Mark Muqaddas xushxabar 1 bob

Kirish

Mark Mazkur kitob Yangi Ahddagi to‘rtta Xushxabar kitoblari orasida eng qisqasi bo‘lib, Isoning hayoti va ta’limoti to‘g‘risida hikoya qiladi. Bu kitob hikoyalarga juda boy. Iso O‘z xizmatining boshidayoq, qudratli mo‘jizalar ko‘rsatdi. U to‘rtta shogirdni tanlab olgandan keyin (1:16-20), xastalarni shifolay boshlagan edi. Shifo topganlar orasida jinga chalingan odam (1:21-28), Shimo‘nning qaynanasi (1:30-31), bir guruh xasta odamlar (1:32-34) va teri kasalligiga chalingan odam (1:40-45) bor edi. Iso odamlarga qanday shifo berganini Mark takror va takror hikoya qiladi. Har bir shifo mo‘jizasi Xudoning qudrati bilan qilganini ta’kidlaydi.

Din arboblari Isoning ta’limotini qabul qilishmadilar. Bu esa ziddiyatga olib keldi (2:2-3:6). Oqibatda ular Isoni o‘ldirish uchun payt poylaydigan bo‘ldilar (11:18).

Bu kitob olomonni va Isoning shogirdlarini hayratga solgan mo‘jizalarga to‘la. Ammo Mark Xushxabariga ko‘ra, Isoning eng qudratli mo‘jizasi — Uning xochdagi iztirob chekishi va o‘limidir. Bu mo‘jizani anglagan birinchi odam Rim askari edi, o‘sha askar Isoning xochda o‘lganini ko‘rib: “Bu Odam haqiqatan ham Xudoning O‘g‘li ekan!” (15:39) dedi.

To‘rtta Xushxabar orasida Mark bayon etgan Xushxabar birinchi bo‘lib yozilgan, degan fikr keng tarqalgan. Mazkur Xushxabardagi ko‘plab oramiycha so‘zlar va ibroniylar odatlarining izohlanishi shunday mulohazaga olib keladi: Mark bu kitobini yahudiy bo‘lmagan xalqlardan kelib chiqqan masihiylar uchun yozgan. Muallif Iso to‘g‘risida hikoya qilganda, kitobxonni Isoning qudratiga ishontirishga harakat qiladi. Zotan bu qudrat odamlarni xastaliklardan, jinlardan va o‘limdan xalos qila oladi. Shuningdek, Mark imondagi yangi hayot yengil emasligini eslatib qo‘yishni xohlaydi. Imonlilar Isoga ergashib, boshqalarga xizmat qilishlari va Isoday azob–uqubat tortishga tayyor bo‘lishlari kerakligini aytadi.

Isoning qabriga kelgan uchta ayol qabr bo‘sh ekanini ko‘rdilar. Shunda farishta ularga zohir bo‘lib dedi: “Qo‘rqmanglar! Sizlar xochga mixlangan Nosiralik Isoni izlayapsizlar. Iso tirildi! U bu yerda yo‘q. Mana Uning qo‘yilgan joyi!” (16:6).

 

1–BOB - Mark

Yahyo cho‘mdiruvchining va’zi

 

1 Xudoning O‘g‘li Iso Masih to‘g‘risidagi Xushxabar shunday boshlanadi.
2 Ishayo payg‘ambarning kitobida yozilganki: “Mana, Men Sendan oldin O‘z elchimni yuboryapman, U Sening yo‘lingni hozirlaydi.
3 Sahroda bir ovoz yangramoqda: Egamizga yo‘l hozirlang, Unga to‘g‘ri yo‘l oching!”
4 Darvoqe, Yahyo cho‘mdiruvchi sahroda yashar va odamlarga: “Gunohlaringizdan tavba qilib, suvga cho‘minglar, shunda Xudo gunohlaringizni kechiradi”, deb va’z qilardi.
5 Butun Yahudiya yurti va Quddus aholisi Yahyoning oldiga borishardi. Ular gunohlarini e’tirof etishar, Yahyo ularni Iordan daryosida cho‘mdirar edi.
6 Yahyoning kiyimlari tuya junidan to‘qilgan bo‘lib, beliga teridan kamar bog‘lagan edi. U chigirtka va yovvoyi asal yer edi.
7 U xalqqa shunday deb e’lon qilardi: “Ortimdan mendan ham qudratliroq bo‘lgan bir Zot kelmoqda. Men engashib Uning choriq iplarini yechishga ham arzimayman.
8 Men sizlarni suvga cho‘mdiryapman, U esa sizlarni Muqaddas Ruhga cho‘mdiradi.”
9 O‘sha kunlari Iso Jalila viloyatining Nosira shahridan Yahyo oldiga keldi. Yahyo Uni Iordan daryosida cho‘mdirdi.
10 Suvdan chiqishi bilanoq Iso osmonning ochilib ketganini va MuqaddasRuh Uning ustiga kaptarday tushib kelganini ko‘rdi.
11 Osmondan esa: “Sen Mening sevikli O‘g‘limsan, Sendan nihoyatda mamnunman”, degan ovoz eshitildi.
12 Muqaddas Ruh Isoni darhol cho‘lga boshlab ketdi.
13 Iso cho‘lda qirq kun bo‘lib, shayton tomonidan vasvasaga solindi. Iso yovvoyi hayvonlar orasida yashab, farishtalar Unga xizmat qilishardi.
14 ahyo zindonband qilingandan keyin, Iso Jalilaga borib, Xudoning Xushxabarini va’z qildi:
15 “Vaqt–soati yetdi. Xudoning Shohligi yaqinlashdi! Tavba qilinglar, Xushxabarga ishoninglar!”
16 Iso Jalila ko‘li bo‘ylab o‘tayotib, Shimo‘n va uning ukasi Idrisni ko‘rib qoldi. Ular baliqchi bo‘lib, ko‘lga to‘r tashlayotgan edilar.
17 Iso ularga: — Ortimdan yuringlar, — dedi. — Men sizlarga odamlarni ovlashni o‘rgataman.
18 Ular o‘sha zahotiyoq to‘rlarini tashlab, Isoga ergashdilar.
19 Iso bir oz nari yurgach, Zabadiyning o‘g‘illari Yoqub va Yuhannoni ko‘rib qoldi. Ular qayiqda to‘rlarini yamab o‘tirishgan edi.
20 Iso shu onda ularni ham chaqirdi. Ular otalari Zabadiyni va yollanma ishchilarni qayiqda qoldirib, Isoga ergashdilar.
21 Ular Kafarnahum shahriga kirib borishdi. Shabbat kuni Iso sinagogaga kirib, ta’lim bera boshladi.
22 Xaloyiq Isoning ta’limotini eshitib, hayratda qoldi, chunki U odamlarga Tavrot tafsirchilari kabi emas, balki hokimiyat egasiday ta’lim berar edi.
23 O‘sha sinagogada yovuz ruhga chalingan bir odam bor edi. U to‘satdan qichqirib yubordi:
24 — Ey Nosiralik Iso! Bizlar bilan nima ishing bor?! Sen bizni halok qilgani keldingmi? Sening kimligingni bilaman, Sen Xudoning Azizisan!
25 Biroq Iso jinga do‘q urib: — Jim bo‘l! Undan chiqib ket! — dedi.
26 Yovuz ruh u odamni qattiq siltadi, ovozi boricha baqirib, uning ichidan chiqib ketdi.
27 Odamlar hayratlanib, bir–birlaridan so‘ray boshladilar: — Bu nimasi? Xokimiyatga ega bo‘lgan yangi ta’limot–ku! U yovuz ruhlarga buyruq beradi, yovuz ruhlar esa Unga bo‘ysunadi–ya!
28 Shunday qilib, Isoning shuhrati Jalila viloyatining atroflariga yoyila boshladi.
29 Iso, Shimo‘n, Idris, Yoqub, Yuhanno sinagogadan chiqib, to‘g‘ri Shimo‘n va Idrisning uyiga bordilar.
30 Shimo‘nning qaynanasi isitmalab, to‘shakda yotgan edi. Iso kelishi bilanoq Unga bu haqda aytishdi.
31 Iso ayolning yoniga bordi, qo‘lidan tutib, o‘tirg‘izib qo‘ydi. Shunda ayolning isitmasi tushdi, u mehmonlarga xizmat qila boshladi.
32 Quyosh botib kech kirgan paytda, odamlar xastalarni va jinga chalinganlarni Isoning oldiga olib kelishdi.
33 Butun shahar aholisi eshik oldiga yig‘ildi.
34 Iso turli dardu illatlardan qiynalgan ko‘p odamlarni sog‘aytirdi. Ko‘plarning ichidan jinlarni quvib chiqardi. Jinlarning gapirishiga ijozat bermasdi, chunki jinlar Isoning kimligini bilishardi.
35 Ertasi kuni saharda, tong yorishmasdan oldin, Iso o‘rnidan turib, uydan chiqib ketdi. Kimsasiz joyga borib, ibodat qildi.
36 Shimo‘n va boshqalar Isoni qidirib ketdilar.
37 Isoni topib: — Hamma Sizni izlab yuribdi! —dedilar.
38 Iso ularga: — Yaqin atrofdagi qishloqlarga boraylik, Men u yerlarda ham voizlik qilay, chunki Men ana shu maqsadda kelganman, — dedi.
39 Shunday qilib, Iso butun Jalila viloyatini kezib, u yerdagi sinagogalarda voizlik qilar va odamlarning ichidan jinlarni quvib chiqarar edi.
40 Teri kasalligiga chalingan bir odam Isoning oldiga keldi. U tiz cho‘kib, yalindi: — Bilaman, agar istasangiz, meni bu kasallikdan poklay olasiz.
41 Isoning unga rahmi kelib, qo‘lini uzatdi va unga tekkizib: — Istayman, pok bo‘l! — dedi.
42 Shu zahoti o‘sha odam kasalligidan forig‘ bo‘lib, poklandi.
43 Iso uni qat’iy ogohlantirib dedi:
44 — Menga qara! Bu to‘g‘rida birovga og‘iz ocha ko‘rma. Lekin borib o‘zingni ruhoniyga ko‘rsat. Poklanganingni hammaga isbot qilish uchun Muso amr qilgan qurbonliklarni keltir. Shu so‘zlar bilan Iso uni darhol jo‘natib yubordi.
45 O‘sha odam esa ketayotib, ro‘y bergan hodisani bemalol har yoqqa yoya boshladi. Shu bois Iso biror shaharga ochiqchasiga bora olmay qoldi. Aksincha, shahardan tashqarida, kimsasiz joylarda yashaydigan bo‘ldi. Shunga qaramay, xaloyiq har tomondan Uning oldiga kelar edi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак