qiladigan hukmlarida adashadi.
8 Ularning dasturxoni qusuqqa to‘la, Birorta ham toza joy yo‘q.
9 Xo‘sh, Xudo kimlarga o‘rgatyapti? Kimga xabarini tushuntiryapti? Mana shu xalqqa! Endi ko‘krakdan ajratilgan, Sutdan ayrilgan go‘daklarga!
10 Ha, ular tushunarsiz gaplar, Mazmunsiz so‘zlar eshitadilar. Ozgina u yerda, ozgina bu yerda.
11 Xudo bu xalqqa begona tillarda, Tushunarsiz tilda gapiradi.
12 Ularga shunday degan: “Mana, orom! Charchaganlarga dam bering. Mana shu rohat, axir.” Ammo ular eshitishdan bosh tortdi.
13 Egam so‘zi ular uchun tushunarsiz gaplar, Mazmunsiz so‘zlarday bo‘ladi. Ozgina u yerda, ozgina bu yerda. Shunday qilib, yuray deganingizda Orqaga yiqilib, yaralanasiz, Tuzoqqa tushib, olib ketilasiz.
14 Shu bois Egamdan kelgan bu xabarni eshiting, Ey Quddusdagi masxaraboz hukmdorlar!
15 Sizlar shunday dedingiz: “Biz O‘lim bilan ahd qilganmiz, O‘liklar diyori ila bitim tuzganmiz. Dahshatli ofat kelib boshimizga tushmaydi. Axir, yolg‘onni panoh qilib olganmiz, Soxtalikni chodir qilib olganmiz.”
16 Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Mana, Men joylashtiryapman Quddusda Sinalgan bir toshni, poydevor toshini. Bu qadrli tamal toshi, ishonchli poydevordir. Ha, unga tayanganlar hech qachon umidsiz bo‘lmaydi.
17 Men adolat bilan hukm qilaman, To‘g‘rilik o‘lchovim bo‘ladi. Soxta panohingizni do‘l yuvib ketadi, Chodiringizni sellar yuvib ketadi.
18 O‘lim bilan tuzgan ahdingiz bekor bo‘ladi, O‘liklar diyori ila qilgan bitimingiz barbod bo‘ladi. Dahshatli ofat yurtdan o‘tayotganda, Sizlar yer bilan yakson bo‘lasiz.
19 Ha, har tongda, tunu kun O‘sha to‘fon sizni yuvib ketadi.” Eshitganingizni anglab yetganingizda, Bu xabar g‘oyat katta xavfdan darak beradi:
20 Yotgani to‘shagingiz kaltalik qiladi, Yopingani ko‘rpangiz ensizlik qiladi.
21 Perazim tog‘idagiday O‘z ishimni qilay, deb Egam qo‘zg‘aladi. Givon vodiysidagiday U g‘azabga minadi. Ha, U O‘zining ajoyib ishini qiladi. Uning ishlari hayratda qoldiradi.
22 Masxaralashni bas qiling endi, Bo‘lmasa zanjirlaringiz yana og‘irlashadi. Sarvari Olam — Rabbiy menga: “Butun yurtni vayron qilaman”, deb aytdi.
23 Tinglang, ovozimga quloq soling, Diqqat qiling, gaplarimni eshiting!
24 Dehqonlar ekish uchun yerga ishlov beraveradimi?! Tuproq kovlayveradi–yu, hech qachon ekmaydimi?!
25 Yo‘q, ular yerni tekislaydi, Keyin ukrop, zira urug‘ini sepadi. Belgilangan joylariga Har turli bug‘doy, arpa urug‘ini ekadi.
26 Ha, dehqonlar nima qilishini biladi, Xudo ularga aql–idrok bergan!
27 Axir, ukropni bolg‘a bilan yanchmaydi, Zirani arava g‘ildiragi bilan ezmaydi. Mana, ukropni kaltak bilan yanchib oladi, Zirani tayoq bilan ezib oladi.
28 Bug‘doydan un qilinadi, Ammo u to abad yanchilmaydi. Arava g‘ildiragi bug‘doy ustidan Chang bo‘lguncha yurg‘izilmaydi.
29 Bu donolik kelar Sarvari Olamdan, Uning maslahatlari ajoyib, donoligi buyukdir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18