Hizqiyo 36 bob

1 Isroil tog‘lari haqida bashorat. 16 Isroil xalqining yangi hayoti.

1 Ey inson, Isroil tog‘lari haqida shunday bashorat qil: “Ey Isroil tog‘lari, Egamizning so‘zini eshiting.
2 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: g‘animlaringiz sizni mazax qilib: “Aha! Bu ko‘hna tepaliklar endi bizniki bo‘ldi”, deb aytgan edilar.
3 Shuning uchun bashorat qilib, ayt: EgamizRabbiy shunday demoqda: Qo‘shni xalqlar sizlarga har yoqdan hamla qilib, sizlarni vayron qilganlari uchun, sizlar ularning mulki bo‘ldingiz, odamlardan haqoratlar eshitib, xo‘rliklar ko‘rdingiz.
4 Ey Isroil tog‘lari, endi Egamiz Rabbiyning so‘zini eshiting! Egamiz Rabbiy tog‘laru qirlarga, soyliklaru vodiylarga, xarobazorlaru huvullagan shaharlarga gapirmoqda. Axir, bu shaharlar atrofdagi hamma xalqlarga o‘lja va kulgi bo‘ldi.”
5 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men Isroil atrofida yashagan xalqlardan, xususan Edom xalqidan qattiq g‘azabdaman. Chunki ular nafrat tuyg‘usiga berilib, yaylovlarni talon–taroj qilish uchun yurtimni qo‘lga kiritdilar. Shunda o‘zida yo‘q xursand bo‘ldilar.
6 Shu sababdan Isroil yurti haqida bashorat qilib, tog‘laru qirlarga, soyliklaru vodiylarga ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Qo‘shni xalqlar sizlarni qanchalik xo‘rlaganini ko‘rib, g‘azabim keldi, rashkim qo‘zidi.
7 Shu sababdan Egamiz Rabbiy aytmoqda: Ont ichib aytamanki, Men atrofingizdagi barcha xalqlarni xo‘rlamay qo‘ymayman.”
8 “Sizlar esa, ey Isroil tog‘lari, butoq otasizlar. Xalqim Isroil uchun mo‘l hosil yetishtirasizlar. Ha, ko‘p o‘tmay ular o‘z yurtiga qaytib keladilar.
9 Men sizlarga yuzimni buraman, O‘zim sizlarga g‘amxo‘rlik qilaman. Yerlaringiz shudgor qilinadi, ekinlar ekiladi.
10 Men Isroil aholisini ko‘paytiraman. Butun Isroil xonadonini son– sanoqsiz qilaman. Huvullagan shaharlarga odamlar ko‘chib keladi, xarobazorlar qayta quriladi.
11 Nafaqat odamlarning, balki mol–qo‘ylarning ham soni behad ko‘payadi. Ular ko‘payib, barakali bo‘ladi. Yurtingiz ilgarigiday odamlarga to‘lib– toshadi. Men sizlarni oldingidan ham a’loroq hayotga erishtiraman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
12 Men xalqim Isroilni oldingizga yetaklab kelaman. Ular yerlaringizga egalik qiladilar, sizlar xalqimning mulki bo‘lasizlar. Xalqimning farzandlarini boshqa nobud qilmaysizlar.”
13 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Isroil tog‘lari, odamlar sizlar haqingizda shunday aytishadi: Isroil yurti o‘z odamlarini nobud qiladi, o‘z xalqini farzandlaridan judo qiladi.”
14 Ammo endi sizlar odamlarni nobud qilmaysizlar, xalqingizni farzandlaridan judo qilamaysizlar, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
15 Begona xalqlar sizlarni haqorat qilishlariga va ustingizdan kulishlariga Men yo‘l qo‘ymayman. Bundan buyon xalqimning qoqilishiga sizlar sabab bo‘lmaysiz, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
16 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
17 “Ey inson, Isroil xalqi ona yurtida yashab yurgan paytida yerni yaramas qilmishlari bilan bulg‘agan edi. Ularning bunday qilmishlari Mening nazarimda hayz ko‘rgan ayolday nopok edi.
18 Ular yurtda qon to‘kkanlari uchun, butlar bilan zaminni bulg‘aganlari uchun, Men ularning ustiga g‘azabimni sochgan edim.
19 Ularni xalqlar orasiga tarqatib tashlagan edim, boshqa yurtlarga quvib yuborgan edim. Men ularni tutgan yo‘llari va qilgan qilmishlariga yarasha jazolagan edim.
20 Biroq ular borgan joylarida Meni badnom qilishdi. Ularni ko‘rgan odamlar: “Bu Xudoning xalqi–ku! Ular Egasining yurtidan chiqib ketishga majbur bo‘libdi–da!” deb aytishar edi.
21 Ha, Isroil xalqi borgan joyida Meni badnom qildi. Bulg‘angan muqaddas nomim uchun Men qayg‘urdim.”
22 Shunday ekan, Isroil xalqiga ayt: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men sizlarni yurtingizga qaytarib olib kelaman. Lekin buni sizlar uchun emas, balki sizlar xalqlar orasida bulg‘agan O‘z nomim uchun qilaman.
23 Sizlar bulg‘agan Mening buyuk nomim qanchalik muqaddas ekanligini Men barcha xalqlarga ko‘rsataman. O‘shanda Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir. Men sizlar orqali O‘z muqaddasligimni ularga ayon qilaman.
24 Sizlarni barcha xalqlar orasidan, hamma yurtlardan yig‘ib olaman. O‘z yurtingizga olib borib o‘rnashtiraman.
25 Ustingizga toza suvdan sepib, sizlarni poklayman. Barcha nopokliklaru butlaringizdan tozalayman.
26 Sizlarga yangi yurak berib, qalbingizni yangi ruhga to‘ldiraman. Bag‘ringizdagi tosh yurakning o‘rniga yumshoq, muloyim bir yurak beraman.
27 Ichingizga O‘z Ruhimni solaman. Sizlar farmonlarimga rioya qiladigan, qonun–qoidalarimni bitta qoldirmay bajaradigan bo‘lasizlar.
28 Shunda Men ota– bobolaringizga bergan bu yurtda yashaysizlar. Sizlar Mening xalqim, Men esa sizning Xudoyingiz bo‘laman.
29 Men sizlarni barcha nopokliklardan xalos qilaman. G‘alla hosilini mo‘l yetishtirib, ocharchilikka chek qo‘yaman.
30 Ovqat tanqisligidan xalqlar orasida xor bo‘lmasligingiz uchun, bog‘laru dalalaringizga mo‘l hosil beraman.
31 Shunda sizlar yovuz yo‘llaringizni, qabih qilmishlaringizni eslaysizlar, qilgan gunohlaringiz va jirkanch odatlaringiz uchun o‘zingizdan nafratlanib ketasizlar.
32 Ey Isroil xalqi, bilib qo‘y, Men senga qilmoqchi bo‘lgan bu yaxshiliklarga sen loyiq emassan, biroq shu orqali Men seni uyaltiraman. Sen qilgan qilmishlaringdan pushaymon bo‘lasan”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
33 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men sizlarni gunohlardan tozalaganimda, odamlarni olib kelib shaharlaringizga o‘rnashtiraman. Vayrona bo‘lib yotgan xarobalaringiz tiklanadi.
34 Qachonlardir sayyohlar kezib yurgan tashlandiq, qarovsiz yerlarga qayta ishlov beriladi.
35 Ular bu yerlarni ko‘rganda shunday deb aytishadi: “Vo, ajabo! Tashlandiq bo‘lib yotgan bu yerlar Adan bog‘iday yashnab ketibdi–ku! Huvullab yotgan xarob shaharlar mustahkam devorlar bilan o‘ralib, obod bo‘libdi–ku!”
36 Shunda atrofdagi omon qolgan xalqlar xarob shaharlarni Men, Egangiz qayta qurganimni, yalang maydonlarga Men ekin ekkanimni bilib olishadi. Men, Egangiz, aytgan bu so‘zlarimni albatta amalga oshiraman.”
37 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men xalqim Isroilning iltijolariga quloq tutib, ularni qo‘ylarday son–sanoqsiz qilaman.
38 Bayram arafasida Quddus ko‘chalari qurbonlik qilinadigan qo‘ylar bilan to‘lib–toshganiday, hozir vayron bo‘lib yotgan shaharlar ham odamlar bilan to‘lib– toshadi. O‘shanda Egasi Men ekanligimni xalqim bilib oladi.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18