Ishayo 48 bob

1 Xudoning isyonkor xalqi. 12 Bobildan qutulish.

1 Eshiting buni! Ey Yoqub xonadoni! Ey Isroil nomi bilan ataladiganlar, Yahudo urug‘idan chiqqanlar! Sizlar Egamizning nomi bilan qasam ichasizlar, Isroil xalqining Xudosini tilga olasizlar, Ammo haqiqat va solihlik bilan emas.
2 Ha, sizlar o‘zingizni muqaddas shahar nomi ila atadingiz, Isroil xalqining Xudosiga tayandingiz, Axir, Uning nomi Sarvari Olamdir.
3 Egamiz sizlarga shunday dedi: “Bo‘lib o‘tganlarni oldindan Men aytdim, Og‘zimdan chiqishi bilan bularni bildirdim, Birdaniga harakat qildim va ular sodir bo‘ldi.
4 Axir, qaysarligingni Men bilaman–ku! Bo‘yning temirday, peshanang bronzaday qattiqdir!
5 ‘Bularni mening sanamim qildi, Quyma, o‘yma butlarim amr qildi’, deb Aytmagin, deya Men oldindan aytdim, Bajo bo‘lmasdan oldin, bo‘lib o‘tganlarni bildirdim.
6 Bularning hammasini eshitding, Nahotki endi e’tirof etmasang?! Hozirdan boshlab yangilarini, O‘zing bilmagan yashirin narsalarni Senga eshittirdim.
7 Bular hozir yaratildi, qadimda emas, Bu to‘g‘rida sen ilgari eshitmagansan. Yo‘q! Sen: ‘Men bularni bilaman–ku!’ — deb ayta olmaysan.
8 Ha, eshitmagansan, bilmaysan ham, Hatto azaldan ham quloqlaring ochilmagandi. Men bilaman–ku xiyonatkor ekanligingni, Tug‘ilganingdanoq sen isyonkor deb atalgansan.
9 O‘zimning ismim haqi g‘azabimni bosyapman, Sharafim haqi O‘zimni tutyapman, Bo‘lmasa, seni yo‘q qilgan bo‘lardim.
10 Mana, Men seni pokladim, Ammo kumushday qilib emas. Seni kulfat o‘chog‘ida sinadim.
11 O‘z haqim, ha, O‘z haqim uchun shunday qilaman! Axir, nimaga Men badnom bo‘lishim kerak?! Shuhratimni birovga berib qo‘ymayman.
12 Menga quloq tut, ey Yoqub xonadoni! O‘zim chaqirgan Isroil xalqi, eshit! Men O‘shaman! Boshi ham, oxiri ham Men O‘zimman.
13 Ha, Mening qo‘lim zaminning poydevorini qo‘ygan, Samolarni yoygan Mening qo‘limdir. Men ularni chaqirganimda Ular birgalikda turadi.
14 Hammangiz to‘planib, eshiting! Butlarning qaysisi bularni bildirdi?! Kurushni Men, Egangiz, yaxshi ko‘raman. U Bobilda Mening niyatimni bajo keltiradi. Mening qo‘lim Bobilliklarga qarshi bo‘ladi.
15 Men aytdim! Ha, Men O‘zim aytdim! Uni Men chaqirganman! Uni Men olib keldim, U g‘alabaga erishadi.
16 Menga yaqinlashing! Bunga quloq soling! Azaldan hech narsani yashirmay aytdim, Boshidanoq Men o‘sha yerdaman.” Mana endi Egamiz Rabbiy meni Hamda O‘z Ruhini yubormoqda.
17 Qutqaruvchingiz, Isroil xalqining muqaddas Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Men Egangiz Xudoman! Yaxshi bo‘ling, deb sizlarga yo‘l–yo‘riq ko‘rsataman, Yuradigan yo‘llaringizdan yetaklayman.
18 Qani, endi amrlarimga quloq solganingizda! Farovonligingiz daryoday bo‘lardi, Zafaringiz dengiz to‘lqinlariday bo‘lardi.
19 Urug‘ingiz qum kabi bo‘lardi, Naslingiz qum zarralariday son–sanoqsiz bo‘lardi. Ularning nomi o‘chib ketmagan bo‘lardi, Mening oldimdan yo‘qotilmagan bo‘lardi.”
20 Endi Bobildan chiqib keting, Bobilliklardan qoching. Shodlik hayqiriqlari ila e’lon qiling! Dunyoning to‘rt chetiga bu xabarni yetkazing! “Egamiz O‘z qullari, Yoqub naslini qutqardi”, deb ayting!
21 Egamiz ularni sahrodan olib borganda, Ular tashnalikdan qiynalmadilar. Xudo ular uchun qoyadan suv chiqardi. U qoyani yordi, suvlar pishqirib chiqdi.
22 “Yovuzlarga omonlik yo‘q”, deydi Egamiz.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18