Hizqiyo 17 bob

1 Burgutlar va uzum haqida matal. 11 Matalning ma’nosi. 22 Xudoning umid va’dasi.

1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, Isroil xalqiga quyidagi bir matalni aytib ber.
3 Ularga ayt, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: bahaybat, baroq patli, chipor bir burgut ulkan qanotlarini keng yoyib, Lubnon tog‘lariga uchib keldi. U sadr daraxtining uchini ushlab,
4 uchidagi bir shoxchasini sindirib oldi. So‘ng uni savdogarlar shahriga olib borib, u yerga o‘tqazdi.
5 Keyin Isroil yurtidan olib kelgan tok qalamchasini unumdor yerga ekdi. Uni serob suvlar bo‘yiga majnuntolday o‘tqazdi.
6 Qalamcha unib, yerda yoyilgan sernovda uzum tokiga aylandi. Uning novdalari burgut tomon cho‘zildi, tagidagi ildizlari yerga chuqur o‘sdi. U tokka aylandi, novdalari gurkirab o‘sdi, barra yaproqlar chiqardi.”
7 “Keyin boshqa bahaybat bir burgut uchib keldi. Bu ulkan qanotli burgut qalin pat bilan qoplangan edi. Shunda tok “kelgan burgut meni sug‘orar”, deya o‘sgan joyidan ildizlarini burgut tomon cho‘zdi, novdalarini u tomon uzatdi.
8 Ammo tok allaqachon serob suvlar bo‘yidagi unumdor yerda o‘sayotgan edi. U ungan edi, mo‘l hosil berishga, ko‘rkam uzum toki bo‘lib yetishishga imkoniyati bor edi.”
9 EgamizRabbiy shunday demoqda: “Bu tok endi gurkirab o‘sarmikan?! Tokni ekkan burgut uni ildizi bilan sug‘urib tashlamaydimi?! Uzumlarini uzib, barra yaproqlarini quritib yubormaydimi?! Ha, tokni sug‘urib tashlash uchun katta kuch yoki qudratli lashkar kerak emas.
10 Bordi–yu, tokni boshqa joyga ko‘chirib o‘tqazsa, u yana unarmikan?! Yo‘q, garmsel uni batamom qovjiratib yuboradi–ku. Tok o‘sgan joyida so‘lib qoladi–ku.”
11 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
12 “Bu isyonkor Isroil xalqiga shunday deb ayt: matalning ma’nosini tushundingizmi? Men sizlarga ma’nosini aytib beray: Bobil shohi Quddusga bostirib keldi, u yerdagi shohu a’yonlarni o‘zi bilan Bobilga olib ketdi.
13 So‘ng shoh oilasiga mansub bo‘lgan bir kishini tanladi. Unga qasam ichdirib, u bilan bir sulh tuzdi. Yurtdagi barcha nufuzli odamlarni o‘zi bilan olib ketdi.
14 Toki Isroil xalqi bo‘ysunsin, isyon ko‘tarmasin, sulhga rioya qilgani uchun omon qolsin.
15 Ammo yangi tanlangan Isroil shohi Bobilga qarshi isyon ko‘tardi. U Misr shohi huzuriga choparlar jo‘natdi, undan ko‘mak uchun otlaru lashkarlar so‘radi. U muvaffaqiyat qozonarmikan?! Bunday ish qilgan odam jazosiz qolarmikan?! Sulhni buzgan kishi jazodan qochib qutularmikan?!
16 Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, bunday shoh Bobilda jon beradi. Garchi Bobil shohi uni taxtga chiqargan bo‘lsa–da, u Bobil shohi bilan tuzgan sulhni buzdi, ichgan qasamini mensimadi.
17 Shu sababdan Bobil shohi Quddusdagi ko‘p odamlarni qatl qilish uchun shahar devoriga qiyalatib tuproq uyadi, qamal inshootlarini quradi. Shunda Isroilga hatto fir’avnning qudratli lashkari ham yordam bera olmaydi.
18 Chunki Isroil shohi ichgan qasamidan qaytdi, tuzgan sulhni buzdi. U Bobil shohiga so‘z bergan bo‘lsa–da, shu ishlarni qildi! Mana endi qochib qutula olmaydi!”
19 Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, ahdimni buzgan, Mening nomim bilan ichgan qasamidan qaytgan bu odam jazosiz qolmaydi.
20 Men uning ustiga to‘r tashlayman, uni O‘z tuzog‘imga tushiraman. Menga xiyonat qilgani uchun, uni Bobilga olib borib, u yerda adabini beraman.
21 Uning qochayotgan jangchilari qilichdan halok bo‘ladilar, omon qolganlari dunyoning to‘rt tomoniga tarqalib ketadilar. Shunda sizlarga bu so‘zlarni aytgan Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
22 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men baland sadr daraxtining uchidan nozik bir novdani olaman. Ulkan toqqa chiqib, uni o‘tqazaman.
23 Ha, Isroil tog‘ining cho‘qqisiga ekaman. Novda butoq chiqarib, hosilga kiradi, ko‘rkam sadr daraxti bo‘lib yetishadi. U yerda har xil qushlar yashaydi, turli parrandalar shoxlari soyasidan panoh topadi.
24 Ana o‘shanda dashtdagi hamma daraxtlar Egangiz Men ekanligimni bilib oladi. Zotan, ulkan daraxtlarni yiqitadigan Menman. Past daraxtlarni baland qilib, o‘stiradigan ham Menman. Ko‘karib turgan daraxtni qovjiratadigan ham, qovjiragan daraxtni ko‘kartiradigan ham Menman. Bularni Men, Egangiz aytdim! Aytganlarimning hammasini O‘zim amalga oshiraman.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18