Butrusning ikkinchi maktubi 1 bob

Kirish
2 Butrus Mazkur maktub muallifi Iso Masihning shogirdi havoriy Butrusdir. Butrus birinchi maktubida jamoat boshiga tushgan quvg‘inlar haqida yozib, imonlilarni bardoshli bo‘lishga chaqiradi. Ikkinchi maktubida u soxta ustozlar dastidan jamoatda yuzaga kelgan ichki nizolar va axloqsizlik haqida so‘z yuritadi.
Butrus masihiylarni Xudoga munosib hayot kechirishga, imonni fazlu kamolot va ilmu ma’rifat bilan boyitishga chorlaydi. Masihiylarning fazilatlari va xislatlariga alohida urg‘u beradi.

Mazkur maktub yozilgan davrda imonlilar jamoati orasiga soxta ustozlar kirib olib, masihiylarni yo‘ldan ozdirayotgan edi. Butrus o‘quvchilarni o‘shanday ustozlardan uzoqroq yurish haqida ogohlantiradi va o‘sha yolg‘onchilar albatta jazo olishlarini ta’kidlab o‘tadi.
Soxta ustozlar oxiratda o‘z jazosini olishga ishonmaganlari va Masihning kelishini rad etganlari bois, Butrus Rabbimizning keladigan kuni haqidagi mavzuni batafsil yoritadi. Shu bilan bir qatorda u Rabbimizning kelishiga ko‘z tutgan odamlarga dalda beradi. Ularni beg‘ubor va benuqson hayot kechirishga, Xudoga sodiq qolishga va imonda kamol topishga chaqiradi.

 

1–BOB - Butrusning ikkinchi maktubi

1.Duoyi salom 3.Masihning da’vatiga munosib bo‘linglar 16.Masihning kelishi afsona emas

 

1 Iso Masihning quli va havoriysi men, Shimo‘n Butrusdan, biz kabi qadrli bir imonga ega bo‘lgan birodarlarga salom! Xudoyimiz va Najotkorimiz Iso Masih odil bo‘lgani uchun hammamizga birday baraka bergan.
2 Sizlar Xudoni va Rabbimiz Isoni tanib–bilar ekansiz, Xudoning cheksiz inoyati va tinchligi doim sizlarga yor bo‘lsin.
3 Rabbimiz Iso O‘z ulug‘vorligi va ezguligi ila bizni da’vat etib, O‘zini bizga tanitdi. Endi biz Xudoga munosib hayot kechira olamiz, chunki Rabbimiz ilohiy qudrati bilan bizga zarur bo‘lgan barcha fazilatlarni ato etdi.
4 Masihning sharofati bilan biz Xudo va’da qilgan barakalarni oldik. Endi sizlar buzg‘unchi ehtiroslar dastidan avj olgan bu dunyoning axloqsizligidan qochib, Xudoning ilohiy tabiatidan bahramand bo‘la olasizlar.
5 Bularni yodingizda tutib, Xudoga munosib hayot kechirish uchun jon kuydiringlar. Imoningizni fazl–kamolot, ilmu ma’rifat,
6 vazminlik, sabr–toqat, diyonat,
7 birodarlaringizga bo‘lgan mehr–oqibat va tugal muhabbat bilan boyitinglar.
8 Agar bu xislatlarga ega bo‘lib, ularni kamol toptirayotgan bo‘lsangiz, demak, Rabbimiz Iso Masihni haqiqatdan tanib bilgan bo‘lasiz. Kunlaringiz behuda o‘tmagan bo‘ladi, Masihni bilganingiz hayotingizda o‘z samarasini beradi.
9 Bu xislatlarga ega bo‘lmaganlar esa kaltabin va ko‘rdirlar, ular avvalgi gunohlaridan poklanganini unutganlar.
10 Shunday ekan, ey birodarlarim, Masih sizlarni tanlaganini va da’vat etganini tasdiqlashga astoydil harakat qilinglar. Aytilgan xislatlarga ega bo‘lsangiz, imondan qaytib ketmaysizlar.
11 Shunda Rabbimiz va Najotkorimiz Iso Masihning O‘zi abadiy Shohligi eshiklarini sizlarga keng ochib beradi.
12 Sizlar aytganlarimning hammasini bilasizlar, o‘zlaringiz Masih haqida o‘rgangan haqiqatda sobit turibsizlar. Shunga qaramay, bularni sizlarga doimo eslatib turishni xohlayman.
13 Tirik ekanman, bularni yodingizga solishni kanda qilmayman. Bu men uchun farz,
14 chunki hademay bu olamdan ko‘z yumishimni bilaman. Rabbimiz Iso Masihning O‘zi buni menga ma’lum qilgan.
15 Bu dunyodan o‘tib ketganimdan keyin ham sizlar aytganlarimni esda saqlanglar, deb men bu mavzuni qo‘limdan kelgancha batafsil yoritib berishga harakat qildim.
16 Rabbimiz Iso Masihning kuch–qudrat bilan kelishi afsona emas. Biz sizlarga o‘rgatgan bu ta’limotni o‘zimiz to‘qib chiqarmadik. Axir, Masihning ulug‘vorligini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rgan edik.
17 Otamiz Xudo muqaddas tog‘da Masihni shon–sharaf ila yuksaltirganda biz o‘sha yerda edik.
18 Dabdabali va ulug‘vor Xudoning samodan: “Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan mamnunman”, — degan ovozini eshitdik.
19 Bundan tashqari, biz payg‘ambarlarning bashoratlariga to‘liq ishonamiz. Sizlar ham ularning so‘zlariga diqqat etsangizlar, yaxshi qilgan bo‘lasizlar. Zero, bu so‘zlar Masih keladigan kungacha sizlar uchun go‘yo zulmatda nur sochib turgan chiroqday bo‘ladi. So‘ng Masihning O‘zi keladi. Uning kelishi tong yulduzi kabi bo‘lib, yangi zamonning boshlanishidan darak beradi, Masihning nuri qalblaringizni yoritadi.
20 Eng avvalo shuni bilinglarki, Muqaddas Bitiklardagi bashoratlarning hech biri payg‘ambarlarning shaxsiy talqini emas.
21 Hech bir haqiqiy payg‘ambar o‘zining insoniy xohishi bilan bashorat qilgan emas. Bu payg‘ambarlar Muqaddas Ruh tomonidan boshqarilib, Xudoning so‘zlarini gapirganlar.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Injil Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак