Sulaymonning hikmatlari 1 bob

Kirish

Hikmatlar “Sulaymonning hikmatlari” kitobi maqol, matallar shaklidagi axloqiy va diniy ta’limotlardan iborat. Ularning ko‘plari kundalik hayotda uchraydigan muammolar haqida so‘z yuritadi. Bu kitob “Egamizdan qo‘rqish ilmu ma’rifatning boshidir” degan nasihat bilan boshlanadi va faqatgina diniy ishlar emas, balki yaxshi axloq va aql bilan qilish lozim bo‘lgan ishlar haqida gapiradi. Qadimgi Isroil muallimlarining bu matallarda dono kishi ma’lum bir vaziyatda nima qilishi lozimligi haqida bergan maslahatlari ularning donoligini ko‘rsatadi. Bu hikmatlarning ba’zilari oila va oiladan tashqaridagi munosabatlar, qanday qilib ish bajarish haqida, yana ba’zilari esa jamiyatdagi munosabatlar va o‘zini tuta bilish haqidadir. Bu kitobda kamtarinlik, sabr–toqat, kambag‘allarni hurmat qilish va do‘stga sodiqlik kabi fazilatlar haqida ko‘p fikrlar aytilgan.

 

1–BOB - Sulaymonning hikmatlari

Hikmatlarning qadri

 

1 Isroil shohi Dovud o‘g‘li Sulaymonning Hikmatlari.
2 Bu hikmatlar donolik va nasihatni o‘rgatadi, hikmatli so‘zlarni tushuntiradi,
3 Aqlli ko‘rsatmalarga, to‘g‘rilik, adolat, odillikka ega qiladi,
4 Soddalarga idrok, yoshlarga bilim, fahmu farosat beradi.
5 Donolar tinglab bilimini ko‘paytirsin, idrokli esa yo‘l–yo‘riq olsin.
6 Bu hikmatlar — matallarni, jumboqlarni, dononing so‘zlarini va topishmoqlarini tushunish uchundir.
7 Egamizdan qo‘rqish ilmu ma’rifatning boshidir. Donolik va nasihatdan nafratlangan esa nodondir.
8 O‘g‘lim, otang nasihatlariga quloq sol, onang o‘gitlarini rad etma,
9 Chunki ular boshingga go‘zal gulchambar, bo‘yningga marjondaydir.
10 O‘g‘lim, agar gunohkorlar seni yo‘ldan urmoqchi bo‘lsa, bo‘yin berma.
11 Agar ular: “Kel, bizga qo‘shil, pistirma qo‘yib qon to‘kaylik, aybsizning yo‘lini vajsiz to‘saylik,
12 do‘zaxga o‘xshab uni tiriklayin o‘z qa’rimizga tortaylik, chuqur kabi butunlayin yutib yuboraylik,
13 har xil boyliklarni tortib olib, uyimizni o‘lja bilan to‘ldiraylik,
14 hamma narsa o‘rtada bo‘lsin, hamyonimiz bitta bo‘lsin”, — deb aytsalar,
15 o‘g‘lim, ularning yo‘lidan yurma, bir qadam ham bosma.
16 Chunki ular qon to‘kishga tayyordirlar, oyoqlari yovuzlikka shoshiladi.
17 Qushlarning ko‘zi oldida to‘r qo‘yish foydasizdir.
18 Yovuzlar o‘zlarining qoni to‘kilishini kutadilar, o‘zlarining jonlarini poylaydilar.
19 Ochko‘zlik bilan tortib oladiganlarning ahvoli shu! Ular o‘z hayotiga zomin bo‘ladi.
20 Donolik ko‘chada chaqiradi. Maydonda baland ovoz bilan hayqiradi.
21 Gavjum ko‘chaning boshida, shahar darvozalarida jar soladi.
22 “Ey, nodonlar, qachongacha nodon bo‘lib yuraverasiz?! Siz–chi, mazax qiluvchilar, qachongacha mazax qilishdan zavqlanasiz?! Aqlsizlar, qachongacha ilmu ma’rifatdan nafratlanasiz?!
23 Pand–nasihatlarimga quloq solinglar. Mana, sizlarga ruhimni beraman. So‘zlarimni ochaman.
24 Lekin sizlarni chaqirganimda rad etdingiz, qo‘llarimni uzatganimda, e’tibor bermadingiz.
25 Maslahat, pand–nasihatlarimning hech birini qabul qilmadingiz.
26 Shuning uchun boshingizga falokat kelganda, men ham kulaman. Vahimaga tushganingizda, mazax qilaman.
27 Vahima bo‘ronday, falokat esa to‘fonday kelganda, kulfatu mashaqqatlar boshga tushganda,
28 ular meni chaqiradilar, lekin javob bermayman. Ular meni qidiradilar, izlaydilar, lekin topolmaydilar.
29 Chunki ular ilm–ma’rifatdan nafratlandilar, Egamizdan qo‘rqishni tanlamadilar.
30 Maslahatlarimni, o‘gitlarimni qabul qilmadilar.
31 Shuning uchun o‘z qilmishlarining mevasini yeb, pushaymon bo‘lib qoladilar.
32 Nodonlar yo‘ldan adashib o‘zini o‘ldiradi, aqlsizlarning beg‘amligi esa o‘zlarini halok qiladi.
33 Lekin menga quloq solganlar osoyishta hayot kechiradi, yomonlikning vahimasidan xalos bo‘ladi.”


Shu bobni eshitish:



AUDIOKITOB

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18