Hizqiyo 27 bob

1 Tir shahri haqida marsiya.

1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, Tir haqida bir marsiya kuyla.
3 Dengiz sohilidagi yurtlar bilan savdo–sotiq qiladigan, dengiz darvozasida o‘rnashgan Tir shahriga ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Ey Tir, sen “go‘zallikda barkamolman” deding.
4 Ha, sening chegaralaring dengiz bag‘ridan o‘tgan, Quruvchilaring go‘zalligingni barkamol qilgan.
5 Xermon tog‘idagi archa yog‘ochidan qurilgan Ulkan bir kemaday eding sen. Quruvchilaring machtangni yasash uchun Lubnondagi sadr yog‘ochini ishlatdilar.
6 Eshkaklaringni Bashan emanlaridan yasadilar. Kema sahnini Kipr qarag‘aylaridan qildilar, Fil tishi bilan uni bezatdilar.
7 Misrdan keltirilgan naqshli matolar yelkanlaring edi, Ular senga bayroq bo‘lib xizmat qilardi. Elishox qirg‘oqlaridan olib kelingan Ko‘k va safsar gazlamalar soyaboning edi.
8 Sidon va Arvod odamlari eshkaklaringni eshar edi, O‘z mohir odamlaring esa kemalaringni boshqarar edi.
9 Gabollik tajribali kemasozlaring bor edi, Ular kemangning yoriqlarini saqichlardi. Barcha kemalaru dengizchilar kelib, Sening mollaringni sotib olishar edi.
10 Fors, Lidiya va Liviya yurtlaridan askarlar saflaringni tashkil qilar edi. Qalqonu dubulg‘alarini devorlaringga osib, Seni savlatli qilishar edi.
11 Arvod va Xelekdan kelgan odamlar Devorlaringda soqchilik qilishardi, Gamadliklar minoralaringni qo‘riqlashardi. Devorlaringga qurollarini osib, Go‘zalligingni barkamol qilishardi.
12 Sening boyliklaring shu qadar ko‘p ediki, hatto Tarshish aholisi sen bilan savdo–sotiq qilardi. Ular kumush, temir, qalay va qo‘rg‘oshinni mollaringga ayirboshlashardi.
13 Yunonlar, Tuval va Meshex xalqlari sen bilan savdo–sotiq qilar edi. Mollaring evaziga qullarni va bronza buyumlarni berishar edi.
14 To‘xarmo xalqi aravaga qo‘shiladigan otlarni, jang otlariyu xachirlarini mollaringga almashtirishardi.
15 Ro‘don xalqi sen bilan savdo–sotiq qilar edi. Dengiz sohilidagi ko‘p yurtlar sening xaridorlaring edi. Ular fil tishi va obnus yog‘ochini senga to‘lov qilib berishardi.
16 Mollaring behisob bo‘lgani uchun, Oram xalqi ham sen bilan savdo–sotiq qilardi. Mollaring evaziga qimmatbaho firuza toshlarni, safsar matolarni, naqsh solingan gazlamalaru mayin zig‘ir matolarni, marjonu yoqutlarni olib kelardi.
17 Yahudo va Isroil yurtlari sen bilan tijorat qilishardi. Ular mollaring evaziga Minnitdan keltirilgan bug‘doy, tariq, asal, zaytun moyi va mumiyo olib kelishardi.
18 Sening cheksiz boyliklaring, turli xil mollaring tufayli, Damashq aholisi sen bilan savdo–sotiq qilardi. Mollaring evaziga ular Xelbon sharobini va oppoq yungni olib kelishardi.
19 Uzol shahridan sharob keltirib, sen bilan tijorat qilishardi. Ishlov berilgan toza temir, dolchin, xushbo‘y qamishni mollaringga almashtirishardi.
20 Dedanliklar senga ot yopiqlarini sotishar edi.
21 Qo‘zichoq, qo‘chqor va echkilar bilan seni ta’min qilgan Arabiston va Kedar shahzodalari mollaringni xarid qilishardi.
22 Shava va Ramo savdogarlari sen bilan tijorat qilishardi. Mollaring evaziga eng a’lo ziravorlarni, qimmatbaho toshlaru oltinni berishardi.
23 Xoron, Xannox va Eden shaharlari hamda Shava, Oshur va Xilmad savdogarlari sen bilan tijorat qilishardi.
24 Ular qimmatbaho liboslar, ko‘k matolar, naqsh solingan ko‘ylaklar, rang–barang gilamlar, puxta eshilgan arqonlarni senga sotishardi.
25 Tarshish kemalari karvonlaring bo‘lib xizmat qilardi. Sen dengizda suzgan bir kemadaydirsan, Og‘ir yuk bilan yuklangansan.
26 Evoh, eshkakchilaring seni ochiq dengizga olib chiqishadi. Sharq shamoli seni dengiz bag‘rida parchalab yuboradi.
27 Kemang halokatga uchragan kuni Mollaring, boyliklaring, Dengizchilaring, darg‘alaring, Kemasozlaring, savdogarlaring, Jangchilaring va kemadagi odamlaring Dengiz tubiga cho‘kib, halok bo‘ladilar.
28 Cho‘kayotgan darg‘alaring faryod qiladi, Dodlari sohillarni larzaga soladi.
29 Hamma eshkakchilar kemalarini tark etadi, Dengizchilaru darg‘alar sohilga chiqib oladi.
30 Ular sen uchun faryod qiladi, Achchiq–achchiq ko‘z yoshlar to‘kadi. Boshlaridan tuproq sochadi, Kulga belanib, yotib oladi.
31 Seni deb sochlarini qirdiradi, Qanorga o‘ranib oladi, Qayg‘udan yurak–bag‘ri qon bo‘ladi.
32 Ular yig‘lab, sen haqingda marsiya kuylaydi: “Tir kabi bironta shahar bormi?! Dengiz uni o‘z qa’riga tortib ketdi.
33 Sen dengiz ortidan keltirgan mollaring bilan, Ko‘plab xalqlarning ehtiyojini qondirding. Cheksiz ziynatlaru mollaring bilan Dunyo shohlarini sen boyitding.
34 Endi esa dengiz seni parchaladi, O‘z domiga seni tortib ketdi. Barcha mollaringu dengizchilaring Sen bilan birga nobud bo‘ldi.
35 Sohildagi xalqlar kulfatingni ko‘rib, dahshatga tushadi. Shohlarning afti qo‘rquvdan burishib ketadi.
36 Ahvolingdan dunyo savdogarlari yoqasini ushlaydi. Ha, sening boshingga dahshatli o‘lim keldi, Sen abadiy yo‘q bo‘lasan.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак