Ishayo 42 bob

1 Egamiz tanlagan qul. 10 Hamdu sano madhiyasi. 14 Xudoning madadkor so‘zi. 18 Noshud Isroil xalqi.

1 Egam aytar: “Mana Mening qulim, O‘zim uni qo‘llab–quvvatlayman. Men O‘zim uni tanlaganman. Undan juda mamnunman. Men unga O‘z Ruhimni berdim, U elatlarga adolat keltiradi.
2 U baqir–chaqir qilmaydi, qattiq gapirmaydi, Ko‘chalarda ovozini baland ko‘tarmaydi.
3 Ezilgan qamishni sindirmaydi, Tutayotgan pilikni o‘chirmaydi, Sodiq bo‘lib, adolat keltiradi.
4 Yer yuzida adolat o‘rnatmaguncha U holdan toymaydi, Uning jasorati so‘nmaydi. Dengiz ortidagi yurtlar Uning yo‘l–yo‘riqlarini kutadi.”
5 Osmonni yaratib, uni yoygan, Yerni yaratib, uni to‘ldirgan, Yer yuzidagi insonlarga jon bergan, Yer yuzida yashaydiganlarga hayot bergan Xudo, bizning Egamiz shunday aytmoqda:
6 “Men, Egang, najot olib kelish uchun seni chaqirdim. Men sening qo‘lingni kuchaytiraman, O‘zim seni himoya qilaman. Xalqim bilan tuzgan ahdimni Sen orqali amalga oshiraman, Jamiki elatlarga sen orqali nur sochaman.
7 Sen ko‘rlarning ko‘zlarini ochasan, Mahbuslarni zindondan ozod qilasan, Zulmatda o‘tirganlarni qutqarasan.
8 Men Egangizman! Mening nomim shudir! Men shuhratimni birovga bermayman, O‘zimga munosib bo‘lgan hamdu sanoni Butlar bilan baham ko‘rmayman.
9 Men sizlarga kelajakdagi voqealarni Yuz bermasdan oldin aytyapman. Oldin ayon qilganlarimga qarang. Ana, o‘shalar bajo bo‘ldi–ku!”
10 Egamizga yangi bir qo‘shiq ayting! Yer yuzining har bir chetidan Egamizni tarannum eting! Ey kemalarda suzib keladiganlar, Dengizdagi barcha jonzotlar, Egamizga qo‘shiq ayting! Ey dengiz ortidagi yurtlaru Bu yurtlarni to‘ldirganlar, Egamizga qo‘shiq ayting!
11 Sahrolar, u yerdagi shaharlar xitob qilsin, Kedar qishloqlarining ahli shod bo‘lsin! Sela ahli shodlikdan kuylasin, Tog‘ cho‘qqilaridan hayqirsin!
12 Ular Egamizni ulug‘lasin, Dengiz ortidagi yurtlarda ham Unga hamdu sanolar aytsin!
13 Egamiz bahodir yigitday olg‘a bosadi, U g‘ayratli jangchiday keladi, xitob qiladi. Hayqirib, dushmanlaridan ustunligini ko‘rsatadi.
14 Egam aytar: “Uzoq vaqt sukut saqladim, Jim turdim, O‘zimni tutdim. Endi esa tug‘ayotgan ayolday Og‘ir nafas olaman, faryod qilaman.
15 Tog‘u tepaliklarni vayron qilaman, Jamiki o‘t–o‘lanni quritaman, Irmoqlarni quruq yerga aylantiraman, Hatto botqoqliklarni quritaman.
16 Ko‘zi ojizlarni bilmagan yo‘llaridan yurdiraman, Ularni notanish so‘qmoqlardan olib boraman. Ko‘zlaridagi zulmatni yorug‘likka aylantiraman, O‘nqir–cho‘nqir yo‘llarni tekislayman. Mana shu aytganlarimni qilaman, Ularni tark etmayman.
17 Butlarga ishonganlar uyatga qoladi. Ha, butlarni ‘xudolarimiz’ deydiganlar Sharmandayu sharmisor bo‘ladi.
18 Eshiting, ey karlar, Qarang, ko‘rib qo‘ying, ey ko‘rlar!
19 Mening qulimday ko‘r bo‘lgan bormi?! Men yuborgan xabarchiday kar bo‘lgan bormi?! Men tanlaganlarimday ko‘r bo‘lgan bormi?! Men, Egangizning quliday ko‘r bo‘lgan bormi?!
20 Ey xalqim! Ko‘p narsalarni ko‘rasiz–u, e’tibor bermaysiz, Quloqlaringiz ochig‘u eshitmaysiz.”
21 O‘z adolati haqi, Egamiz O‘z qonunlarini Ulug‘ va sharafli qilmoqni istadi.
22 Ammo bu xalq talon–taroj qilingan, Hammasi zindonda tutqun, qamoqqa tashlangan. Ular qo‘lga tushdi, qutqaradigan yo‘q. Ular o‘lja bo‘ldi, “Qaytarib ber”, deydigan yo‘q.
23 Qaysi biringiz bularni eshitasiz, E’tibor berib, o‘tmishga quloq solasiz?!
24 Yoqub naslini o‘lja qilib qo‘ygan kim? Isroil xalqini talonchilarga bergan–chi? Egamiz emasmi?! Axir, biz Unga qarshi gunoh qildik–ku! Uning yo‘lidan yurishni istamadik, Uning yo‘l–yo‘riqlariga quloq solmadik.
25 Shu bois Egamiz qaqshatqich g‘azabini, Shafqatsiz urushni boshingizga keltirdi. Alanga sizni o‘rab olsa ham tushunmadingiz, Sizlarni kuydirsa ham, anglab yetmadingiz.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак