Ishayo 63 bob

1 Xudoning qasosi va najoti. 7 Xudoning Isroil xalqiga qilgan yaxshiligi. 15 Mehr–shafqat va madad uchun ibodat.

1 Edomdan kelayotgan kim? Qizil libos kiyib, Bozrax shahridan kelayotgan kim? Ko‘zni qamashtiruvchi kiyimlar kiyib, Katta kuch bilan qadam bosgan kim? “Bu Men, Egangizman! Qutqarish kuchiga egaman. G‘alabani e’lon qilishga kelmoqdaman.”
2 Nechun kiyimlaring qip–qizil? Nima uchun chuqurda uzum ezgan odamga o‘xshaysan?
3 “Chuqurda bir o‘zim ezdim, Yonimda xalqlardan birontasi yo‘q edi. G‘azab bilan ularni ezdim, Qahr bilan ularni oyoq osti qildim. Ularning qoni kiyimlarimga sachradi, Butun usti boshimni iflos qildi.
4 Ha, Men qasos kunini tayinlab qo‘ygan edim, Xalqimni qutqaradigan kun yetib keldi.
5 Qaradim, yordam beradigan biror odam yo‘q edi, Qo‘llab–quvvatlaydigan hech kimsa yo‘qligidan hayratda qoldim. Shunda O‘zimning qo‘lim yordamga keldi, O‘z g‘azabim Menga madad bo‘ldi.
6 G‘azab bilan xalqlarni tepkiladim, Jahl bilan ularni ezib tashladim. Ularning qonini yerga to‘kdim.”
7 Egamizning sodiq sevgisi haqida aytaman, Qilgan ishlari uchun Egamizga hamdlar aytaman. O‘zining mehr–shafqati, buyuk sevgisi bilan Isroil xonadoniga qilgan buyuk ezguliklari haqida aytaman.
8 Egamiz shunday dedi: “Ha, ular Mening xalqimdir, Bevafolik qilmaydigan farzandlardir.” Shunday qilib, Xudo ularning najotkori bo‘ldi.
9 Ular qiynalganlarida, U ham azob chekdi, Egamizning farishtasi ularni qutqardi. Sevgisi, shafqati tufayli Uning O‘zi ularni qutqardi. Egamiz ularni ko‘tarib, azaldan opichlab yurardi.
10 Ammo ular isyon qildilar, Egamizning Muqaddas Ruhini ranjitdilar. Shuning uchun Egamiz ularning dushmani bo‘ldi. Egamizning O‘zi ularga qarshi kurashdi.
11 Shunda xalq o‘tgan kunlarni, Musoning davrini eslab, shunday dedi: “Cho‘ponlari bilan birga ota–bobolarimizni dengizdan o‘tkazgan qani? O‘z Muqaddas Ruhini ularning orasiga yuborgan qani?
12 Ajoyib qudratli qo‘li bilan Musoning o‘ng qo‘lidan tutgan qani? O‘zining nomini sharaflay, deb Ularning oldidagi suvni ikkiga bo‘lgan qani?”
13 Egamiz ularni dengiz tubidan olib o‘tdi. Tekis joyda yurgan otday Ular hech qoqilmasdan o‘tdi.
14 Vodiyga yoyilgan podaga o‘xshatib, Egamizning Ruhi ularga orom berdi. O‘zining buyuk nomi ulug‘lansin, deya Egamiz O‘z xalqiga yo‘l ko‘rsatdi.
15 Ey Egamiz, osmondan qara, Muqaddas, ulug‘vorlikka to‘la Maskaningdan boq! Qani endi g‘ayrating, qudrating? Sen mehribonligingni, shafqatingni Bizdan darig‘ tutding.
16 Axir, Sen bizning otamizsan, ey Egamiz! Ibrohim bizni bilmaydi, Yoqub bizni tanimaydi. Sen bizning otamizsan! Azaldan noming “Qutqaruvchimiz”dir.
17 Ey Egamiz, nega bizni yo‘lingdan adashtirasan? Nega bizga Sendan qo‘rqmaydigan tosh yurak bergansan? Biz Sening qullaringmiz. Bizning haqi–hurmatimiz, O‘zingning aziz xalqing haqi–hurmati Bizga yuz burgin!
18 Sening muqaddas maskaningga Biz, aziz xalqing, faqat oz vaqt egalik qildik. Endi esa dushmanlarimiz U yerni oyoq osti qilib tashladi.
19 Biz allaqachon Senga tegishli bo‘lmagan, Sen ustidan hukmron bo‘lmagan xalqlarga o‘xshab qoldik.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18