Hizqiyo 14 bob

1 Xudo butparastlikni hukm qiladi. 12 Egamiz yurt aholisini jazolashi muqarrar.

1 Isroil oqsoqollaridan ba’zi birlari meni ko‘rgani keldilar.
2 Shu onda Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
3 “Ey inson, bu odamlar butlarga ko‘ngil qo‘yganlar, gunohni o‘zlariga to‘g‘onoq qilganlar. Shunday ekan, Menga maslahat solishlariga qanday yo‘l qo‘yay?!
4 Sen ularga ayt: — Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Butlarga ko‘ngil qo‘ygan, gunohni o‘ziga to‘g‘onoq qilgan, Isroil xalqidan birorta odam payg‘ambar oldiga kelsa, Men, Egangiz, o‘sha odamning sanoqsiz butlariga yarasha javobini beraman.
5 O‘sha butlari tufayli butun Isroil xalqi Mendan uzoqlashib ketdi, ammo Men beradigan javobim bilan ularning sadoqatini qozonaman.”
6 Isroil xalqiga ayt: — EgamizRabbiy shunday demoqda: “Tavba qilinglar, butlaringizdan voz kechinglar. Jirkanch odatlaringizdan yuz o‘giringlar.
7 Bilib qo‘yinglar, agar Isroil xalqidan bo‘lgan birorta odam yoki xalqim orasida yashab yurgan birorta musofir Mendan yuz o‘girsa, butlarga ko‘ngil ko‘yib, gunohni o‘ziga to‘g‘onoq qilsa, so‘ng payg‘ambar oldiga kelib, Menga maslahat solsa, o‘sha odamga javobni O‘zim beraman.
8 Men bunday odamlarga qarshi chiqaman. Boshqalar ularni misol qilib, masallar aytadi. Men ularni xalqim orasidan yo‘q qilaman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
9 “Agar payg‘ambar yanglishib, noto‘g‘ri maslahat bersa, o‘sha payg‘ambarni Men, Egangiz yanglishtirgan bo‘laman. Men unga qarshi qo‘limni ko‘taraman, uni Isroil xalqi orasidan daf qilaman.
10 Men payg‘ambarni ham, uning oldiga maslahat so‘rab kelgan odamni ham birday jazolayman.
11 Shunda Isroil xalqi yo‘limdan ozmaydigan bo‘ladi, gunohlari bilan o‘zini bulg‘amaydi. Ular Mening xalqim, Men ularning Xudosi bo‘laman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
12 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
13 “Ey inson, agar biror yurtning aholisi Menga bo‘lgan sadoqatini unutib, gunohga qo‘l ursa, Men ularga qarshi qo‘limni ko‘tarib, butun yurtga ocharchilik yuboraman. Odamlarni bir burda nonga zor qilaman. Yurtdagi odamu hayvonlarni qirib tashlayman.
14 Bunday xalq orasida hattoki Nuh, Doniyor va Ayub payg‘ambarlar yashagan taqdirda ham, ular solihligi bilan faqat o‘z jonlarini saqlab qolgan bo‘lishardi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
15 “Men o‘sha yurt aholisini yirtqich hayvonlarga talatmoqchi bo‘ldim, deylik. Yurt huvullab qolib, hayvonlar tufayli odamlar u yerga oyoq bosmay qo‘ydi ham, deylik.
16 Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, agar o‘sha uchala payg‘ambar u yerda bo‘lganda edi, ular o‘z bola–chaqasini ham qutqara olmagan bo‘lardi. Ular faqat o‘z jonlarini saqlab qolgan bo‘lardi. Yurt esa xarobazorga aylanardi.
17 Bordi–yu, o‘sha yurtga dushman yuborib, u yerdagi bor jonzotni qilichdan o‘tkazishga qaror qildim, deylik.
18 Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, agar o‘sha uchala payg‘ambar u yerda bo‘lganda edi, ular o‘z bola–chaqasini ham qutqara olmagan bo‘lardi. Ular faqat o‘z jonlarini saqlab qolgan bo‘lardi.
19 Bordi–yu, Men o‘sha yurtga g‘azabimni yog‘dirib, butun jonzotni o‘lat orqali qirib tashlamoqchi bo‘ldim, deylik.
20 Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, hattoki Nuh, Doniyor va Ayub u yerda bo‘lganda edi, ular o‘z bola–chaqasini ham qutqara olmagan bo‘lardi. Ular faqat o‘z jonlarini saqlab qolgan bo‘lardi.”
21 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men bundan ham battarini qilaman, Quddus ustiga to‘rt xil dahshatli kulfat yog‘diraman. Shahardagi odamlaru hayvonlar urush, ocharchilik, yovvoyi hayvonlar va o‘latdan nobud bo‘ladilar!
22 Ammo ba’zi erkagu ayollar omon qoladilar. Ular qochib, oldingizga keladilar. O‘shanda ularning yurish– turishini, qilmishlarini o‘zlaringiz ko‘rib, Men Quddus ustiga yuborgan hamma kulfatlardan taskin topasizlar.
23 O‘sha odamlarning yurish–turishini, qilmishlarini ko‘rganlaringizdan keyin taskin topasizlar. Qilgan hamma ishlarim bejiz emasligini bilib olasizlar”, deb aytmoqda Egangiz Rabbiy.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18