Hizqiyo 43 bob

1 Egamiz Ma’badga qaytib keladi. 13 Ma’baddagi qurbongoh. 18 Qurbongohni bag‘ishlash marosimi.

1 O‘sha odam meni sharqiy darvoza oldiga olib bordi.
2 Birdaniga men sharq tomonda paydo bo‘lgan Isroil Xudosining ulug‘vorligini ko‘rdim. Xudoning ovozi shovullagan dengiz tovushiga o‘xshar edi. Uning ulug‘vorligidan zamin porlay boshladi.
3 Men ko‘rgan bu vahiy, Xudo Quddusni vayron qilish uchun kelganda va Kavor daryosi bo‘yida ko‘rgan vahiylarimga o‘xshab ketar edi. Men muk tushdim.
4 Egamizning ulug‘vorligi sharqiy darvoza orqali Ma’badga kirdi.
5 So‘ng Ruh meni oyoqqa turg‘izib, ichki hovliga olib kirdi. Egamizning ulug‘vorligi Ma’badni to‘ldirdi.
6 Ma’badni o‘lchagan odam yonimda bo‘lgan paytda, Ma’bad ichidan kimdir menga gapirdi.
7 O‘sha ovoz menga dedi: “Ey inson, bu joy Mening taxtimdir, oyog‘im ostidagi poyandozimdir. Men bu yerda, xalqim Isroil orasida abadiy yashayman. Ular va ularning shohlari endi Meni badnom qilishmaydi. Ular boshqa xudolarga ko‘ngil bog‘lashmaydi, o‘lgan shohlariga haykallar yasashmaydi.
8 Ular o‘z saroylarini muqaddas Ma’badimning yonginasiga qurishgan edi. Meni ulardan bittagina devor ajratib turar edi, xolos. Ular qilgan jirkanch ishlari bilan Meni badnom qilishdi. Shuning uchun Men g‘azablanib, ularni qirib tashladim.
9 Agar endi ular begona xudolardan voz kechib, shohlariga o‘rnatgan haykallarni yo‘q qilishsa, Men ularning orasida abadiy yashayman.
10 Ey inson, sen borib Isroil xalqiga Ma’badimni tasvirlab ber, ular Ma’badning loyihasi bilan tanishib chiqishsin. Qilgan gunohlaridan pushaymon bo‘lishsin.
11 Qilmishlaridan pushaymon bo‘lishganda sen ularga Ma’badning loyihasini: uning joylashish tartibini, kirish– chiqishlarini, tuzilishini, qonun–qoidalarini batafsil tushuntirib ber. Loyihaning chizmasini ularning oldida chizib, barcha qonun–qoidalarini yozib qo‘y, toki hammasiga rioya qilishsin.
12 Tog‘ cho‘qqisidagi Ma’bad joylashgan hudud muqaddas saqlansin. Bu Ma’badning asosiy qoidasi bo‘lsin.
13 Ma’baddagi qurbongohning o‘lchamlari uzun tirsak bo‘yicha bo‘lsin. Ya’ni har bir uzun tirsak bir tirsagu to‘rt enni tashkil qilib, o‘lchamlari quyidagicha bo‘lsin: qurbongoh atrofidagi ariqchaning chuqurligi 1 tirsak, eni ham 1 tirsak, ariqcha chetining balandligi 1 qarich.
14 -
15 17Qurbongoh uch qismdan iborat bo‘lishi shart. Har bir qism to‘rt burchak shaklida bo‘lsin. Qurbongoh quyi qismining balandligi ariqchaning tubidan o‘lchaganda 2 tirsak, har bir tomonining uzunligi 16 tirsak bo‘lsin.
16 -
17 Ikkinchi qismining balandligi 4 tirsak, har bir tomonining uzunligi 14 tirsak bo‘lsin. Bu qismning aylanasiga tarnov qilinsin. Tarnovning eni yarim tirsak, tarnov chetining balandligi 1 tirsak bo‘lsin. Qurbongohning yuqori qismida qurbonliklar kuydiriladi. Bu qismning balandligi 4 tirsak, har bir tomonining uzunligi 12 tirsak bo‘lsin. Uning to‘rtala burchagidan shoxlar chiqib tursin. Qurbongohga sharq tomondan, zinapoyalar orqali chiqiladigan bo‘lsin.
18 Egamiz Rabbiy menga shunday dedi: “Ey inson, qurbonliklarni kuydirish va qon sepish uchun qurbongohni qurganingizdan keyin quyidagi koidalarga rioya qilinglar:
19 Mening huzurimda faqat Zodo‘x naslidan bo‘lgan leviruhoniylari xizmat qilishsin. Sen ularga gunoh qurbonligi uchun bir buqani ber”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
20 “Sen o‘sha buqaning qonidan olib, qurbongohning to‘rtta shoxiga, qurbongoh o‘rta qismining to‘rtala burchagiga va chetlarga surtib chiq. Shu yo‘sin sen qurbongohni poklab, muqaddas qilasan.
21 Buqaning jasadini esa Ma’baddan tashqariga, maxsus ajratilgan joyga olib chiqib kuydir.
22 Keyingi kuni gunoh qurbonligi sifatida nuqsonsiz takani keltir. Qurbongohni buqaning qoni bilan qanday poklagan bo‘lsang, takaning qoni bilan ham xuddi shunday pokla.
23 Qurbongohni poklaganingdan so‘ng, nuqsonsiz buqa va qo‘chqorni
24 Mening huzurimga keltir. Ruhoniylar bu jonivorlarning ustiga tuz sochib, ularni Menga atab qurbonlik qilib kuydirishsin.
25 Har kuni, yetti kun davomida bir takani gunoh qurbonligi qil. Bundan tashqari, bir buqa va bir qo‘chqorni qurbonlik uchun keltir. Jonivorlar nuqsonsiz bo‘lishi shart.
26 O‘sha yetti kun davomida ruhoniylar qurbongohni poklab, muqaddas qilishsin. Shunday qilib, uni Mening xizmatimga bag‘ishlasinlar.
27 Sakkizinchi kundan boshlab, ular har kuni o‘sha qurbongohda tinchlik va kuydiriladigan qurbonliklarini keltirishsin. Shunda Men sizlardan mamnun bo‘laman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18