Ishayo 19 bob

1 Xudo Misrni jazolaydi. 16 Misr Egamizga sajda qiladi.

1 Misr haqida bashorat. Ana, Egam minib olgan uchqur bulutga, U keladi Misrga. Misrning behuda butlari Uning oldida titrar, Misrning yuragi esa orqaga tortar.
2 “Misr xalqini bir–biriga sapchitaman. Aka–ukalaru do‘stlar, Shaharlaru shohliklar Bir–biriga qarshi chiqar.
3 Misrdagi ruhlar bitta qolmay qochib ketadi. Men Misrning rejayu niyatlarini puchga chiqaraman. Ular qidirib qolar Behuda butlarniyu sehrgarlarni, Folbinlaru otalari ruhlarini.
4 Men Misrni berahm xo‘jayinlarga topshiraman, Ha, kuchli shoh ularni boshqaradi”, — demoqda Sarvari Olam — Rabbiy.
5 Nil suvi qurib qoladi, Daryo qurib boraveradi, U jizg‘anak yer bo‘ladi.
6 Oqar suvlar badbo‘y hid chiqaradi, Misrdagi Nil pasayib, quriydi. Poyalaru qamishlar chiriydi.
7 Nil qirg‘og‘idagi, daryo bo‘yidagi qamishlar, Nil bo‘yiga ekilgan hamma ekinlar Qurib ketadi, sovuriladi, Ulardan hech narsa qolmaydi.
8 Baliqchilar aza tutar, Nilga qarmoq tashlaganlar yig‘lar, Suvga to‘r yoyganlar umidsiz bo‘lar.
9 Zig‘ir tolasiga ishlov beradiganlar Sharmanda bo‘ladilar, Oq mato to‘qiydiganlar Uyatga qolib ketadilar.
10 Ularning dastgohlari ishdan chiqadi, Barcha ishchilari tushkunlikka tushadi.
11 Ey Zo‘van shahzodalari, g‘irt ahmoqsiz axir, Ey Fir’avn maslahatchilari, sizning donoligingiz ham shunday. Maslahatlaringiz daf bo‘ladi. Qanday qilib siz fir’avnga: “Biz donolarning o‘g‘limiz, Qadim shohlar naslidanmiz”, deya ayta olasiz?!
12 Ey Fir’avn, qani o‘sha dono odamlaringiz?! Sarvari Olam Misrga nima reja qilganini Ular sizga bildirsin, aytsin.
13 Mana, Zo‘van shahzodalari ahmoq bo‘ldilar, Nuf shahzodalari aldandilar. Misrni o‘z qabila boshliqlari yo‘ldan urdilar,
14 Ularning aqlini Egam chalkashtirdi, Qusig‘iga dumalaydigan mast qanday bo‘lsa, Misrni ular shunday yo‘ldan ozdirar.
15 Misrga hech kim yordam bera olmas, Na boshi, na quyrug‘i, na xurmosi, na qamishi.
16 O‘sha kuni Misr xotin kishiga o‘xshab qoladi. Sarvari Olam unga qarshi qo‘lini ko‘taradi, shunda Misr titrab dahshatga tushadi.
17 Yahudo Misrliklarni dahshatga soladi. Sarvari Olam ularni vahimaga solganini eslagan har bir odam dahshatga tushadi.
18 O‘sha kunga kelib, Misrdagi beshta shahar ibroniy tilida gapiradigan bo‘ladi. Ular Sarvari Olam oldida ont ichadilar. Bu shaharlardan biri “Quyosh shahri”, deb ataladi.
19 O‘sha kuni Misrning o‘rtasida Egamiz uchun bir qurbongoh, chegarada bir muqaddas tosh o‘rnatiladi.
20 Bular Sarvari Olam uchun Misrda bir belgi va guvoh bo‘ladi. Xalq zolimlar dastidan yolvorganda, Egamiz ularni qutqaradigan bir himoyachi yuboradi. U xalqni qutqaradi.
21 Egamiz O‘zini Misrliklarga zohir qiladi. Misrliklar ham o‘sha kuni Uni taniydilar. Egamizga qurbonliklar keltirib, nazrlar atab, sajda qiladilar. Unga va’da berib, va’dalarini ado etadilar.
22 Egamiz Misrliklarni xastalik keltirish bilan jazolaydi, keyin shifo beradi. Ular Egamizga yolvoradilar, Egamiz ularga shifo beradi.
23 O‘sha kuni Misr bilan Ossuriya o‘rtasida bir yo‘l bo‘ladi. Ossuriyalik Misrga, Misrlik Ossuriyaga borib kelaveradi. Ossuriyaliklar bilan Misrliklar birgalikda sajda qiladilar.
24 O‘sha kuni Misr bilan Ossuriya qatorida Isroil uchinchi xalq bo‘ladi. Uchalovi yer yuziga baraka bo‘ladi.
25 Ha, Sarvari Olam shunday degan: “Baraka topinglar! Ey xalqim Misr, qo‘llarimning ijodi Ossuriya, O‘zimning mulkim Isroil!”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18